Mavzu: Akademik litseylar reja



Yüklə 27,64 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü27,64 Kb.
#174958
  1   2
Mavzu1

Mavzu:Akademik litseylar

REJA:


  • 1. O’zbekiston Respublikasida umumta’lim muassasalari turi.

  • 2. Akademik litseylar faoliyati haqida.

  • 3. Kasb hunar kollejlari faoliyati haqida




  • O'zbekiston Respublikasida umum ta'lim muassasalari uch turga bo'linadi:

  • maktab

  • kasb hunar kolleji

  • akademik litsey

  • 2018/2019 o'quv yili boshiga umum ta'lim muassasalarining umumiy sonidan 9648 tasi umumiy o'rta ta'lim maktablari, 37 tasi boshlang'ich maktablar va 89 tasi boshqa muassasalar. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida jami 5819,7 ming kishi, boshlang'ich muassasalarida 6,6 ming kishi va boshqalarda muassasalarida 21,0 ming kishi ta'lim olmoqda

  • Akademik litsey — oʻrta maxsus oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yilda qabul qilingan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va „Taʼlim toʻgʻrisida“gi konunga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari (9sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim muddati 2 yil Akademik litsey oʻrta maxsus maʼlumot beradi. Oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini taʼminlaydi. Akademik litseyda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan taʼlim yoʻnalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. 

  • Akademik litseyni bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiklangan diplom beriladi va u taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik boʻyicha ishlash imkoniyatini beradi. Respublikamizda o’quvchilar to’qqiz yillik (1— 9-sinflar) umumiy o’rta ta’lim maktabini tugatgach, o’z xohishi bo’yicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishi — akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishni davom ettirishi mumkin. Akademik litsey yoshlarga egallagan ixtisosi bo’yicha ishlash huquqini ta’m inlaydigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus ta’lim beradi. Akademik litsey yoshlarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan va kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.

  • Akademik litseyda tanlab olingan ta’lim yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyati mavjud. Bu ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirib yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarish mumkin. Akademik litseyda ta’lim olish bilimni chuqurlashtirish va tanlangan ixtisosga ega bo’lishni ta’minlaydi. 3 yil ichida akademik litseyda o’qishni tugatgach, bitiruvchiga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Bu diplom ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va 2-kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi. Kasb-hunar kollejida ham o’qish muddati 3 yil bo’lib, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. 

  • Kasb-hunar kollejida muayyan kasb-hunar bo’yicha bilim va ko’nikmalarni chuqurlashtirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash mumkin. Kasb -hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibining tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta ’lim muassasasi hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish yoshlarga o’z bilimlarini chuqurlashtirish va ixtisosga ega bo’lish imkonini beradi. Kasb-hunar kollejini tugatgan bitiruvchiga ham davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi

  • Bu diplom ham ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi. O’zbekiston Respublikasi hukumati akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga alohida ahamiyat bermoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 24-fevralda «Akademik litseylar va kasbhunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida» maxsus qaror qabul qildi. Qarorda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yo’lga qo’yish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega bo’lgan malakali kadrlar tayyorlashini ta’minlash maqsadi bayon etilgan.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin