Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va uning asosiy komponentlari haqida
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va uning asosiy komponentlari haqida.
Bolalarga metematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o’quv tarbiya jarayonini takomilllashtirishni maqsadlaridan biri – bu bolalarda metemtik tasavvurlarni shakllantirishdir. Bolalarda metematik tasavvurlarni shakllantirish uchun pedagogika falsafa mantiq psixologiya va boshqa bir qator fundamentlar kerak. Fanlardan o’rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlar bolalardagi metematik bilim hayitdab ajramagan holda dunyoni chuqurroq to’laroq o’rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo’lgan g’oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g’oya paydo bo’ladi. Keyin shu yangilik haqida fikr yuritiladi. Fikr o’z qarorini toppish uchun voqealarni taqqoslaydi. Ko’rib chiqadi va ularga asoslanib kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashgan va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tasavvurlarni shaklllantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Matematik tasavvurlarni shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limda boshlanadi. Har bir mustaqil yechigan masala tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yechishda matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar shakllanadi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish maxsulining yuqori darajadagi yangiligi bunga erishish jarayonining o’ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko’rsatish bilan ifodalaniladi. Ayrim mualliflar bolaning turlicha fikrlashlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishida chuqur bilimlarni tez egallashga qulay imkoniyatga yengil o’tishga undaydi deb hisoblaydilar.