Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p. Shimolda Elburs tog’ tizimi va unga Turkman, Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan Zagros va janubiy Eron tog`lari o’rab turadi. Janubiy g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.

Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida so’zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so’zi «ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. Er.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga tarqalgan.
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv. III-I ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi bo’lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag`ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir.
Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi.