Mavzu: Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan kurashi Reja



Yüklə 110,52 Kb.
səhifə1/6
tarix29.06.2022
ölçüsü110,52 Kb.
#62518
  1   2   3   4   5   6
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan kurashi


Mavzu: Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan kurashi
Reja:

  1. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

  2. Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi

  3. Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan kurashi


Kirish.
Yurtboshimiz davlatchilik nafaqat ilmiy balki siyosiy masala sifatida qo‘yilganligiga e’tiborni jalb qildi. U qayd qilganidek: «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan... xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali ham bor». Prezidentimizning ilmiy xulosalari davlatchilik tarixini yaxlit jarayon sifatida qarash lozimligini ko‘rsatadi. Ana shu 2700 yillik tarixning bir bosqichi bo‘lgan davlatchiligimizning Amir Temur boshqargan bosqichi alohida ajralib turadi. Bu bosqichgacha o‘zbek davlatchiligi ikki ming yildan ortiq tarixga ega edi. Sohibqiron o‘zigacha bo‘lgan davlatchilik bosqichlarining ilg‘or tomonlarini o‘rgandi, ulardan foydalandi va ijodiy rivojlantirdi. Sohibqironning tarix oldidagi eng katta xizmati avvalo qudratli davlat barpo qilganligidir. «Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o‘z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi», - deb qayd qilgan edi I.Karimov. SHu maqsadda «Amir Temur va Markaziy Osiyo fanining kiritilishi va o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu maxsus kurs mavzusining dolzarbligi va uni o‘rganishning zarurligi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
O‘tmish tarixiy madaniy merosini o‘rganmay turib hozirgi zamon oldimizga qo‘ygan muammolarni echib bo‘lmaydi. Bizning o‘tmishimiz nihoyatda boy, uni o‘rganish, undagi ijobiy saboqlarni yaratuvchilik faoliyatimizda foydalanish mustaqillikning muvaffaqiyatlarini mustahkamlaydi. O‘z milliy davlatchiligini shakllantirayotgan mamlakatimiz o‘rta asrlarda markazlashgan davlat barpo qilgan, uni boshqargan ulug‘ bobomiz Amir Temurning tajribasidan, g‘oyalaridan bahramand bo‘lmoqda. YUrtboshimiz ta’kidlaganlaridek, davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Amir Temur va u barpo qilgan davlat Markaziy Osiyodagi parokandalikka, ichki nizo va vayronalik keltiruvchi urushlarga barham berdi. Tarixda hukmdorlar ko‘p o‘tgan, ammo ularning ko‘plari o‘z xayotini aysh - ishrat bilan o‘tkazgan, xalq, yurt g‘amidan uzoq bo‘lishgan. Amir Temur amalga oshirgan har bir tadbir nafaqat o‘sha davr, balki kelajak uchun ham xizmat qilgan. SHuning uchun ham mustaqil davlatimizning ichki siyosatida bobomiz Amir Temurning «Kuch-adolatda!» degan shiori dasturulamal qilib olinganligi bejiz emas. Amir Temurning fazilatlari, u barpo qilgan davlatda amalga oshirilgan ko‘pgina xayrli ishlar hozirgi davr bilan hamohangdir. Jumladan, sohibqironning «Millat dardiga darmon bo‘lish» g‘oyasi bugungi siyosatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ulug‘ ajdodimizning bunyodkorlik faoliyatini olaylik. Uning davrida mahobatli binolar, masjid-madrasalar, bog‘lar, yo‘l, ko‘prik va suv inshootlari barpo qilingan. Bunday obodonchilik ishlari nafaqat Markaziy Osiyoda, balki +obulda, Janubiy Ozarbayjonda va boshqa joylarda ham olib borilgan. Mustaqillik yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham ana shunday mislsiz bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
U barpo qilgan ulkan davlat qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq va iqtisodiy hamda madaniy munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan, ularni kengaytirgan. Fransiya, Ispaniya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan aloqalar ibratli bo‘lgan. Bugun dunyoning 170 dan ortiq mamlakati tan olgan O‘zbekiston ham xorij bilan ikki tomonlama foydali aloqalarni kengaytirmoqda. «XXI asr bo‘sag‘asida siz bilan biz xalqaro miqyosda adolatli tarzda yaratmoqchi bo‘lgan integratsiya makoni haqida Amir Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan». YUrtboshimizning ushbu so‘zlari ayni haqiqatdir. Mustabid sho‘ro tuzumi davrida sohibqironning shaxsiga, faoliyatiga bir yoqlama baho berildi, unga to‘hmat-bo‘xton toshlari yog‘ildi. Bu adolatsizlik yurtboshimiz asarlarida qayta-qayta ta’kidlanadi. Jumladan, I.Karimov yozadi: «... sobiq Sovet Ittifoqi hududida yaratilgan tarixiy asarlarda Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berildi ... Ana shunday noto‘g‘ri va g‘ayriilmiy qarashlarga tanqidiy baho berib, Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatni qaror toptirish bugungi temurshunoslikning muxim vazifalaridan biridir».
Ushbu maxsus kurs Amir Temur hazratlarining shaxsi, u barpo qilgan davlat haqida yozilgan asarlar asosida sohibqiron haqidagi haqiqatni yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. YOshlarimizning Amir Temur va u boshqargan davlat haqidagi tushunchalarini kengaytiradi va boyitadi, ularda ulug‘ ajdodimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytiradi. Ushbu maxsus kursni shu mavzuga doir yozilgan asarlarga munosabat bildirish yoki uning tarixshunosligidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Zero yurtboshimiz e’tirof etganlaridek, bugungi kunda alohida ilmiy yo‘nalish – temurshunoslik shakllandi. «Bizning bugungi asosiy vazifamiz, -deb yozadi I.Karimov, - shundan iboratki asrlar davomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga bag‘ishlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo‘y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o‘rganishimiz... tarjima qilishimiz xalqimizga kelgusi avlodimizga... bizning faxru, iftixorimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak». Amir Temurning hayoti, faoliyati, u barpo qilgan saltanat haqida ko‘plab asarlar yaratilgan. Ulug‘ ajdodimiz shaxsiga, faoliyatiga qiziqish kuchli bo‘lib turli soha xodimlari, tarixchi, siyosatshunos, me’mor, harb ilmining mutaxassislari va boshqalar jild-jild kitoblar yozganlar.U haqda xilma-xil ma’lumotlar qoldirganlar. Xususan sohibqiron shaxsiga qiziqish juda kuchli bo‘lgan va shuning uchun ham adabiyotlarning ko‘pi ana shu mavzuda yozilgan. Ulug‘ bobomiz haqidagi adabiyotlarni avvalo, tarixiy va badiiy hamda chuqur ilmiy tadqiqotlarga ajratish mumkin.
O‘tgan 600 yil mobaynida Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Evropa tillarida 500 dan ziyod, SHarq tilarida 900 ga yaqin ekanligini yurtboshimiz zo‘r qoniqish bilan ta’kidlagan edi. Bunga qo‘shimcha qilib shuni ta’kidlash joizki sohibqiron tavalludining 660 yillik tantanalari davrida va undan keyingi yillarda yana yuzlab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. SHuning uchun keyingi yillarda Amir Temur haqida yaratilgan asarlarning bibliografiyasi yaratilmoqda. Jumladan, akademik F.Rtveladze va prof. A.Saidovlar Evropa tillarida yaratilgan asarlarning qisqacha ko‘rsatgichini tuzdilar. Ayniqsa sohibqiron tavalludining 660 yilligi tantana qilingan 1996 yilda xorijda yaratilgan asarlarning bibliografiyasi berilgan.



  1. Yüklə 110,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin