Mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat



Yüklə 21,84 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü21,84 Kb.
#189005
8-mavzu tasviriy 3kurs


Mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat
Bolalarning badiiy jihatdan tarbiya olishi faqatgina mashg‘ulot jarayonida emas, balki kundalik hayotda yuzaga keladi. Bu o ‘rinda bolaning o‘z faolligi jarayonida yuzaga keluvchi mustaqil tasviriy faoliyat muhim rol o‘ynaydi. U bu jarayonda mashg‘ulotlarda olgan badiiy tajribasidan foydalanadi. Mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda bolada o‘zi sevgan mavzularga tasviriy faoliyatning biror bir turlariga nisbatan layoqat yoki xohish seziladi. Bunga bolalarning o‘z ixtiyorlari, xohishlari bo'yicha ishlagan loy, applikatsiya, rasm va qurish yasash ishlari misol bo‘ladi. Shuningdek, tasviriy san’at va uning turlari, musiqa, adabiyot, bolalar mustaqil tasviriy faoliyatining asosiy sababchisi hisoblanib, bolalarning kechinmalarini boyitadi. Teatr, kino, sirk yoki televizion eshittirishlarni ko'rish bolalarda obrazlarni ifodali, mazmundor bo‘lishini yanada oshiradi. Bolalarda tasviriy faoliyat bilan o‘zlari shug‘ullanishlari jarayonida ularda chizish, yopishtirish, loydan yoki qurilish materiallaridan o‘yinchoqlar yasashga nisbatan xohish uyg‘onadi. Ular o ‘z o‘yinchoqlarini o ‘rtoqlariga, tarbiyachisiga 8- martga o‘z buvilari, onalari uchun sovg‘alar tayyorlab, ularga hadya qiladilar.

Ba’zida bolalar zalni, guruh xonasini bezatish uchun o‘yinchoqlar yasaydilar yoki mashg‘ulotlar uchun ko‘rgazma materiallarni tayyorlaydilar. Masalan, sanash uchun shablonlar, solib qo‘yish uchun qutilar va hokazo. Bolalar guruhda yoki o‘rtoqlarida paydo bo‘lgan yangi narsalar bilan qiziqib, uni chizishga yoki applikatsiya qilishlari mumkin. Masalan, birorta bola bog‘chaga yangi qo‘lqopda keladi, bolalarga u yoqib qoldi va bolalar uni tasvirlashga o‘tishlari mumkin. Bolalar albatta, o‘zlariga yaqin bo‘lgan narsalarni chizadilar. Masalan, shimolda yashovchi bug‘uni, O‘rta Osiyoda esa tog‘lar, qumliklar va tuyalarni tasvirlaydi. Bolalar, ayniqsa, ko‘proq dekorativ va ertak hikoya asosida rasm chizadilar. Qizil gilam va naqshlarni chizadilar, qo‘g‘irchoqni bezaydilar.


Tayyorlov guruhida esa ko‘proq bolalarning naturaga qarab gullar, vazalar chizishlarini kuzatish mumkin. Shuningdek, guruh xonasini, zalni bezatish uchun dekorativ bezaklar chizadilar. Bu jarayonda bolalar, asosan, akvarel, guash, rangli bo‘rlar, ko‘mirli tayoqchalardan foydalanadilar. Bolalar bo‘sh vaqtlarida loydan, plastilindan narsalar yasashni yaxshi ko‘radilar. Ular odamlar, hayvonlar, ertak qahram onlarini loydan yasaydilar. Ayniqsa, jamoa bo‘lib narsalar yasash katta o‘rin tutadi. Bolalar guruhlarga birlashib, mavzular asosida o‘yinchoqlar yasaydilar. Masalan, «Mazay bobo va quyonlar», turli idish-tovoqlar. Bolalar geometrik shakllarni qirqib yopishtiradilar, qor parchalari, qog‘ozdan qirqilgan

qo‘g‘irchoqlar uchun ko‘ylaklar va hokazo. Bolalar jamoa bo‘lib applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, qo‘g‘irchoq uchun gilamcha, bolalar ishlarining mazmuni, maktabgacha ta’lim muassasasi hayotidan yoki yaqin ularni o‘rab turgan hayotdan, atrofdan olishi mumkin. Qurish yasashda esa bolalar katta va mayda


qurilish detallaridan foydalanadilar, garaj, uylar, paroxodlar quradilar. Qog‘ozdan archa uchun, guruh xonasi uchun o ‘yinchoqlar yasaladi. Tabiat materiallaridan, gugurt cho‘pi, plastilin yordamida, qayiqchalar yasaydilar. Kuzda turli-tuman barglardan piramida yoki shapkachalar yasaydilar. Mashg‘ulotdan tashqari, bolalar kitoblardagi rangli rasmlarni rasmli albomchalarni tomosha qiladilar.
Bu esa bolalarning badiiy didlarini, idrok qilishlarini o‘stiradi. Rangli shaklni sezishni o‘stirish maqsadida didaqtik o‘yinlar uyushtiriladi. Shuningdek, bolalar mustaqil tasviriy faoliyat bilan bino ichida ochiq havoda ham shug‘ullanishlari mumkin. Buning uchun bolalarga, masalan, asfaltda chizish uchun rangli bo‘rlar, loydan yoki qumdan turli xil figuralar yasash, toshlarni terib, turli ko‘rinishlarni hosil qilish, somondan turli xil narsalar yasashlarini, qishda esa qordan turli narsalar yasab, ularni rangli muzchalar biln bezatishni taklif etish mumkin. Shuningdek, bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari o‘zaro, ya’ni rasm, loy, applikatsiya, qurish yasash bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalarning bu faoliyatlari ularni tashkil etadigan roli o‘yinlar bilan ham bog‘liqdir. Yirik qurilish detallaridan jamoa fermasi, kino, do‘kon quradilar, bu o‘yin uchun loydan sabzavot va mevalar yasaydilar. Har bir bola mustaqil tasviriy faoliyat jarayonida tarbiyachi oldiga kelib, o‘ziga kerakli zarur narsani so‘rab olishi, tushuntirib berishi va u bilan nima ish qilmoqchi ekanligi haqida so‘zlab berishi mumkin. Bu jarayonda bolalar o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, uni bajarish usullarini, yo‘llarini o'zlari mustaqil axtarib topishga harakat qiladilar.
Bolalarning faolligi jarayonida vujudga keluvchi mustaqil tasviriy faoliyati tarbiyachining shu ishga rahbarlik qilishida biroz qiyinchilik tug‘diradi. Chunki tarbiyachi to‘g‘ridan to ‘g‘ri rahbarlik qilmay, balki ikkinchi darajali holatni egallaydi. Bola tevarak-atrof haqidagi taassurotlarini mustaqil ravishda tasvirlash uchun ular tasvirning vositalaridan keng va erkin foydalanishni bilishlari lozim.
Bu esa mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachi tomondan berilib, bolalar tomondan egallangan bilim va malakalar hamda taassurotlarning ko‘payib, boyib borishi bilan belgilanadi. Masalan, naturaga qarab gul rasmini chizgach, bolalar bilan gulzordagi gullarni yoki uchastkadagi gullarni, rasmlardagi turli gullarni ko‘rib chiqish lozim. Shundagina bolalar o‘z mustaqil faoliyatlarini gullardan chiroyli guldastalar va dekorativ kompozitsiyalar tuza oladilar. Tarbiyachi bolalarga ular nimalaming tasvirini xohlashsa, o‘sha predmetlarni ko‘rib, kuzatib chiqishni taklif etadi. Agarda bola samolyot, mashina chizmoqchi bo‘lsa, tarbiyachi undan chizishni bilasanmi, deb so‘rashi va yordam sifatida bolalarga transport turlarining rangli rasmini ko‘rib chiqishini va bunda ulaming har bir o'ziga xos xususiyatlariga bola diqqatini tortishi lozim. Bolalar diqqatini ko‘proq uncha murakkab bo‘lmagan dekorativ kompozitsiyalar tortadi. Masalan, gilamcha, salfetka va hokazo. Shuning uchun tarbiyachi bolalar ishini boyitish maqsadida, mashg‘ulotlardan tashqari tasviriy faoliyat jarayonida bolalarga dekorativ naqshlarni ko‘rib chiqish uchun tavsiya etishi mumkin. Masalan, Dimkov naqshlari. Agarda bolalar mashg‘ulotdan tashqari mazmunli kompozitsiya tasvirlamoqchi bo‘lsalar, tarbiyachi qog‘oz varag‘idan predmetlar qanday yasalishi, ish tartibini eslatib o‘tishi zarur. Bolalar bo‘sh vaqtlarida o‘zlari sevgan ranglar bilan bo'yoqda, qalamda shug‘ullanishni sevadilar, tarbiyachi materialning xillarini rango-rang qilib, bolalarning bu qiziqishlarini, xohishlarini o‘stirishi
lozim. Bolalarga chizayotgan ishlarni toza, chiroyli qilib bajarishlarini eslatib borishi lozim. Tarbiyachi bolalarning bu ishlarida ularga maslahatgo‘y bo‘lishi kerak. U bola qanday qilish lozimligini aytmaydi, balki bola bilan ishning borishini tahlil qilib, bolaga ishning sifatli bo‘lishi uchun yordam beradi.Mustaqil tasviriy faoliyat jarayonida faollik yoki xohish, bolalar tomondan kelib chiqishi kerak. Agarda tarbiyachi bu jarayon davomida kichik va o‘rta guruh bolalariga ko‘proq maslahat berib, faolligini oshirsa, katta tayyorlov guruhlarida bolalarga ko‘proq mustaqillik berishlari lozim. Tasviriy faoliyatida bolalar faolligi asosida do‘stona munosabatlar tarkib topadi, bolalar bir-birlariga maslahatlar beradi, yordam beradi, ya’ni jamoa bo‘lib ijod qilish o‘sadi.

Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun materiallar yetarli darajada bo‘lishi, loy yetarli va qulay bo‘lishi, materiallarni saqlash uchun joylashgan jovonlar bolalar olishi uchun qulay bo‘lishi, tasviriy san’at asarlari, shuningdek, dekorativ san’at namunalari, naqshlar, xoxloma va Dimkov o‘yinchoqlari bo‘lishi zarur. Bular tasviriy faoliyat burchagini bezashi mumkin.


Shuningdek, tasviriy faoliyat zonasida doska bo‘lishi lozim, chunki bolalar unga rangli bo‘rlar bilan rasmlar chizadilar. Turli-tuman materiallarning bo‘lishi, bolalar mustaqil tasviriy faoliyatlarini yana ham boyitadi. Tasviriy faoliyat burchagidagi materiallarni tarbiyachi vaqti-vaqti bilan almashtirib, to‘ldirib boradi. Illustrativ rasmlar to‘plami bo‘yicha xoxloma, dimkovo o'yinchoqlari stol ustiga terib joylashtiriladi. Bolalar ularni ko‘rib chiqadilar. Bolalar o‘yin jarayonida rasm chizishdan tashqari, loydan o‘yinchoqlar yasashni yaxshi ko‘radilar. Qurilish materialardan bolalar keng foydalanib, o‘yinlar tashkil qiladilar. Ammo tarbiyachi oldindan qurilish burchagini tashkil etish to ‘g‘risida o‘ylab ko‘rishi kerak. Bu burchakda tarbiyachi yirik va mayda qurilish detallarini plastmassa, rezinadan qilingan o‘yinchoqlarni, odam va hayvon obrazlarini, transport, o‘simliklarni tasvirlovchi mayda o‘yinchoqlami ham joylashtiradi. Katta va tayyorlov guruh qurilish burchagiga qurilmalar tasviri aks ettirilgan albomlar, fotosuratlarni ham joylashtirish lozim. Albomda yig‘ilgan fotosuratlar turli-tuman binolarning ko‘rinishini tasvirlash mumkin. Masalan, ko‘prik, transport, binolar kabi. Bolalar qurilmalar qurish jarayonida o ‘z qurilmalarini boshqatdan ko‘rib, o‘zgartirib, turli xil detallar bilan boradilar, shuning uchun bolalarning juda qiziqib qurayotgan ishlari bir necha kun mobaynida saqlanishi zarur. Kichik guruhlarda esa tarbiyachi bolalarga nimalar qurishga o‘rganganligini o‘zi eslatadi, o‘zi bolalar o‘rnida ishtirok etadi va qurilmalarni qurish jarayonida birgalikda yordamlashadi va o‘z vaqtida maydonchaga qurilish materiallarining to'plamini olib chiqadi, bolalar stol ustida turli xil qurilmalar quradilar, ular bilan o'yin o‘ynaydilar. Qo‘l mehnati burchagida xilma-xil materiallardan karton, yelim, qog'oz, qutichalar va tabiat materiallaridan saqlanadi. Katta yoshdagi bolalar tarbiyachining rahbarligida mashg‘ulotda olgan bilim va malakalari asosida, o ‘yin uchun kerakli o‘yinchoqlar yasaydilar. Tarbiyachi bolalarga maslahatlar beradi, qiynalishsa, ko‘rsatib beradi. Ba’zida tarbiyachining o‘zi o‘yinchoq yasaydi, ammo albatta bularni bu ishga jalb etadi. Masalan, qaysidir qismini yopishtirishni yoki kerakli qismlarni tanlab olishni taklif etishi mumkin. Ba’zida tarbiyachi mashg‘ulotdan ikki-uch kun oldin, bolalar yasashi lozim bo‘lgan buyumni bolalar ishtirokida yasab, ikki-uch kun burchakda saqlashi mumkin. Tabiat materiallari bilan ham barglar, shoxlar, o‘simlik urug‘lari, joludlar ishlashadi. So‘ng ularni sayr yoki ekskursiyada kuzatadi, bolalar ularni yig‘adilar va tarbiyachi ulardan qanday qilib o‘yinchoq yasash kerakligini ko‘rsatib beradi. Masalan, shishkalardan tipratikan, baliq va boshqalar yasaydilar. Tarbiyachi bolalardan bu materiallardan nimalar qilish mumkinligini so‘rab, ularda fantaziyaning faolligini o‘stirib boradi.
Kichik va o‘rta guruh bolalari ham mashg‘ulotlardan tashqari

vaqtlarda rasm chizish, loydan buyumlar yasashga qiziqishi uyg‘onib boradi. Ular turli xil sodda ko‘rinishdagi rasmlar chizishga va o ‘rta guruh turli xil figuralarni rangli qog‘ozdan qirqadilar. Tarbiyachi ularning qiziqishlarini o ‘stirib, rangli qog‘ozdan chiptalar, cheklar qirqishni tavsiya etishi mumkin. Tasviriy faoliyatga pedagogik rahbarlik qilish mashg‘ulotdan tashqari vaqtda asta-sekin o ‘zgarib boradi. Ya’ni harakatlarni ko‘rsatib berishdan mustaqillikka o ‘tish, m aterial tanlashda yoki o ‘z rejasini o ‘ylagan maqsadini tasvirlashda ham. Mashg‘ulotdan tashqari vaqtda tasviriy faoliyatni ishning yordamchi shakliga aylantirib yuborish


kerak emas. Shuningdek, tarbiyachi shuni esda tutmog‘i lozimki, mashg‘ulotdan tashqari tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish hamma uchun majburiy emas, u bilan kim chizishini, loydan narsa yasashni, qirqishni yaxshi ko‘rgan bolalar shug‘ullanishi mumkin. Bolalar tasviriy faoliyat bilan mashg‘ulotdan tashqari
vaqtda 10—15 daqiqa davomida shug‘ullanib, o‘z rasm larini, loy va applikatsiyani tugatishlarini yoki uni keyingi kunda ham davom ettirib, tugatishlari mumkin. Bu faoliyatga rahbarlik qilish tarbiyachidan juda katta sezgirlikni, diqqatni va bolalarning ijodiy qobiliyatlarining o'sishi uchun sharoit yaratib berishni talab etadi. Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va materiallari. Bolalarning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Bu maqsadda guruh xonasining yaxshi yoritilgan va o‘yin burchagidan mumkin qadar uzoqroq biron bir joyi ajratilishi kerak. Xonaning deraza oldi ajratilishi maqsadga muvofiq, u ycrda ikki-uch stol qo‘yiladi. Agar deraza tokchalari past bo‘lsa, ularga taxtalar mustahkamlanadi, bolalar shug'ullanmayotgan paytda ularni tushirib qo‘yish mumkin.
Rasm solish, narsalar yasash, applikatsiyalar uchun mo‘ljallangan

buyumlar yaqin turgan javonning ochiq tokchalarida, stollarda turishi kerak. Kichik guruhda bolalarga erkin foydalanishlari uchun faqat rangli qalamlar beriladi. Katta guruh bolalariga (ayrim cheklanishlar bilan) barcha materiallar berilishi mumkin: Loy o‘rniga plastilin tavsiya qilinadi. Bolalar o‘z rasmlarini «Xalq ertaklari», «Odamlar mehnati», «Manzarali naqshlar», «Tabiat haqida» va shu kabi mavzulik papkalarga joylashtiradilar. Tasviriy faoliyat «zonasida» bolalar o‘z ishlarida ijodiy foydalanadigan tabiiy materiallar solingan quti va ko‘rgazmali qurollar bo‘lishi kerak.
Yüklə 21,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin