Mavzu: Gramatik qurilishni shakillantirish metodikasi


Gramatika va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 19,85 Kb.
səhifə2/4
tarix15.05.2022
ölçüsü19,85 Kb.
#57994
1   2   3   4
Mustaqil ish
7-sinf adabiyot 1- chorak test, 7-sinf adabiyot 1- chorak test, To'garak 5-7 sinf, To'garak 5-7 sinf, Biokimyo ikkilamchi oqsillar, Diskret matematika amaliy(1)
Gramatika va uning tarkibiy qismlari :  Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so’z o’zgartirish va so’z biriktirish qoidalari haqida bo’lib, bunda so’z o’zgartirish doirasida so’zshakllari, so’zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o’zgarishi asosida farqlanuvchi so’zning grammatik guruhi – so’z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo’lmish so’z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o’z-o’zidan ularni o’rganuvchi ikki soha – morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi. Morfologiyaning ob’ekti so’zning o’zgarish bilan bog’liq, ya’ni morfologik strukturasi. So’zning morfologik strukturasi – grammatik morfema sistemasi – morfologik kategoriya, so’zning o’zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdankitob leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o’zgarish sistemasi), so’zshaklning hosil bo’lish yo’l  vositachi, bu vositalarning turlari.
Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so’z yoki so’zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin. Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi.

Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo’lmay qoladi. Masalan, bola leksemasining lug’aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi, sub’ektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo’lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo’q. Demak, leksema lug’aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi.

Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko’p lisoniy  umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so’zlar uchun umumiy. Lug’aviy ma’no (semema) har bir leksemada o’ziga xos va yakka, xususiy bo’lsa, grammatik ma’no bir turdagi juda ko’p leksema uchun umumiy. Yoki WPm – kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi sintaktik qolipining o’ng tomoni uning grammatik ma’nosi bo’lib, u chap, ya’ni shakliy tomoni bilan birgalikda o’zbek tilidagi barcha nutqiy gap uchun umumiy.

Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Masalan, hozirgina keltirilgan WPm – kesimlik ko’rsatkichi bilan shakllangan atov birligi sintaktik qolipining grammatik ma’nosi ko’zga tashlanib turgan til birliklari zamiriga yashiringan.

Grammatik ma’no morfologik sathda so’zlarning umumiy ma’nosi bo’lgan so’z turkumlari (masalan, otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), har bir so’zshaklning ma’lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo’yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis so’z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo’laklarining bir-biriga o’zaro munosabati sifatida namoyon bo’ladi. Keng ma’noda so’z yasalish hodisasi ham grammatik ma’noga daxldor. CHunki yasalish natijasida so’zning turkumlardagi o’rni o’zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko’rsatadi. Masalan, aql so’zi «ot», «mavhum ot» grammatik ma’nolariga ega. Undan -li so’z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik ma’noda ham katta o’zgarish yuz berdi. Ko’rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo’lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan xoli bo’lolmaydi.


Yüklə 19,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə