Mavzu; Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 30,54 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü30,54 Kb.
#132694
Mavzu; Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari


Mavzu; Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari

1. Fanning asosiy kategoriyalari


2. Bolalar psixologiyasi o’quv fan sifatida
3. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot

Bolalar psixologiyasi - psixologjya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u


turli yosh davriari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek,
bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘iganadi. Bolalar
psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilgandan yetuklik davrigacha inson.
psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin
ta' kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan,
uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘dak!ikdan yetuklik
davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jaiayonning o‘ziga
xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
1.1. Fanning asosiy kategoriyalari
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni
tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: “ yosh “, “bolalik”,
“taraqqiyot”, “o‘sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”.
Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan
cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari,
“taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi’, va boshqa
bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya
sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan.
Bolalar psixologiyasi fanini o‘rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning
kategoriyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi
fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz:
Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun
(tug‘ilgandan o‘smirlikkacha bo‘lgan davrni belgilash uchun)
qo‘llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko‘ra
bolalik — go‘daklik (tug‘ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan
3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va
kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davriami o‘z
ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o‘tishi bilan miqdor
va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi.
Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi
bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning
insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi
hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega
bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda
muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda
psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh
inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik
yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy
yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan
maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik
yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi —
intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz
tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.
1.2. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar — anatomiya,
fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va
boshqalar o‘rganadi. Tug‘ilgandan etuklik davrigacha bola psixik
taraqqiyotini o‘rganish esa psixologik bilimlaming maxsus sohasi -
bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiyasi
bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida
bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.
L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti
tarixan o‘zgarib boigan. Bugungi kunda bolalar pixolpgiyasi fanining
predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari,
yosh daviiari, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish sabablarini aniqlashdan
iborat. Agar pediatr bolalaming jismoniy salomatligi bilan shug‘ullansa,
bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g ’ri rivojlanayotgani va
faoliyat krsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo‘lsa, uni
nimaning hisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o‘iganadi.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib
borishi kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi
rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish natijasida ro‘ y bermoqda.
Falsafa va bolalar psixologiyasi
Falsafa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyotining eng umumiy
qonunlari haqidagi fan. Falsafa qonunlari boshqa fanlaming, shu
jumladan, bolalar psixologiyasi fanining qonunlari bo‘lib hisoblanadi.
Masalan, falsafa qonunlari orasida dialektika ta’limotining uch qonuni
— qarama qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor o‘zgarishlarining
sifat o‘zgarishlariga o‘tishi, inkomi inkor etish qonunlari asosiy
o‘rinni egallaydi. Bola taraqqiyoti ham qarama - qarshiliklar birligi
va kurashi, ya’ni mavjud ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari
o‘rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa qonunlari bolalar psixologiyasi
fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogika va bolalar psixologiyasi.
Pedagogika — ta’lim va tarbiya qonunlari, metod va usullari
haqidagi fan. U ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ulaming
shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o‘rnini ochib beradi.
Pedagogika va psixologiya fanlarining insonga ta’lim va tarbiya berish
sohasidagi hamkorligi chuqur tarixga ega. 0 ‘z davrida mashhur rus
pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining
rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning
yutuqlariga tayanishi kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya
markaziy o‘rin egallashini ta’kidlagan edi.Bolaga ta’lim va tarbiya
berishga oid vazifalami hal etishda pedagogika qanday qilib ta’limtarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan
shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida o‘yin usullaridan
foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi
ushbu yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.
Tibbiyot — inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklaming oldini
olish va ulami davolash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash
haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning o‘zaro hamkorligi natijasida
psixosomatika — psixologik omillaming salomatlikka kasalliklar kelib
chiqishiga ta’sirini o‘rganadi. Bolalarda uchraydigan ko‘pgina
kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir. Masalan,
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bronxial astma bilan og‘rigan
kasallaming ko‘pchligida bolaligidan ota-onalari his-tuyg‘ulami erkin
ifodalash, tashabbus ko‘rsatish imkoniyatini chegaralaganlar.
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Umumiy psixologiya — umumiy psixologik qonuniyatlami,
psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini,
metodlarini rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir.
Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatinig xususiyatlari,
tafakkur turlari va operatsiyalari haqida umumiy tasawumi hosil
qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkuming
qanday xususiyatlar kasb etishi, uning qanday rivojlanishini
o‘rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi,
uning metod va kategoriyalaridan foydalanadi.
Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining tarmog‘i bo‘lib,
insonlaming ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq—
atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlaming o‘zini
o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixik
taraqiyotini o‘rganar ekan, albatta, bolalar guruhi, bu guruhda
bolalar o‘rtasida amalga oshuvchi munosabatlami e’tibordan chetda
qoldirmaydi. Bolalar psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari
va kattalar bilan bo‘lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini
o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘mi
Bolalar psixologiyasi — yosh psixologiyasi fanining bo‘limlaridan
biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining
psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik
hodisalaming o‘zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog‘liq
ravishda o‘zgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari
quyidagilardan iborat:
a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me’yorlarini
ilmiy jihatdan asoslab berish;
b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;
c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial
imkoniyatlari qanday bo‘lishini aniqlash;
d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi
taraqqiyotida qanday rol o‘ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.
Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir
bosqichida — bolalik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida
ro‘y bergan o‘zgarishlami chuqur o‘rganish talab etiladi.
Ayrim o‘rinlarda bolalar psbcologiyasiga sinonim sifatida “genetik
psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to‘g‘ri deb baholash
mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo
bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti
esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi.
1.4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot
Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi.
Albatta, ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. 0 ‘rtadagi farq ulaming
maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga
oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo ladi.
Fundamental—nazariy tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot
uchun bo‘lgan ahamiyatidan qa’ti nazar, psixik hodisalar haqidagi
bilimlarni kengaytirib borishdan iborat. Amaliy psixologiya esa
kundalik hayot bilan bog‘liq konkret muammolami hal etishga
qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda
tadqiqotchi shaxsining ta sirisiz ham ilmiy metod o‘z vazifalarini
bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning
ajralmas qismi boiib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda
qo‘llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi,
reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada
bular asosiy rolni o‘ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik
taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlami egallabgina
haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo‘lib yetishish
mumkin
L.F.Obuxova o‘rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi
sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlami
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengayadi.
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda
kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi
va bolalar psixikasini o‘rganishning yanada samaraliroq metodlarini
qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish
deganda ushbu muammo bilan shug‘ulangan asosiy psixologik
maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola
psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar
psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga
xizmat qiladigan metodlami ishlab chiqishni anglatadi.
2.1. Bola psbdkasini o‘rganish printsiplari
Bola psixikasini o‘iganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar —
qoidalaiga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.Bu printsiplar
quyidagilardan iborat:
Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ulaming
talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot
davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu
muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisolanadi. Lekin “bola
e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan
uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi
misolda ham bola oynaga qarab tuigan esa-da, taibiyachi so‘zlariga
katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sababiynkprintsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlaming hosil
bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar
o‘iganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-tez
oyna tarafga qarayotgan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq
sabablarini aniqlashga urinish kerak: kchadagi biron narsa bola
e’tiborini o‘ziga tortdimi, mashg‘ulotda bola charchab qoldimi,
o4ilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlik vamuntazamlik printsipi bolapsixikasi shakllanishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan
kuzatib borishni talab qiladi.Ushbu printsipga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi кегак;
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini
belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik
kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar
chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Aks holda ob’ektivlik printsipi buzilgan bo‘ladi.
2.2. Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari
Bolani o‘rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga kesim” va
“uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga
oshiriladi.
Tadqiqot ko‘ndalangiga kesim shaklida o‘tkazilganda turii yoshdagi
bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat
o‘rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan
tadqiqot natijalari o‘zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik,
o‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o‘yinlariga
xos xususiyatlarni o‘rganib, o‘zaro solishtirib bolalar o‘yinlari
taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko‘ndalangiga kesim
shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi
farqlarga qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psLxologtadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o‘zgarishlami payqash
uchun ko‘proq imkoniyatga ega boiadi.
Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir necha
bolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o‘rganiladi. Tadqiqotchi
uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola
psixikasi va hulq-atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi.
Masalan, maktabgacha taiim muassasasida yangi dastur bo‘yicha
ish boshlangan boisa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4-
5 yil uzluksiz o‘rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirini
aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin boiadi. Uzunasiga
kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud
www.ziyouz.com kutubxonasi
tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab
va ko‘p vaqt talab etadi.
2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga
ajratiladi. Asosiy metodlar — kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti
haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test,
so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi maiumot berib,
bu maiumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin boiadi.
Kuzatish.
Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan
biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda
idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifalaridan kelib
chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi
talablaiga javob berishi kerak:
1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola
psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini
aniqlashtirish lozim.
2. Kuzatish ob’ektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu
holat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.
4. K uzatish shunday o ‘tkazilishi kerakki, bola uning
kuzatilayotganini bilmasligi lozim.
Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan
hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zarur.
Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
c) frontal va tanlanma kuzatish.
Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda
kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish,
kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda
qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha
asosiy psixologik metodlardan biri boiib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eksperiment.
Eksperiment — ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning
kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o‘rganilayotgan
vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadi, bir yoki bir necha o‘zgaruvchilar
bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik
xususiyatlar maxsus sharoitlarda o‘iganiladi.
Eksperimentning ikki turi farqlanadi: laboratoriya ekspermenti
va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan
joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabiiy eksperiment
chog‘ida esa sinaluvchi eksperiment ob’ekti ekanini bilmaydi. Bu holat
laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zriqish,
tadqiqot natijalarini o‘zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga
xos xususiyatlami bartaraf etish imkonini beradi.
Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini o‘iganish
uchun uni alohida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir qator
szlami o‘qib berib, so‘ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo
mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Shuning uchun bolaning
ichki emotsional zo‘riqishi (xavotiiga tushishi, shubhalana boshlashi
va hokazo) unga topshiriqni imkoniyatlari darajasida boshlashi uchun
yo‘1 qo‘ymaydi. Demak, eksperimentdan olingan natijalami haqqoniy
deb bo‘lmaydi. Bordi-yu, bola bilan o‘yin o‘ynab, unga xaridor rolini
berib aytilgan narsalarni “do‘kondan” xarid qilish vazifasi
topshirilgan bo‘lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab
qolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday
shaklda tabiiy eksperiment natijalari ancha haqqoniy bo‘ladi.
Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir
qator talablarga rioya qilish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntayeva
va Yu.A.Afonkina tom onidan tizim lashtirilgan bo‘lib, ular
quidagilardan iborat:
1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar
tarkibini aniq belgilash, eksperimentda ishlatiladigan usullar,
eksperimentni o‘tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish,
barcha sharoitlami oldindan yaratib qo‘yish zarur.
2. Eksperimentni o‘tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan
bola bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatni o‘matish,
www.ziyouz.com kutubxonasi
muloqotga do‘stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o‘z oldiga
tqazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov
sur’atlarini bolaning individual—psixologik xususiyatlariga
moslashtirish zarur.
Bola bilan o‘tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi,
unga eksperiment jarayonida o‘zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda
eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini
to‘ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi.
Eksperimentning yana ikki turi-aniqlovchi eksperiment va
shakllantiruvchi eksperim ent ham farqlanadi. A niqlovchi
eksperimentda bola psixik taraqqiyotiga xos muayyan xususiyatlar
qayd etiladi. Masalan, ota-onalar o‘rtasidagi nizolarnng bola
emotsional holatiga ta’sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli
oilada voyaga etayotgan bolalami aniqlash va ulaming emotsional
holatini o‘rganish hamda olingan natijalami boshqa bolalaming
natijalari bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Solishtirish natijalari shunday
hodisa-ota-onalaming o‘zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi
o‘rtasida aloqadorlik mavjudligini ta’kidlaydi.
Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir ko‘rsatilishi
oqibatida unda ro‘y beradigan o‘zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona
o‘rtasidagi munosabatlaming yaxshilanishi bola emotsional holatga qanday
ta’sir ko‘rsatishini aniqlash mumkin. Buning uchun ota-onasi o‘rtasidagi
munosabat yaxshilangan bolalar emotsional sohasiga xos xususiyatlar
bilan ota-onasi o‘rtasidagi munosabat nizoli bo‘lib qolayotgan bolalar
emotsional xususiyatlarini o‘zaro solishtirish yoki bolaning awalgi
emotsional xususiyatlari bilan keyingilarini o‘zaro qiyoslash kerak.
Shuningdek, ayrim hollarda nazorat eksperimenti ham farqlanadi.
Bu eksperiment ko‘p jihatdan aniqlovchi eksperimentga o‘xshab
ketadi. Uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad faol ta’sir ko‘rsatilgan
guruhdagi o‘zgarishlarda aynan ta’siming roli qanday bo‘lganini
aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir ko‘rsatilgan guruh
bilan hech qanday ta’sir ko‘rsatilmagan nazorat guruhining natijalari
o‘zaro solishtiriladi. Agar o‘rtadagi farq ancha sezilarli bo‘lsa, demak,
birinchi guruhdagi o‘zgarishlarga aynan o‘tkazilgan ta’sir sabab
bo‘lgan degan xulosaga kelinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
So‘rov.
So‘rov —tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita
o ‘zaro muloqoti davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga
yo‘naltirilgan metod. So‘rov anketa yoki intervyu shaklida o‘tkazilishi
mumkin. Anketa yordamida so‘rov o‘tkazilganda sinaluvchi yozma
savollarga, intervyuda esa og‘zaki savollarga javob qaytaradi.
So‘rov quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1. “Epigraf”. Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yo‘nalishga
solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.
2. “Ko‘rsatma”. Bunda sinaluvchiga so‘rov jarayonida savollarga
qanday javob qaytarish, undan olingan maiumotlar nima maqsadda
ishlatilishi haqida m aium ot beriladi.
3. “So‘rovga moslashish”. Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga
yo‘naltiriladi, unda o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilinadi, u bilan
o ‘zaro ishonchga asoslangan munosabat o‘matiladi, unda savollarga
o ‘zing xoxlaganday javob qaytarish mumkin, degan taasurot hosil
qilinadi. Buning uchun so‘rovda dastlab emotsional-neytral, oson,
umumiy savollar beriladi.
4. “Maqsadga erishish”. Bunda zarur boigan asosiy maiumotlar
qoiga kiritUadi. Buning uchun ushbu bosqichda tadqiqotchi uchun
ham, sinaluvchi uchun ham muhim boigan savollar beriladi.
5. “Zo‘riqishni bartaraf etish”. Bunda so‘rovdagi masalalar va
savollar xususida, butun so‘rov jarayoni haqida yig‘ilgan hissiyotlar
bartaraf etiladi. Buning uchun soTov so‘ngida nisbatan oson, ijobiy
emotsional savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy
demografik xususiyatlari haqidagi savollar berilishi mumkin.
Sinaluvchiga beriladigan savoUar bir-biridan alohida va ajralgan
emas. Ular yaxUt bir zanjiming halqalaridir. So‘rovdagi bir savol
keyingisi bilan bogiiq holda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi
holatlaiga so‘rov jarayonida alohida e’tibor berish lozim:
1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savoUarga beriladigan
javoblarga ta’sir o‘tkazmasligi kerak.
2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga
o‘tib ketgan bo‘lmasligi, bir savoldan boshqasiga o‘tishda mavzu
keskin o‘zgartirilmasligi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Savollaming tashqi ifodalanishi sinaluvchilami u bilan ishlashga
jalb eta olishi kerak (simmetrik to‘g‘ri bo‘lishi, yozuv yoki og‘zaki
murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo‘lishi
zarur).
4. Sinaluvchilaming individual xususiyatlari va so‘rovning uzunligi
bir-biriga mos bo‘lishi (masalan, ota-onalar bilan so‘rov o‘tkazishda
5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.
5. So‘rov so‘ngida sinaluvchiga minnatdorchilik va tashakkur izhor
etilishi — “Javoblaringiz uchun tashakkur”, “Yordamingiz uchun
rahmat” kabi ifodalaming keltirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Proyektiv metodlar.
Proektiv metod — shaxsni o‘iganish metodlaridan biri. Unda
shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar
sinaluvchilar tomonidan talqin etilishi mumkin bo‘ladi. Aynan
sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida
muayyan xulosalar chiqariladi.
Yüklə 30,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin