Mavzu: Delphi dasturlash tili, uning ishchi muhiti va asosiy tushunchalari
Reja:
Delphi dasturi haqida tushuncha
Delphi dasturini ishga tushirish.
Kompilyastiya
Delphi -Windows operastion tizimida dastur yaratishga yo’naltirilgan dasturlash muxitidir. Delphida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob’ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan. Delphida dastur Turbo Pascal dasturlash tilining rivoji bo’lgan Object Pascal tilida yoziladi.
Delphi -bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar kombinastiyasini o’zida mujassam etgan:
yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;
ob’ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;
dastur ilovalarini vizual tuzish;
ma’lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo’lgan vosita bo’lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi sistemasi Turbo Pascal 7.0. tilining rivoji bo’lgan ob’ektga yo’naltirilgan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi.
Ma’lumki dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi.
Delphi o’zida bir qancha zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari dasturlash texnologiyalarini ham ma’lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi.