Mavzu: Ana’naviy va noana’naviy ta’lim turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish


Bizlar yetti og'ayni: Men, Anvar, Ramz, G'ani, Tolib, Uchqun va Quvnoq



Yüklə 50,67 Kb.
səhifə3/7
tarix20.11.2023
ölçüsü50,67 Kb.
#162916
1   2   3   4   5   6   7
Ana’naviy va noana’naviy ta’lim turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

Bizlar yetti og'ayni: Men, Anvar, Ramz, G'ani, Tolib, Uchqun va Quvnoq,

  • O`ynaymiz ahil, inoq. - satrini o'qib, faqat kishilarning ismini xato qilmay, chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilib ko'chirib yozish topshiriladi. Topshiriq bajarilgach (ishni tekshirish uchun yig'ib olish mumkin), uch-to'rt o'quvchining ishi o'qitilib, tahlil qilinadi.

  • Kishilarning ismi qanday harf bilan yoziladi? Ularga qanday so'roq beriladi? savollariga javob olinadi. To'g'ri javob bergan, xatosiz, chiroyli yozgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Shuningdek, "Ular qanday bolalar ekan?" "Sizlar-chi?" savollariga javob olinib, tarbiyaviy tomoni ham yoritiladi.

    3-sinfda "Bo'g'in" mavzusi takrorlanganda, "O'qish kitobi"dan imlosi va o'qilishi (talaffuzi) qiyin so'zlar uchraydigan gaplar tanlab olinib, ularni doskaga yozib, awal bo'g'inga bo'linmaydigan, so'ng bo'g'inga bo'linadigan so'zlarni yozib, awal bo'g'inlab, so'ng sidirg'a o'qish mashq qilinsa, o'qilishi va yozilishi qiyin bo'lgan so'zlarni to'g'ri o'qishni, to'g'ri yozishni bilib oladilar.
    Masalan, "Shayx Mazididdin ot choptirish, qilich urishtirish, zarb berish bo'yicha ko'rikdan o'tishga shoshilardi" gapi sinf yozuv taxtasiga yoziladi. So'ng yozilgan gapdan awal bo'g'inga bo'linmayc gan, so'ng bo'g'inga bo'linadigar so'zlarni tanlab yozish topshiriladi, O'quvchilar "Shayx, ot, zarb" so'zlarini yozadilar. Topshiriq bajarilgach, o'quvchilardan: "Shayx, ot, zarb bir bo'g'inli so'z. Chunki uiarda bitta unli bor", degan javob olinadi va shu so'zlarni to'g'ri o'qish -mashq qilinadi. Shundan so'ng Mazididdin so'zini bo'g'inga bo'lib yozish topshiriladi: "Ma-zi-did-din" va yozilgan so'zni avval bo'g'inlab, so'ng sidirg'a o'qish mashq qilinadi. Shunda o'quvchilar Shayx, zarb, Mazididdin so'zlarini to'g'ri o'qiydigan va yozadigan bo'ladilar. Bu ish ona tili o'qitish samaradorligini oshiradi.
    "Son’ mavzusi o'rganilganda o'quvchilarga 3-sinf "O'qish kitobi" da berilgan "Bayramingiz qutlug' bo'lsin!" matnidan sonlarni tanlab yozing" topshirig'i beriladi. O'quvchila 1991 yilning 31 avgusti va 1991 yi . rinchi sentabr" so'zlarini ko'chirib yozadilar. Topshiriq bajarilgach oz: gan so'zlar qaysi so'z turkumi ekanilgi, uning turlari, so'roqlari, yozilishi so'rab aniqlanadi. Bu bilan o'quvchilar "Son" mavzusini o'qib-o'rgangan hayotiy misollardan foydaianib, o'zlashtiradilar. O'qituvchi esa o'quvchilarning "Son" mavzusini o'zlashtirib olganliklari haqida ishonch hosil qiladi. Shuningdek, "Jigarlarga tilaklarim" she'ridan "Son"ga misollar topib yozing, ularga qanday so'roq berilishini, turini ayting" topshirig'i berilib, o'quvchilardan quyidagicha javob olinishi mumkin:
    Bir, ikki, uch so'zlarini yozdik. Ularga qancha? so'rog'i beriladi. Bular sanoq son.
    Rasmli diktant o'tkazish uchun "Do'stlar" matniga mos berilgan rasmdan foydalanish mumkin. Buning uchun quyidagicha topshiriq beriladi.
    - Rasmda nimalarni ko'rayapsiz? Ular nomini yozing. "Yozgan so'zlaringizni (Qarg'a, Sichqon, Toshbaqa, Ohu, ovchi) matndan tekshiring va to'g'ri yozilishini bilib oling". Ishning bajarilishi tekshiriladi.
    Izohli yozuv o'tkazilganda "Ibn Sino shogirdlari" matnidan tubandagi parcha asqotishi mumkin.
    "Ibn Sino qoldirib ketayotgan zo'r tabiblarning biri tozalik, ikkinchisi - parhezdir. Uchinchisi badantarbiyadir va qolgan ikkitasi mijoz bilan kayfiyatdir". So'zni bir vaqtda hamma yozadi. O'qituvchi o'quvchining izohini kuzatib, lozim bo'lsa, zarur tuzatishlar kiritadi, ta-bib-lar-ning, ik-kin-chi- si, par-hezdir, kay-fi-yat, mi-joz so'zlarini bo'g'inlab aytib yozdiradi. (Bu tanlab izohlashdir).
    Lug'at diktant o'tkazishda bog'lanishli matn yoki gaplar emas, balki o'rganishgan ayrim imlosi qiyin so'zlar aytib turib yozdiriladi va lug'atdan tekshiriladi.
    Shu o'rinda aytmoqchimizki, ayrim so'zlarning o'zbekcha atamasi bo'lishiga qaramay, hamon bolalar nutqida sekretar, buxgalter, zvonok, koridor, spravka, ostanovka, baza, kassir, kassa kabi so'zlarni uchratamiz. Shu so'zlarning o'zbekcha atamalarini kotiba, hisobchi, qo'ng'iroq, yo'lak, ma'lumotnoma, bekat, omborxona, xazinachi deb yozilishi va qo'llanilishini o'rgatish zarurligini hisobga olib, lug'at-diktant yozdirish zarur. Chunki yuqorida tilga olingan ruscha so'zlarning o'zbekcha atamasini boshlang'ich sinfdanoq o'rgatish lozimdir. Shunday qilinsa, o'quvchilarning so'z boyligi ortadi, tilning sofligiga ham erishiladi.
    4-sinfda "Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi" mavzusi o'rganilganda darsni mustahkamlash maqsadida saylanma diktant o'tkazilib, "O'qish kitobi" dan olingan quyidagi matn: Qanaqasiga sening iting bo'larkan? -dedi Samad.

    Yüklə 50,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin