Mavzu: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitishning nazariy-amaliy ahamiyati reja



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə1/7
tarix19.06.2022
ölçüsü40,14 Kb.
#61830
  1   2   3   4   5   6   7
falsafa maruza 1


MAVZU: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitishning nazariy-amaliy ahamiyati


REJA:

  1. Falsafa fani predmeti va baxs mavzusi

  2. Dunyoqarash tushunchasi, mohiyati, tarixiy shakllari. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy turlari

  3. Falsafaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi

  4. Falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari

***********************************************************

Falsafa insoniyat tomonidan ibtidoiy jamoa tuzumi va uning tanazzuli davrida to‘plangan ma’naviy tajriba asosida paydo bo‘ldi. Falsafaning paydo bo‘lishi urug‘ qabilachilik tuzumi va afsonaviy ong tanazzulining natijasi bo‘ldi. Biz ilgari qayd etgan edikki, har qanday falsafa dunyoqarash sifatida maydonga chiqadi.


Falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e’tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma’nosini anglatadi.
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.
Falsafa nima degani?»
Falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin.
Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta’riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar.
«Falsafa nima degani?» savoliga javob berish uchun falsafaning mohiyatiy sifat xususiyatlari, ya’ni uning ma’naviy faoliyatning ma’lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini aniqlash zarur.
Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma’lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan.
Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta’rif («nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya’ni sababini bilmaydilar»2.
Eng ilk davrlardagi faylasuflar turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish sabablari va qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya’ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy asboblarning tuzilishi, hayvon va odamlarning kelib chiqishi, daryolarning toshishi, davlatning siyosiy tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yuritish (nazariy fikrlash) mavzusi bo‘lgan.
Xo‘sh falsafa nima bilan shug‘ullanadi?

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin