2
Mavzu:Genomlardagi oqsil strukturasini aniqlash
Reja:
Kirish…………………………………………………………………………….....3
Asosiy qism…………………………………………………….…………………..5
I.Eukaryotlar va prokaryotlar genomining tuzilishi va
faoliyatining
xususiyatlari………………………………………………………..……………….5
II.Genomning DNK darajasidagi tahlili……………………………..……………17
III.Genomikani o`rganishda bioinformatikaning roli………………..……………26
Xulosa…………………………………………………………………..…………34
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….………..35
3
Kirish
O’tgan asrning 50 yillaridan keyingi davrida, genitika fan sohasida viruslar,
prokariot va eukariot organizmlarda molekulyar asoslarini va irsiy ma‘lumotni
ko’chirish sohasida juda ko’p ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazildi. Molekulyar genetika
sohasida irsiy materianing tashuvchilari va kodlanish xususiyatlari,
genlar
faoliyatining boshqarilishi, genetik jarayonlarning molekulyar mexanizmlarini
tahlil qilish borasida katta yutuqlarga erishildi.
XXI asr boshlariga kelib, genetik ma‘lumot asosiy kontseptsiyasi,
irsiy
ma‘lumotni tashuvchilari genetika va biologia sohasining markaziga aylandi.
Bu davrda, irsiy ma‘lumot genlarda qanday darajada yozilgan, genomlardagi
struktur elementlar, makromolekulalarning boshqaruvchi saytlari va funktsional
markazlari, ularning molekulyar funktsiyalari va xususiyatlari
amalga oshirilishi
to’g‘risidaga bilimlar to’liq emas edi. Genetik kodni aniqlashda hissa qo’shgan
olim Frensis Krikning shunday yozgan: Genetik kod bu molekulyar biologiya
kalitidir, chunki DNK poinukleotidlar tili va oqsillar polipeptid tili bir-biri bilan
bog‘liqdir (1966). Genetik kod universal bo’lib, uning asosiy qismi yer yuzidagi
hamma tirik organizmlar uchun bir xildir. Bunday xulosalar, biopolimerlarni
nuklein kislotalarining va oqsillarning birlamchi
strukturasini aniqlashda,
sekvenirlash ishlarini o’tkazishda asos bo’lib hizmat qildi.
Molekulyar genetika uslublarining rivojlanishi uchta asosiy yo’nalishlarning
gen muxandisligi, biotexnologiya va genomika rivojlanishiga turtki bo’lib hizmat
qildi. Molekulyar genetikaning eng asosiy yutuqlaridan biri- genomika
yo’nalishining rivojlanishi hisoblanadi.Genetika sohasida eng muhim voqealardan
biri F.Senger tomonidan bir zanjirli halqasimon φX174
fagining genomini
sekvenrlanishi hisoblanadi, bu kashfiyoyi uchun olim 1980 yilda Nobel
mukofotiga sazovor bo’lgan. Ushbu kashfiyot molekulyar genetika sohasida
yangi era- genomika erasining rivojlanishiga turtki bo’ldi. O’tgan asrning 80
yillaridan so’ng, turli xil organizmar genomini,
bakteriyalar, zamburug‘lar,
o’simliklar, hasharotlar, sut emizuvchilar va inson genomini sekvenirlash
4
bo’yicha birinchi Halqaro dasturlar faoliyat ko’rsatishdi. Hozirgi kunda bu
sohaning rivojlanishi o’z navbatida bioinformatika yonalishining rivojlanishiga
olib keldi- ya‘ni makromolekulalar va ular tizimlarini modellashtirish va texnik
usublar yordamida tadqiqot qilish ishlarini jadallashtirdi. Ushbu fan yo’nalishlariga
kompyuter genomikasi va metobolonomika kiradi
yoki boshqacha proteomika
fanini anglatadi.
"Genomika" atamasi genom so’zidan olingan bo’lib, organizmning barcha
genlarining umumiyligi, "proteomika" esa proteom so’zidan olingan bo’lib,
eukaryot yoki prokaryot hujayrasidagi tarkibiy va katalitik oqsillar to’plamini
bildiradi. Ikkala fan hujayra bilogiyasiga yaqin bo’lgan genetika va oqsil kimyosi
fanlarining rivojlanishining zamonaviy bosqichining terminologik formulasi deb
hisoblash mumkin. Bugungi kunda ushbu fanlar
sohasidagi yutuqlar va
qo’llaniladigan uslublar texnologiyasi bo’yicha genomika eng muhim ahamiyatga
ega, proteomika genomikaga asoslangan bo’lib, u allaqachon tirik mavjudotlarni
oqsil darajasida ko’p jihatdan o’rganilgan hisoblanadi.