Mavzu: boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#122667
  1   2
Mavzu boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rgatish (1)



MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI 
O‘RGATISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI. 
Reja: 
1. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning umumiy masalalari. 
2. Geometrik figuralar haqida dastlabki tasavvurlar sistemasini tarkib toptirish. 
3. Geometrik materiallarni o’rgatish bo’yicha qo’llaniladigan didaktik materiallarning mazmuni 
va maqsadi. 
4. Geometrik materiallarni chizish va yasash amaliy ko`nikmalarini shakllantirishning ahamiyati.
 
Boshlang‘ich sinflar matematika kursida geometrik materiallar alohida o‘rin egallaydi. 
Geometrik materiallar ko‘pchilik hollarda arifmetik va algebraik materiallar bilan uzviy 
bog‘liqlikda o‘rganiladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida geometrik 
materialni o‘rganishga yetarlicha e’tibor qaratilgan. 
Boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rganishning asosiy maqsadi geometrik 
shakllar, ularning elementlari orasidagi munosabatlarni xossalari haqidagi tasavvurlar tizimini 
tarkib toptirish hamda, shakllarni chizmachilik, o‘lchash asboblari yordamida yoki ularsiz yasash, 
chizish va o‘lchash amaliy malakalarini shakllantirilishiga e’tibor qaratishdan iboratdir. 
Geometriya elementlari bilan tanishtirishda kuzatish, taqqoslash, induktiv va deduktiv xulosa 
chiqarish, seminar va amaliy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bu maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda o‘qitishning turli vositalaridan keng 
foydalaniladi. Masalan, geometrik shakllar modellari, plakatlar, kartochkalar, predmetlar, 
cho‘plar, bilan birga chizmalarni bajarish uchun chizmachilik – o‘lchash asboblari to‘plami: 
chizg‘ich, sirkul, paletka va boshqalar albatta sinfda mavjud bo‘lishi muhimdir. 
Geometrik material boshlang‘ich sinflar uchun mustaqil bo‘lim sifatida o‘quv dasturiga 
kiritilmaydi. O‘quv jarayonida geometriya elementlarini o‘rganish bilan bevosita bog‘lab olib 
boriladi. Geometrik mazmundagi masalalarni yyechish, hisob-kitobga o‘rgatish davomida 
geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish – bularning barchasi
o‘quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.
Geometrik materiallarni o‘rganish:
-geometrik figuralar haqidagi tasavvurlar zahirasini to‘plashga (kengaytirishga);
-fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish, tahlil qilish, umumlashtirish, tasavvur etish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga;
-muhim amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga;
-bolalarni keyinchalik geometriyani o‘rganishga tayyorlashga xizmat qiladi.
«10 gacha bo‘lgan raqamlarni nomerlash» mavzusini o‘rganishda bolalar nuqta va 
kesmalar bilan tanishadilar, ulardagi uchburchak, to‘rtburchak, beshburchaklar va boshqa 
ko‘pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi.
«100 raqamigacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish vaayirish» mavzusini o‘rganishda esa to‘g‘ri 
burchak, to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak, kvadratlar, ko‘pburchaklarning bir ko‘rinishi sifatida 
o‘rganadilar.
II va III sinflarda geometrik figuralar haqida tasavvurlar kengayadi va chuqurlashadi. 
Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu xolatda zaruriy atamalar 
o‘rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o‘zaro farqlash ko‘nikmalari shakllanadi).
b) Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarni yasash.


d) Figuralarni guruhlarga ajratish.
e) Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash.
f) turli predmetlar va ularning qismlarining geometrik shaklni yaratish.
g) (III sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qiy olish ko‘nikmalarini 
shakllantirish.
Mavzuni o‘rgatishdan maqsad. Boshlang‘ich sinflarda geometrik materiallarni 
o‘rgatishdan maqsad geometrik shakllar va fazoviy jismlar bilan tanishtirish, ularni chizish va 
yasash ko‘nikmalarini shakllantirish, materiallarning elementlari orasidagi munosabatlar, 
xossalari haqida tasavvurlar tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun umumiy bo‘lgan quyidagi vazifalar belgilab olingan:
1. Geometrik figuralar (nuqta, kesma, burchak, ko‘pburchak, doira kabi) haqida aniq 
tasavvurlarni shakllantirish. 
2. Chizish asboblari yordamida yoki ularsiz geometrik figuralar yasash uchun amaliy 
tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirish.
3. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.
Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish metodikasi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishni quyidagi bosqichlar asosida 
amalga oshiradi: 
I bosqich (tayyorlov)–Bolalarda bo‘lgan geometrik figuralar haqidagi umumiy 
tasavvurlarni aniqlash. (Bolalarning hayotiy tajribasi, model figuralardan foydalanib, amaliy 
ishlarni bajarish). 
II bosqich–O‘quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar haqidagi 
tasavvurlarni shakllantirish.
III bosqich–O‘rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish uchun figuralarni 
yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni bajarish.
Mavzu bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalariga talablar:
har bir talaba:
-I-V-sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha geometrik materiallarni o‘rganish 
vazifalarini;
-matematika boshlang‘ich kursiga kiritilgan geometrik harakterdagi masalalarni hamda 
ularni o‘rganish tartibini;
-geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi arifmetik 
masalalarni;
-geometrik tasavvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini;
-o‘quvchilar tomonidan yyechish jarayonida geometrik harakterdagi masalalarni 
o‘zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni;
-geometrik materiallarni o‘rganish davomida foydalaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalar 
va didaktik o‘yinlarni;
-geometrik mazmundagi masalalarning o‘zlashtirilishini tekshirishning turlicha 
ko‘rinishlari, shakli va usullarini bilishi kerak.
Shuningdek har bir talaba:
-o‘qitish davomida geometrik elementlar bo‘lgan arifmetik materiallarning o‘zaro 
aloqasining o‘zaro tadbiq etilishini bilishi;
-geometrik tasavvurlarni shakllantirish metod va usullarini maqsad sari yo‘naltirib, qo‘llay 
olishi;


-geometriya elementlari bo‘lgan mashqlarni tanlab olabilishi va maqsad sari yo‘naltira 
olishi;
-geometrik misollarni o‘rganishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar va didaktik 
o‘yinlardan foydalana olishi; 
-geometriya elementlarini o‘zlashtirishni tekshirishning turlicha ko‘rinishlarini, shakl va 
usullarini qo‘llay olishi;
-tekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi kerak. 
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida 
ma’lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon vaaksincha, tasvirdan real predmetlar 
tomon bormoq kerak. Geometrik elementlarni o‘rganishda quyidagi metodlardan masalan: 
geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar, plastilin va simlardan figuralarning 
modellarini yasash, qog‘ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasavvurni 
rivojlantirishga omil bo‘ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchamlari, tekislikdagi 
holatini nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy 
belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, 
o‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning 
to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, to‘g‘ri burchakli to‘rtburakni o‘rganish jarayonida 
bolalar uning ikki asosiy sifati-to‘rtburchak ekanligi va burchaklari to‘g‘ri ekanligini tushunib 
yyetishlari kerak. 
Geometriyaga oid bilimlarni o‘qitishda, mustahkamlash va olingan bilim, ko‘nikma, 
malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari darsning didaktik ta’minoti 
deyiladi. 
Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari ko‘rgazmali qurollar 
(geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining rasmlari, qismlarga ajratilgan 
geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar), tarqatma materiallar (o‘chash, hisoblash ishlarini 
bajarishga oid geometrik figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik 
masala yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar, testlar, 
diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar) 
bo‘lishi talab qilinadi. Geometrik materiallni o‘qitish jarayonining sifati va samaradorligini 
oshirish maqsadida o‘quv-metodik kompleks yaratiladi. Bu kompleks tarkibiga darslik va bosma 
asosli daftardan tashqari, matematikadan topshiriqlar yozilgan kartochkalar, o‘qituvchilarga 
mo‘ljallangan metodik tavsiyalar va ko‘rsatmalar va boshqalar kiradi. 
Geometrik materiallni o‘qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar yozilgan 
kartochkalar muhim o‘rin tutadi. Bular darsliklarga qo‘shimcha tariqasida nashr qilinadi. Ularning 
asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo‘yicha bolalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda, 
programmaning asosiy materiallarini puxta o‘zlashtirishda o‘qituvchiga yordam berishdan iborat. 
Shunday qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to‘ldirishgagina mo‘ljallangan bo‘lmay, 
balki bolalarning, darslikka yuklab bo‘lmaydigan, mustaqil o‘quv faoliyatlarini boshqarishning bir 
qator funksiyalarini ham bajaradi. Kartochkalardan har xil foydalanish mumkin. Masalan, ulardan 
o‘qituvchi mustaqil va nazorat ishlarni o‘tkazishda, o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni 
to‘ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni tashkil qilishda, bilimlarni umumlashtirish 
va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni hisobga olish va nazorat qilishda 
foydalanishi mumkin. 
Ko‘rsatmalilikning boshlang‘ich ta’limdagi roli o‘quvchilarning abstrakt tafakkurlarini 
ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ko‘rsatmalilikdan 
foydalanish o‘quvchilarni faollashtiradi, ularning e’tiborini, diqqatini qo‘zg‘atadi, o‘rganilayotgan 


materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi 
sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi. 
Geometrik figuralar modeli «Demonstratsionniy material po matematike dlya pervoyye 
klassa» (muallif M. I. Moro) komplektida, shuningdek, o‘quv sanoati tomonidan chiqarilgan 
matematik jamlanmalar tarkibida mavjud. 
Shuni ta’kidlash kerakki, obyekt shaklini to‘g‘ri idrok qilish uchun, predmet formalarini 
abstraktlashtirish qobiliyatini rivojlantirish uchun o‘quvchilarning shakllarning modellarini 
kuzatishlarigina emas, balki ularning o‘zlari tomonidan shunday modellarning mustaqil yaratilishi 
ham juda muhimdir. Bu o‘rinda mashhur geometrik olim N.A.Izvolskiyning «Biror geometrik 
obrazni o‘rganishdan avval bu obrazni yaratish, ro‘yobga chiqarish kerak» degan fikrini keltirish 
o‘rinlidir. Shu maqsadlarda (mehnat ta’limi yoki matematika darslarida) dastlabki paytlarda 
geometrik shakllarning modellarini andaza (shablon) ustidan qalam yuritish yo‘li bilan hosil 
qilishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, figuralarning modellarini, ularni oldindan nuqtalar 
(ko‘pburchak uchlarini) belgilab olib katakli qog‘ozdan qiyish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. 
Geometrik figuralar modellarini qog‘oz varog‘ini buklash yo‘li bilan ham hosil qilish mumkin. 
Masalan, qog‘oz varog‘ini (ixtiyoriy shakldagi) uchta kesishuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha shunday 
buklash kerakki, bunda ikkinchi va uchinchi buklish chiziqlari o‘zaro kesishsin va boshqa 
nuqtalarda birinchi bukilish chizig‘ini kessin. Natijada uchburchak hosil bo‘ladi. (To‘rtburchak, 
beshburchak va boshqalar shunga o‘xshash hosil qilinishi mumkin.) 
Ko‘pburchaklarning modellaridan foydalanish ko‘pburchaklar nima deb atalishi va nega 
shunday atalishini tushunib olish, ularning tomonlari, burchaklari, uchlarini ko‘rsatish va sanash 
imkonini beradi; ularning ba’zi xossalarini ochish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Geometrik 
figuralar modellari yordamida geometrik figuralarni tanish va farqlash, klassifikatsiyasi bilan, 
yangi figuralar (applikatsiyalar) va naqshlar tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator topshiriqlarni 
bajarish mumkin. 
Geometrik figuralarning modellaridan o‘nlik sonlarini o‘rganishda sanoq materiali sifatida 
foydalanish mumkin. Figuralarning o‘zlarini ham, ularning elementlarini ham, ya’ni tomonlari, 
burchaklari, uchlarini sanash mumkin. 
O‘quvchilarning nazariya bilan amaliyot orasidagi bog‘lanishlarining murakkabligini 
anglab olishlariga amaliy ishlar yordam beradi. 
Maktabda amaliy ishlar deyilganda odatda o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quv 
predmetini aniq va chuqur o‘zlashtirishga hamda o‘rganilayotgan obyektlar va hodisalar haqida 
o‘quvchilarga aniq tasavvurlar hosil qilishga imkon beradigan mustaqil ishlar tushuniladi. 
Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika, darslarida foydalanilsa, dars jarayoni 
qiziqarli kechadi, shuning bilan birga o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi, 
o‘z fikrini asoslash ko‘nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay oladi. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika diktantlar 
o‘tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni kiritib borish maqsadga 
muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda 
shakllarning gavdalantirishga, shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi. 
Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli testdir. Geometrik 
testlar – bu masalalar to‘plami emas, balki maxsus vazifalar to‘plami bo‘lib, ular shunday 
tuzilganki o‘quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘qitish vositalari ma’lumot (yangi bilimlar) manbai, nazorat qilish, 
bilimlarning qanchalik o‘zlashtirilganligini hisobga olish va nihoyat, o‘quvchilarning mustaqil 
individual ishlarini tashkil qilish vazifalarini bajaradi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin