Mavzu; Baholash faoliyati ta’lim (tizimi), o‘quv faoliyati o‘zini-o‘zi boshqarishni faollashtirish va o‘zini-o‘zi nazorat va reflektsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish taksonomiyasi



Yüklə 20,63 Kb.
səhifə1/3
tarix11.05.2023
ölçüsü20,63 Kb.
#111735
  1   2   3
8-Mavzu


Mavzu; Baholash faoliyati ta’lim (tizimi), o‘quv faoliyati o‘zini-o‘zi boshqarishni faollashtirish va o‘zini-o‘zi nazorat va reflektsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish taksonomiyasi.

Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 16 iyun kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash va tajriba sifatida 11 yillik umumiy o‘rta ta'limni tiklashga qaratilgan tashabbuslari keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan yuksak baholandi. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar, ota-onalar va o‘zlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta'lim olgan maktablarda majburiy ta'limni davom ettirishlari mumkin ekanligining belgilab qo‘yilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.


Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi. Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda.

Yüklə 20,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin