Mavzu: Boshqaruv obyektlari va ularning xossalari. Reja



Yüklə 19,64 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü19,64 Kb.
#39575
Mavzu 11 boshqaruv obyektlari. avt


Mavzu: Boshqaruv obyektlari va ularning xossalari.

Reja

  1. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish rostlash obyektlarining xilma-xilligi.

  2. Boshqariluvchi obyekt tushunchasi.

  3. Boshqariluvchi obyekt larning asosiy xususiyatlari.

Har qanday ishlab chiqarish, shu jumladan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi ham rostlash obyektlarining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Shunda alohida mashina, turli qurilmalarng va hokazolar kompleksi ham obyekt sifatida qaralishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan obyektlarga quyidagilar kiradi: 1) turli issiqlik qurilmalari (issiqlik generatorlari, suv isitkichlar, kaloriferli uskunalar, elektr pechlar, qozonxona qurilmalari, turli isitkichlar va hokazolar) bunday obyektlarda, odatda, haroratni, beradigan havo, yoqilg‘i yoki energiya miqdorini rostlash talab etiladi; 2) qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha turli ishlab chiqarish komplekslari: (don quritish punktlari, chorvachilik binolari, sabzavot omborlari, issiqxona va hokazolar) bunday obyektlarda ayni bir vaqtda haroratni, namlikni yoki havodagi gaz miqdorini rostlash zarur; 3) harakatlanuvchi (dalada yurib ishlaydigan) qishloq xo‘jalik agregatlari va mashinalari (seyalkalar, pluglar, kombaynlar, traktorlar va hokazolar), bularda harakat tezligini, ish sifatini, ish unumdorligini va hokazolarni rostlash talab etiladi.

Obyektlarning xossalari rostlash jarayonining boshidan oxirigacha ta’sir etadi, shuning uchun avtomatik rostlash tizimining ishini tahlil qilishda shu xossalarni hisobga olish kerak.

Avtomatlashtirish obyektlarini tavsiyalovchi asosiy xossalarga quyidagilar kiradi: obyektning statik tavsifnomasi, dinamik tavsifnomasi, o‘zida to‘plash (akkumulatorlik) qobiliyati, yoki tekislash, obyektning o‘tish vaqti va obyektning vaqt konstantasi.

Boshqariluvchi obyekt — bu tashqaridan bo‘ladigan maxsus ta’sir orqali texnologik jarayon algoritmini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi qurilmadir.

Distansion boshqarish ma’lum masofaga o‘rnatilgan boshqariluvchi qurilma, obyektlarni tekshiruvchi texnik vositalar va usullarni o‘z ichiga oladi. Boshqarish uchun berilgan impulslar xizmatchi xodimlar orqali elektr simlari bilan maxsus tugmalar, kalitlar va boshqa boshqaruv qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlab chiqarish hajmini va sifatini yaxshilash, mehnat sharoitini yaxshilash va mahsulot tannarxini tushirish uchun hizmat qiladi va texnikaning ish chegarasini oshiradi.

Bunga erishish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish lozim:


  • texnologik jarayonlarni uzlukli harakatdan uzluksiz harakatga o‘tkazishni takomillashtirish;

  • texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning optimal hajmi va ketma-ketligini o‘rnatish, boshqaruv algoritmi va usullarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish;

  • qishloq xo‘jaligidagi avtomatlashtiriluvchi obyektlarning statik va dinamik tavsifnomalarini aniqlash;

  • turli o‘zgartirishlar kiritish maqsadida tekshirilayotgan parametrlarning funksional bog‘lanishlarini o‘rganish;

  • avtomatlashtirish talablariga javob beruvchi yangi qurilmalarni ishlab chiqarish;

  • qurilmalarning aniqlik va ishlash mustahkamligini

  • oshirish.

Obyektlar va texnologik jarayonlar harakatlanish asosi hamda turiga qarab ajratiladi.

Avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalash va avtomatika vositalarini yaratish masalalaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik obyektlarini 5 ta xususiyati bo‘yicha sinflarga ajratish

mumkin:

— texnologik jarayonlarning tipiga ko‘ra;

— texnologik va transport harakatining bir-biri bilan bog‘lanishiga qarab;

— obyektning dinamik xususiyatlari va qayta ishlanuvchi materialning agregat holatiga ko‘ra.

Texnologik jarayonlarning turiga ko‘ra sinflanishi avtomatlashtirish vazifalarini hal qilishda umumiy yechimga kelishga yordam beradi.

Texnologik va transport harakati bog‘lanishiga qarab, obyektlar 3 sinfga ajratiladi: 1 — alohida harakatlanuvchi, 2 — birgalikda harakatlanuvchi va 3 — mustaqil harakatlanuvchi. 1- guruhga kiruvchi obyektlarda ma’lum qurilmalarda mahsulotga ishlov beriladi, qolgani faqat transport harakatini amalga oshiradi. Bu obyektlar avtomatlashtirish nuqtayi nazaridan quyi sinfga kiritiladi.

Transport va texnologik jarayonlar birgalikda olib boriladigan, ya’ni materialga ishlov berish transport harakati vaqtida barobar amalga oshiriluvchi obyektlar yuqori sinfga kiritiladi.

Oliy sinf obyektlari mustaqil harakatga ega. Bu holdatransport harakati ishlov berish vaqtida texnologik harakatga esa transport harakati vaqtida amalga oshirilishi mumkin.

Bunday obyektlarni avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash bilan birga, ish unumdorligining oshishini ta’minlaydi. Ishlov berilayotgan mahsulotning agregat holati ijrochi mexanizmlar va birlamchi o‘zgartkichlar tanlashda katta ta’sir ko‘rsatadi.

Qishloq xo‘jaligini sanoat asosiga o‘tkazishda juda katta xomashyo, energiya oqimi va mehnat manbalari bilan birga keng axborot vositalaridan olingan optimal boshqaruv xabarlari berilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning turli usul va vositalari qo‘llanilishi kerak.

Avtomatlashtirish samaradorligi 3 ta asosiy masalaning yechimini o‘z ichiga oladi:

— yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni namunaviy holga keltirish;

— namunaviy texnologik jarayonni sifatli bajarishga yordam beruvchi yangi texnologik qurilmalarni yaratish;

— avtomatikaning texnik vositalari yordamida texnologik jarayonlarni, operatsiya va qurilmalarni effektiv boshqarish algoritmini ishlab chiqish.

Ishlab chiqarish jarayoni davomida turli texnologik zanjirlar mavjud bo‘lishi mumkin. Texnologik zanjir texnologik jarayonlarning bir-biriga bog‘lanishini ifodalaydi. Alohida operatsiya va ish rejimlari, ularning bajarilish ketma-ketligi, bularning hammasi berilgan ishlab chiqarish jarayonida mashina va uskunalarning harakatlanish ketma-ketligini optimal holda belgilab beradi.

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqishda avtomatlashtirish obyektini chuqur o‘rganish, uning barcha ish rejimlarini aniqlab olish zarur. Lekin ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirish darajasi va operatsiyalar turlichadir. Shuning uchun har qanday texnologik jarayon operatsiyalarga turlicha ajratiladi. Bu yerda quyidagi vazifalar ko‘rsatilishi kerak:

— avtomatik boshqarish tizimining maqsadi va vazifalari;

— boshqarish obyektining tarkibiy qismlari;



  • ishlab chiqarilayotgan tizimning qismlari orasidagi funksional va boshqaruvchi bog‘lanishlari;

— boshqarish obyekti va uning tarkibiy qismlarining rejimlari, bu rejimlar orasidagi mumkin bo‘lgan texnologik o‘tishlar soni;

— u yoki bu rejimning algoritmi;

— berilgan tizim uchun ishlatiladigan datchiklar va ijrochi mexanizmlar;

— tizimning ma’lum ish rejimini ko‘rsatuvchi boshqaruvchi va tashqi ta’sir signallarini tavsiflovchi matematik tenglamalar.



Savollar:

  1. Avtomatlashtirish obyekti haqidagi tushuncha qanday izohlanadi?

  2. Obyektning akkumulatorlik xususiyati nima?

  3. Obyektning o‘ziga tenglashish xususiyati va sig‘im koeffitsiyentiqanday aniqlanadi?

  4. Statik va astatik obyektlar haqidagi tushuncha qanday izohlanadi?

  5. Obyektga ko‘rsatiluvchi tashqi ta’sirlarning turlari qanday?

  6. Obyektlardagi kechikish avtomatik boshqaruv tizimiga qandayta’sir ko‘rsatadi?

Yüklə 19,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin