Masalan: Fosfor(III)xlorid pcl



Yüklə 57,52 Kb.
səhifə9/11
tarix31.05.2022
ölçüsü57,52 Kb.
#60127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuklash
tuzlargidrolizi
2.4.GIDROLIZNING AHAMIYATI.
Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan gidroliz sanoati ovqat bo’lmaydigan xom ashyodan(yog’och,paxta shuluxasi,kungaboqarpo’chog’i,poxol,makkajo’xori o’zagidan) qator qimmatli mahsulotlar: etil spirt, xamirturush,glukoza,qattiq uglerod (IV) oksid,furfurol,metil spirt,lignin va boshqa ko’pgina moddalar ishlab chiqarilmoqda.
Gidroliz mohiyatini chuqur o’rgangan holda eritmaning pH qiymatini chuqur o’rgangan holda tuzlar gidrolizini sekinlashtirish mumkin.Bu hodisadan oson gidrolizlanadigan tuzlarning eritmalarini saqlashda keng foydalaniladi.Masalan,temirning biror tuzini,temir (III) sulfatning suvli eritmasi tayyorlansa gidroliz natijasida undan asosli tuzning ko’kmasi ajraladi.Bu eritmaga ozgina kislota qo’shilsa,ya’ni eritmaga gidroliz mahsulotlaridan biri bo’lgan H+ionlari kiritilsa u holda gidrolizga teskari bo’lgan reaksiya ustun bo’lib, eritma saqlanganda yanada barqaror bo’ladi.
Huddi shunga o’xshash kuchsiz kislota tuzlarining (KCN, CH3COONa) gidrolizi uning mahsuloti bo’lgan OH- ionlarini eritmaga kiritish yo’li bilan to’xtatib qolinadi.Ulardan tashqari bazi bir organik moddalar gidrolizidan foydalanib,xususan murakkab efirlar kislotali sharoitda suv bilan ta’sirlashsa :
R1-C(O)-O-R2+HOH ↔ R1-COOH+R2-OH
Tegishli karbon kislota va spirt hosil bo’ladi.Bu reaksiya ishqoriy muhitda olib borilsa,tegishli kislotaning tuzi (sovun) va spirt hosil bo’ladi.
Bu gidroliz amaliy jihatdan oxirigacha boradigan jarayon bo’lib, yog’lardan sovun olish jarayoni shu reaksiyaga asoslangan.
Kraxmall va sellyulozadan keng miqyosida foydalanish uchun ular har xil sharoitda gidrolizlanadi:
H-[C6H10O5]nOH+(n-1)H2O→nC6H12O6(glyukoza)
Hosil bo’lgan glyukozani bijg’itish bilan etil spirt ishlab chiqariladi.Huddi shuningdek,turli qishloq xo’jalik mahsulotlari (qand lovlagi,shakarqamish)dan shaker ishlab chiqarish jarayonlari ham gidroliz jarayonida foydalanishga asoslanadi.
Tirik organizmlarda polisaxaridlar, oqsillar va boshqa organik birikmalarning gidrolizi sodir bo’ladi.

Xulosa.
Yuqorida ko'rib o'tganlarimizni umumlashtirib shuni aytamizki, biz organizmimizda kechadigan har qanday jarayonlar yoki ulardagi moddalar almashinuvi jarayonlari va shunga o’xshash barcha hodisalar suvli eritmada ketadi.
Bu jarayonlarning organizmimizda qanday bosqichda ketishini bilishimiz va albatta, bu jarayonlarni to’liq tushunishimiz zarurdir. Organizmimizda tuzlar miqdori yuqori foizlarni tashkil etadi. Misol uchun bu tuzlarga misol keltiradigan bo’lsak, kalsiy karbonat- suyak tarkibiga kirib, suyakning mustahkam va qattiqligini ta’minlaydi. Kalsiy fosfat – bu tuz ham suyak tarkibiga kirib, u ham mustahkamligini ta’minlaydi. Natriy xlorid – bu organizm uchun 0,9% li eritmasi fiziologik eritma hisoblanadi. Hujayra ichida va tashqarisida natriy va kaliy ionlari mavjud bo’lib, ular hujayra ichiga tashqarisiga ionlar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Bulardan tashqari, mis, nikel, temir, kobalt, zux, oltin, marganes va boshqa elementlarning qator tuzlari organizmda o’ta muhim vazifalarni bajaradi.
Demak biz tuzlarning gidroliz jarayonlarini mukammal o’rganishimiz zarurdir.Zero, gidroliz jarayoni muhim jarayon sifatida organizmning harakatlanishi, ishlashi, hayotiy faoliyatning barcha jarayonlarini boshqaradi, nazorat qiladi.Biz esa organizmimizdagi bu jarayonni bilmasak, uni bosqichlarini mukammal o’rganmasak b’lmaydi, albatta!
Kurs ishini o’rganishim mobaynida ko’pgina adabiyotlar shuningdek, internet ma’lumotlaridan samarali tarzda foydalandim. Kelajakdagi ilmiy faoliyatimda ushbu bilimlardan amaliyotda keng foydalanaman.

sababi, kam dissosialangan moddalar ( molekula yoki ionlar) hosil bo’lishidir.





Yüklə 57,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə