MAVZU: CHAQQONLIK QOBILYATINI TARBIYALASH Chaqqonlikni tarbiyalash Harakatlarning koordinastiyaviy murakkabligi chakkonlikning birinchi o‘lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo‘lsa, harakat yetarli darajada aniq bo‘ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovidir. Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni ikki guruhga ajratamiz: 1. Nisbatan stereotip harakatlar. 2. Nosteriotip harakatlar. Yengil atletika yulkasida, tekis joyda yugurishlar, uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi guruh harakatlariga, sport o‘yinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi guruhga kiritiladi. Stereotip harakatlardagi aniqlik, kishi bu harakatlarni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga va uni texnikasini o‘zlashtirganligiga bog‘liq. Agar inson to‘g‘ridan 111 to‘g‘ri, tayyorgarliksiz yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, harakatni o‘zlashtirib olishi uchun vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka baho beriladi. Shuning uchun yangi harakatni o‘zlashtirib olishga ketgan vaqt shug‘ullanuvchida chaqqonlik sifatining ko‘rsatkichlaridan biridir. Yuqorida aytganlrni hisobga olib, birinchidan chaqqonlikni yangi harakatlarni tezda o‘zlashtirib olish qobiliyati (tez o‘rganish qobiliyati), ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda qayta moslash deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu ta’rifimizdan ko‘rinib turibdiki, chaqqonlik — bu baholash uchun yagona o‘lchovga (kriteriyga) ega bo‘lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Har bir muayyan holda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport o‘yinlarida chaqqon bo‘lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko‘rsata olmaslik mumkin. Chakkonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo‘lgani holda qo‘llar bilan mohirona harakat qilishda qo‘l chaqqonligini namoyon bo‘lishi (ajratuzchi, slesarlik, o‘ymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va boshqalarda) ko‘zga tashlanadi. Har kanday harakat qanchalar yangi bo‘lib tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy bog‘lanishlar asosida bajariladi. Sxema tarzida char qanday individ yangidan yangi harakatlgrning barchasini oldindan o‘zlashtirgan tajribalari zaxirasi asosida o‘zlashtiradi va mustahkamlangan, g‘oyat ko‘p elementar koordinastiyaviy bo‘lak chalarning yig‘inini tuzadi. Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zaxirasi, harakat kunikmalari zamini qanchalik ko‘p bo‘lsa, u yangi harakatlarni shuncha tez o‘zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo‘ladi. Chaqqonlikning namoyonlik darajasi analiza-torlar faoliyatiga, jumladan, harakat analizatorlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Individning harakatlarni aniq tahlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo‘lsa, yangi harakatlarni tez egallab, ularni qayta o‘zlashtirish, yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Sport bilan endigina shug‘ullana boshlagan kishilarda harakat tuyg‘usi (kinesteziya) ko‘rsatkichlari zaxirasiga tayanib o‘rgatish (o‘qitish) jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Boshqacha qilib aytsak, shug‘ullanayotganlarda o‘z harakatlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa, yangi harakatlarni 112 ular shunchalik tez o‘zlashtiradilar. Chaqqonlik markaziy nerv sistemasining plastiklio‘iga ham bog‘lik va uning darajasi shu bilan aniqlanadi. Chaqqonlik, psixologiya nuqtai nazaridan, o‘z harakatlarini va tevarak-atrofidagi harakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shug‘ullanuvchining tashabbuskorligiga bog‘liq. Bu harakat sifati murakkab harakat reaksiyalarining tezligi va aniqligini namoyon qilishda juda muhim rol o‘ynaydi. Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan – chassonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, ikkinchidan harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit tadablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo‘lgan o‘z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo‘lsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo‘r berish va muskullarni bo‘shashtirish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga o‘xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak, “chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalarining umumiy to‘plami yig‘indisi tushuniladi. Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil harakat malakalarini va ko‘nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zaxirasi ortib borishiga sabab bo‘ladi va harakat analizatorlarining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Yangi harakatlarni o‘zlashtirish uzluksiz bo‘lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig‘ida yangi harakatlarni o‘rganish rejalashtirilgan bo‘lsa ham, o‘quvchilarga vaqti-vaqti bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi harakatlar (mashqlar) o‘zlashtirib turilmasa shug‘ullanuvchini harakatga o‘rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni to‘la o‘zlashtirib olish shart emas, chunki u shug‘ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni his qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi mashg‘ulot jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyati sifatida har qanday ixtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq 113 tarkibidagi yangi elementlar bo‘lgani uchungina o‘rganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish qobiliyati to‘satdan o‘zgargan sharoitdagi ta’sirlarga darhol javobning berilishi chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o‘zgarishi sodir bo‘ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilib yuklamani oshirish shug‘ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. Ular yengishi lozim bo‘lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bo‘linadi: 1. Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar. 2. Ularning o‘zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar. 3. Birdaniga, qisqa, o‘zgargan sharoitda duch kelinadigan qiyichiliklar. Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveyevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko‘proq foydalaniladi: 1. G’ayritabiiy, g‘ayrioddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo‘lgan tomonga orka bilan turib uzunlikka sakrashlar va h.k). 2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo‘l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi). 3. Harakatlar tezligi va sur’atning o‘zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish). 4. Fazoda mashkdar bajarilayotgan chegaralarni o‘zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni sathi kichiklashtirilgan sport o‘yinlaridan foydalanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tug‘dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va hokazolar). 5. Qo‘shimcha harakatlar kiritib mashklarni murakkablashtirish (masalan, yerga tushish oldidan qo‘shimcha burilishlar qo‘shib, tayanib sakrash va boshqalar). 6. Tanish mashklarni oldindan rejalashtirmay, ma’lum bo‘lmagan tarzda qo‘shib bajarish (masalan, gimnastik kombinatsiyalarini ko‘rgan va o‘qitgan zahoti bajarish musobaqasi va shunga o‘xshashlar). 7. Juft va gruppa bo‘lib bajariladigan mashqlarda shug‘ullanuvchilarning bir-biriga ko‘rsatadigan qarshiliklarini o‘zgartirish (masa- 114 lan, o‘yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo‘llash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o‘zgartirish). Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo‘lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo‘shashtira bilishni o‘rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma’lum ma’noda muskullarni qo‘zg‘alishi va bo‘shashtirilishining natijasidir. Qo‘zg‘alishdek, bo‘shashtirish (lozim bo‘lgan muskulni, lozim bo‘lgan payitda)ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtincha bo‘shashib turishi kerak bo‘lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo‘lgan bemalollik (bo‘g‘iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo‘qqa chiqaradi. Harakatni bo‘g‘iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo‘ladi, deb uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his-hayajonga sabab bo‘ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko‘rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va h.k.) orqali sodir bo‘ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funksional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu diqqatni to‘play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o‘zgartirish qilishda kechikish, harakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu noqulayliklar bilan kurashish yo‘llari haqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo‘lgan ma’lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo‘lishi bilan kuzatiladi. Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo‘ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) o‘ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo‘shashishga ulgurmasligidan sodir bo‘ladigan taranglik; d) koordinatsiyaviy (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul bo‘shashishi fazasida bir oz qo‘zg‘aluvchanlik mavjudligi orqali sodir bo‘ladigan) taranglik. Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muskul tarangligini yengish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o‘rganiladi. Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo‘lib, charchash sodir bo‘lganda, 115 mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko‘ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to‘liq tiklanishi uchun yetarli bo‘lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashklardan so‘ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi. 3.7.1. Chaqqonlik – muvofiqlashtirish layoqatlarining majmuaviy namoyonligi sifatida Ko‘p yillar davomida ilmiy-usuliy bo‘lishi adabiyotlarda «chaqqon» deganda nimani tushunish kerak, uni qanday belgilari mavjudligi, chaqqonlikning insondagi boshqa xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi masalalari keng munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda (N.A. Bronshteyn; V.M. Zatsiorskiy; V.I.Lyax; va boshq.). Lekin hozirgi kungacha olimlar orasida chaqqonlikning aniq ta’rifi mavjud emas. Turli va juda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bir hollarda chaqqonlik muvofiqlanganlik, muvofiqlash layoqatlari bilan belgilansa, boshqa hollarda muvofiqlash layoqatlari ko‘rsatkichlarining hosilasi, uchinchi holda muvofiqlash layoqatlarini namoyon bo‘lishini chegaralovchi, insonning psixomotor xususiyatlari bilan bog‘laydilar. Bunda, chaqqonlikning o‘lchovlari sifatida turli belgilar ishlatiladi. Insonning bu sifatini tabiatini o‘rganishda N.A.Bronshteynning «Chaqqonlik va uni rivojlanishi» (1991) nomli kitobining o‘rni katta. Chaqqonlikning muvofiqlash, uning o‘ziga xos belgilari, namoyon bo‘lish shakllari to‘g‘risida keltirilgan nazariy g‘oyalar va qarashlar «chaqqonlik» tushunchasini hajdaqi aniqlash va ma’nosini tushunishga imkon yaratdi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, chaqqonlik faqat sharoitning kutilmagan va og‘irlashgan vaziyatlarida, insondan bunday vaziyatlardan tez, aniq harakatlar kutilayotgan, to‘satdan va oldindan aytib bo‘lmaydigan hollarda namoyon bo‘ladi. Chaqqonlik muvofiqlash layoqatlarining integral ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlash layoqatlari va chaqqonlikning farqi shundaki, muvofiqlash layoqatlari xaraktlarning muvofiqlashtirilganligini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha turlarida, chaqqonlik esa harakatlarni tez o‘zgartirish, zukkolik bilan kutil- 116 magan harakat qilish kerak bo‘lgan vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bulardan kelib chikqan holda chaqqonlikka insonning ixtiyoriy kutilmagan harakat vazifasini to‘g‘ri, unumli yechish xususiyati deb qarash mumkin. Chaqqonlik – insonning murakkab va majmuaviy psixofizik sifati. Uning rivojlanganlik darajasi murakkab muvofiqlash masalalarini yechishda qatnashuvchi psixomotor imkoniyatlarning rivojlanganlik saviyasi bilan aniqlanadi. Bunday masalarni yechish uchun inson ham jismoniy, ham ruhiy tayyor bo‘lishi lozim. Yaxshi rivojlangan chaqqonlik sifati – harakatlarni boshqarishning oliy shakllaridan biri. Bejiz emaski, N.A. Bronshteyn harakat chaqqonligi – harakatlarni boshqarish malikasi deb ta’kidlagan.