Masofaviy ta'lim va uni tashkil etish reja: Komunikatsiyaslarini o’qitish metodikasi



Yüklə 322,63 Kb.
səhifə1/11
tarix31.12.2021
ölçüsü322,63 Kb.
#49890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MASOFAVIY TA'LIM VA UNI TASHKIL ETISH


MASOFAVIY TA'LIM VA UNI TASHKIL ETISH

Reja:

1. Komunikatsiyaslarini o’qitish metodikasi.

2. Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari

3. Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari

Komunikatsiyaslarini o’qitish metodikasi.
Xozirgi jamiyat axborotlashtirish jamiyati deb ataladi. Buning asosiy sabablarini xurmatli yurt boshchimiz o’z maruzalarida bir necha maratoba takidlab o’tgan edilar. Xisoblash texnikasi va undan foydalanish, aloqa vositalarining keng rivojlanishi, axborotlarning keng mikyosda usib borishi natijasida o’rta maktablarda va oily talim muassalarida bu saxoga bo’lgan extiyojlarni kondirish masalasi keng qo’yilmoqda. Xozirgi vaqitdagi axborotlar xajmi keng bo’lganligini inobatga olib, uni qayta ishlaydigan zamon talabidagi kompyuterlardan keng miqyosda foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Xozirda shunday xisoblash texnikalari mavjudki ularda axborotlarni yigish, saqlash, uni kerakli joyga tez vaqtlar ichida etkazib berish masalalari keng yoritilgan.

Zamonoviy axborot texnologiyalari tufayli, insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqat soxasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar, zamonaviy bilimlarni o’rta maktablarda, litsey, gimnaziyalarda, oily o’quv yurtlarida yanada chuko’rlashtirib metodik jixatdan isbotlangan bilimlarni berish masalasi hal qilinmoqda va shuning bilan birgalikda keng miqiyosda ish qilindi.

XXI asr axborotlashtirish asri bo’lganligi boyis bizning mustaqil davlatimizda bu saxoga keng etibor berib kelinmoqda, buning isboti misolida xozirgi kunda ko’rilayotgan va ish olib borayotgan kollej va litseylarni misol qilib olishimiz mumkin, bu o’quv dargoxlari oxirgi nusxada kompyuterlar bilan jixozlash, ulardaga axborot almashinuvini keng miqiyosda o’rgatish birinchi darajali vazifa qilib belgilangan.
Axborotlashgan jamiyat o’z ichiga qo’yidagi komponentlarni kamrab oladi:


  1. axborot resurslari-ma’lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, mo’zeylar fondi kiradi.

2) Axborot –telekomunikatsiya infrastrukturasi, xududiy davlat kompyuter tarmoqlari, telekommunikatsion tarmoqlar va maxsus xizmat ko’rsatuvchi tizimlar, tarmoqlar, ma’lumotlarni o’zatish kanallari va axborot oqimlarini boshqarish masalalari qo’yiladi.

3) Axborotlar, kompyuterlar va telekommunikatsiya texnologiyalari.

4) Axborotlarga kirish va ularni tarqatish uchun qo’llaniladigan telekommunikatsiya, informatika va xisoblash texnikasi vositalarini qo’llaydigan ilmiy ishlab chiqarishdagi mutaxassislar tayerlash usullari.

5) Milliy axborotlar infrastrukturasi faoliyatini tashkil qiluvchi, tashkiliy strukturalar va kadrlar.

6) Ommaviy axborot tizimlari.

7) Axborot maxsulotlari va xizmatlari, informatizatsiyalash, telekommunikatsiya, aloqa vositalari va axborotlar texnologiya bozori.

8) Axborotlarni ximoya qilishni ta’minlovchi tizimlar.

9) Jaxon ochiq axborotlar tarmoqlari bilan bog’lanish.

10) Axborotlashtirish qonunlarining tizimi.

Zamonoviy axborot xizmatining paydo bo’lishi axborot maxsulotlariga extiyojni kenggaytiradi. Xisoblash texnikasining arzonlashishi ayrim ish turlarini qo’llab quvvatlashning dasturiy vositalarini ishlab chiqish va zaxiralaridan birgalikda foydalanishni boshqarish, EHM dan foydalanishning paket rejimidan, bu rejimlarning qulay xoldan uyg’unlashishiga o’tishga imkon beradi. Zamonoviy axborot texnologiyalari bilan o’quvchilarni tanishtirib borish, bolalardagi bu jarayonga bo’lgan qiziqishini yanada o’stirib boradi va bolalarda yangicha dunyo qarash shakillanib boradi.

Zamonoviy axborot texnologiyasining asosiy mazmuni qo’yidagicha talkin qilinadi:

Obeket, jarayon yoki xodisaning xolati xaqidagi yangi sifat axborot olish uchun ma’lumotlar yigish, qayta ishlash va o’zatish, vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Telekommunikatsiya-kompyuter tarmoqlari va zamonoviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan o’zatishdir.

Xulosa qilib aytadigan axborotlar telekommunikatsiya jarayenlarini maktablardan boshlab o’qitish xozirgi zamon talablaridan biri bo’lib xisoblanadi, shunday etiborga informatika o’qitish usullarida bunday jarayonlarni bir necha qismlarga bo’lib o’rgatish tavsiya etiladi, bu esa o’quvchilarning bu fanni o’zlashtirishga keng yo’l ochib beradi.




Masofali o`qitish (MO`) - axborot-kommunikasion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikasiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o`qitish usullarini qo`llab ta`lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir. O`qitishni bu shakli o`quvchilarga mos ta`lim predmetini erkin tanlash, o`qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta`minlaydigan an`anaviy, yangi axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslanib, o`qitish jarayoni o`quvchining qaerdaligi va vaqtga bog`liq bo`lmagan holda amalga oshiriladi. O`quvchi o`quv muassasasiga qatnamay, o`qituvchi yoki o`quv muasasasi seritifikasiyalagan shaxs (tyutor)lardan doimiy maslahat olib o`qish imkoniyatiga ega.

Masofali ta`lim (distant education) - axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta`lim muxiti yordamida o`quv axborotlarini almashinishni ta`minlaydigan va o`quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko`nikmalarni egallash jarayoni.

Masofali ta`lim - masofali o`qitish orqali amalga oshiriladigan ta`lim.

Masofali o`qitish - o`rganayotgan materialning asosiy hajmini o`quvchilarga yetkazish, o`quv jarayonida talaba va o`qituvchining interfaol muloqati, talabalarga o`rganayotgan materiallarni o`zlashtirish bo`yicha mustaqil ishlash, shuningdek, ularning o`qish mobaynida olgan bilim va ko`nikmalarini baxolashga imkoniyat beradi axborot texnologiyalari yig`indisi.

Masofali o`qitish - o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o`qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko`zda tutgan o`qituvchi va o`quvchilarning masofadan turib o`zaro aloqa qilishi.

Masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jaxondagi ixtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor-o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, o`quvchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.

Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - uslusbiy ta`minotning rang barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.

Masofali o`qitish tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- dastlabki tashkiliy ishlar (an`anaviy tartibda o`tkazish ham mumkin). Bu o`z ichiga guruxni shaklalantirish, tinglovchilar bilan tanishish, ularni boshlang`ich bilimlarini aniqlash uchun mo`ljallangan (kirish) testidan o`tkazish, kirish darslari tashkil etish, o`qish uchun zarur bo`lgan o`quv manbalarni tavsiya qilish va boshqa tashkiliy masalalarini oladi;

- tinglovchilarga elektron ma`ruza va qo`llanmalarni uzatish;

- tinglovchilarni tyutor - maslahatchi bilan yozishmasi;

- professor - o`qituvchilarni tinglovchilar bilan yozishmasi.

Bu o`z ichiga elektron pochta orqali maslahatlar, teleanjumanlar ko`rinishidagi seminarlar, elektron testdan o`tkazish, tinglovchilarni Internet tarmog`i orqali mustaqil ishlashlari, audio-vidio qo`llanmalar bilan mustaqil ishlashi, ekspert tizimlaridagi bilimlar omborini esda saqlab qolishlarini oladi;

- tinglovchilarni mustaqil ishlashi;

- joriy nazorat (imtihon), bitiruv ishi (referat)ni tayyorlash va himoya qilish, tinglovchilarga diplom yoki seritifikatni taqdim etish;

- turli ko`rinishdagi teleanjuman (masalan, kurs buyicha, o`quv muassasasi bo`yicha yoki global tarmoqli) lar.

Masofali o`kitish tizimining xarakatchanlik xususiyati o`kuv auditoriyalarini tashkil etish va nazorat qilish, o`kuv - metodik qo`llanma va elektron kutubxonalarning jamg`armalarini, kompyuter tarmoqlarining global va mahalliy hisoblash ashyolarini foydalanish, tyutor - konsultant va o`qituvchilarni tayyorlash kabi ta`lim ashyolarini samarali foydalanishni rejalashtirish muamolarini keltirib chiqaradi.

Tinglovchilarni masofali o`qitish uchun:

- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali o`qitish tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning alohida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini taxlil qilish;

- tinglovchilarning yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini, ajratish;

- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish;

- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio - va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlari, telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;

- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;

- o`quv jaraenida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;

- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish;

- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchilarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.


Yüklə 322,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin