MAVZU: ASOSIY VOSITALAR HISOBINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI VA KIRIMINI HISOBGA OLISH
Asosiy vositalar kirimini hisobga olish
(2 soat)
1. Korxona yangi ишлаб чиқариш binosini xo‘jalik usulida qurib foydalanishga topshirdi. Ишлаб чиқариш binosini qurish jarayonida quyidagi xarajatlar qilindi:
- qurilish materiallari – 780 000 000 so‘m;
- ish haqi xarajatlari – 285 000 000 so‘m;
- ijtimoiy soliq xarajatlari – 34 200 000 so‘m;
- chet tashkilot xizmati – 123 500 000 so‘m;
- amortizatsiya xarajatlari – 7 250 000 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Korxona tomonidan qurib bitkazilgan ишлаб чиқариш binosining boshlang’ich qiymatini aniqlang.
3. Korxonada ишлаб чиқариш binosini qurish va qabul qilish bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
2. Korxona 17 мартда ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida metal yo‘nuvchi uskunani sotib olish uchun Rossiya bilan 22 500 AQSh dollariga shartnoma tuzdi. 27 мартда uskuna uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirildi. 5 апрел kuni uskuna uchun pul to‘landi.
Uskunani sotib olish bilan bog‘liq quyidagi qo‘shimcha xarajatlar qilindi:
- uskunani sotish olishda vositachilik xizmatlarini ko‘rsatgan vositachilarga to‘lov 14 260 000 so‘mni tashkil etdi;
- bojxona bojlari va yig‘imlari 18 265 000 tashkil qildi;
- uskunani o‘rnatish xarajatlari 17 500 000 so‘m to‘landi;
- uskunani dastlabki sozlash jarayonida korxona omboridan 12 360 000 so‘mlik xom-ashyo sarflandi.
Uskuna korxonaga 12 aprel kuni foydalanishga topshirildi.
1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati (shartli):
14 fevral – 10080 so‘m 21 fevral – 10824 so‘m 28 fevral – 10827 so‘m; 06 mart - 10832 so‘m 13 mart - 10835 so‘m 20 mart – 10839 so‘m
27 mart – 10843 so‘m
Talab qilinadi:
1. Korxona tomonidan импорт қилинган ускунанинг boshlang’ich qiymatini aniqlang.
3. Korxonada ускунани импорт қилиш ва фойдаланишга топшириш билан боғлиқ xo‘jalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
3. Korxona uskuna xarid qilish va uni o‘rnatib foydalanishga topshirishgacha quyidagi xarajatlar amalga oshirildi:
- uskunani sotib olish qiymati (xarid bahosi) – 280 000,0 ming so‘m;
- uskunani yuklash va tushurish xarajatlari – 35 000,0 ming so‘m;
- BYuD xarajatlari – 11 500,0 ming so‘m, shundan 1 500,0 ming so‘mi QQS summasini tashkil qiladi;
- o‘rnatish xarajatlari – 20 000,0 ming so‘m;
- uskunadan unumli foydalanish maqsadida korxona ishchilarini malakasini oshirish uchun xarajatlarni amalga oshirdi – 20 000,0 ming so‘m;
- uskunani ishga tushirish, sinab ko‘rish maqsadida material xarajatlar amalga oshirildi – 30 000,0 ming so‘m;
- uskunani ishga tushirishda mehnat xarajatlari yuzaga keldi – 10 000,0 ming so‘m;
- uskunani sinab ko‘rishda tayyor mahsulot olindi – 25 000,0 ming so‘m.
Dostları ilə paylaş: |