Mavzu: Hadis va hadisxonlik namunalari



Yüklə 14,14 Kb.
tarix07.11.2022
ölçüsü14,14 Kb.
#67746
Hadis va hadisxonlik namunalari


MAVZU: Hadis va hadisxonlik namunalari
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari ya'ni sahobai kiromlar yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy rohimahulloh yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari bir manbada jam qilib yuborilgan edi.Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalning rohimahullohning hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy rohimahulloh asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atT-ermiziy, Nasoiy, Ibn Moja rohimahullohlar toʻplamlari shu yoʻnalishga mansubdir.Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy rohimahulloh hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami "sunna" deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar "muhaddis" deb atalganIslomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni Bu ishonchli toʻplam yaratilguniga qadar I-II hijriy asrlarda sunnat va hadislarni muhaddislar maʼlum bir darajada jamlab, bir toʻplam shakliga keltirdi. Bu harakatlar keyingi hadis toʻplamlarini yaratilishida zamin boʻldi.

Imom Buxoriy hadis yoʻnalishida oldin yozilgan barcha janrdagi hadis toʻplamlaridan kelib chiqib, yangi yoʻnalishga asos solguniga qadar hadis ilmining shakllanishi va tadrijiy rivojlanish bosqichi ikki davrni oʻz ichiga olgan: I/VII asr yaʼni, Paygʻambar (S.A.V.), sahobalar va katta tobeinlar yashagan zamon, II/VIII asr, yaʼni tobeinlar va tabʼa tobeinlar yashagan davr.hisoblangan. Hadislar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat fatlvolarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" Hadislar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning "Sahihi Termiziy" Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.Hadis (حديث) Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va o'rganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi.Maʼlumki, III/IX asr Islom olamida hadis ilmining gullab yashnagan va rivoj topgan davri Paygʻambar (S.A.V.) davrlarida Arabiston atrofidagi barcha hududlarga islom dini taʼlimoti kirib bordi. VII asrdan boshlab esa, Sahoba va tobeinlar orqali boshqa oʻlkalarga ham islom ilmi va sharʼiy ahkomlar yetkazildi. Natijada, Qurʼondan keyin islom ilmlarini ayniqsa, hadis ilmini oʻrganishga va maʼnosini tushunishga ehtiyoj kuchaydi va hadislarni “تدوين” “Tadvin”, yaʼni toʻplam sifatida jamlanishiga turtki boʻldi.

I/VII asrning oxiriga kelib, yaʼni sahobalar davri tugab, tobeinlar davrining oʻrtalarida, sahoba va tobeinlarning koʻpi vafot etgani va boshqa sabablarga koʻra hadislarning yoʻq boʻlib ketish xavfi paydo boʻldi. Shuningdek, Islom yetib borgan ajam diyorida musulmonlarning koʻpayishi va hadis ilmiga kuchli qiziqish natijasida, “Sahih” – ishonchli, haqiqiy hadislar bilan bir qatorda koʻplab soxta hadislar ham paydo boʻla boshladi. Natijada, Katta tobeinlar davrida hadislarni asl holicha saqlash, va uni tadvin etish ishlari siyosat darajasiga koʻtarildi. Bu holatni oʻz vaqtida anglab yetgan umaviylarning sakkizinchi xalifasi Umar ibn Abdulaziz (vaf.720) (xalifalik davri 717-719) hadislarni yozishga va jamlashga rasmiy ravishda buyruq beradi [10:76]. Tarixchilar nazdida, u hadislarni jamlashga birinchi boʻlib tashabbus qilgan shaxs sifatida eʼtirof etiladi Bu asrda muhaddislar hadislarni yozish, ularni jamlash, tartibga solish va sahihlarini boshqalaridan ajratish va toʻplangan hadislarni ilmiy nuqtai nazardan muayyan qonun-qoidalarga tayangan holda tartibga tushirish ishlarini bajarishdi.

Muhaddislar sultoni Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (vaf. 256/870) hadis jamlashda yangi bir yoʻnalishga asos soldi. U faqat sahih hadislarni oʻz ichiga olgan “Al-Jomeʼ as-Sahih” kitobini yozdi va hadislarni boblarga ajratib, tartibga soldi. Musulmonlar bu hadis toʻplamini Qurʼoni karimdan keyingi eng toʻgʻri va ishonchli manba deb eʼtirof etgan.


“تدوين السنة” murod aslida sunnatni toʻplamga “kiritish”, “jam qilish”, “toʻplash” nazarda tutilgan sunnatni yozishni boshlash emas. Sunnat birinchi hijriy yilning nihoyasidan oldin sahifa shaklida yozilgan edi. Keyinchalik, Umar ibn Abdulaziz davrida uni toʻplamga kiritish, jamlash boshlandi [12:9,40]. Ana shu ishga Ibn Shihob Zuhriy birinchi boʻlib qoʻl urgani bois, mendan oldin bu ishni hech kim qilmagan, degan fikrni aytgan.
II/VIII asrda hadislarni yozma ravishda jamlash ishi boshlandi. Islom olamidagi hadis ilmining bilimdonlari bu ishga kirishdi. Dastavval, hadislarni yozishda asosan ularni qaydlash nazarda tutilgan edi. Shuning uchun ularda maʼlum tartibga amal qilinmas edi. Ilk bor bitilgan hadis kitoblari “Jomeʼ” (jamlovchi) va “Musannaf” (bitik) shaklida yozildi. Ularda turli mavzulardagi hadislar jamlandi.

II/VIII asr oxirida hadislarni tadvin etish (toʻplash) ishi jadal rivojlanib, taʼlif etilgan hadis toʻplamlari nafaqat Paygʻambar (S.A.V.)ning hadislari balki, sahobalarning soʻzlari, qilgan ishlari va tobeinlarning fatvolarini ham qamrab olgan. Oʻsha davrning baʼzi muhaddislari asosan topilgan hadisni birin-ketin, chuqur oʻrganib, aniqlab tekshirish ishlarini olib bormasdan kitoblariga kiritavergan. Natijada, ularda sahih (ishonchli) hadislar bilan birga zaif (kuchsiz) hadislar ham yozilgan. Shunga qaramay, oʻsha davrdagi ulamolarning hadis yigʻishda koʻrsatgan jiddu-jahdi tahsinga loyiqdir [13:9].


A.B. Xalidovning qayd etishicha, VIII asrning oʻrtalaridan boshlab, rivojlanib borgan hadis ilmi bilan keyingi ikki-uch asr davomida toʻrt yuzdan ziyod olimlar shugʻullangan [14:61]. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha [4:4.7:19], bu davrda hadislarni ishonchli manbalarga asoslanib, maromiga yetkazib ilmiy ravishda tartibga solish olimlarning orasida eng sevimli, zaruriy mashgʻulotga aylangan. Hatto, hadislarni yozish, ularni jamlash, tartibga solish va sahihlarini boshqasidan ajratish ishlari oxiriga yetkazilgan. Shuningdek, bu asrda toʻplangan hadislar ilmiy nuqtai nazardan muayyan qonun-qoidalarga tayangan holda tartibga tushirilgan. Ikkinchi hijriy asrda hadis fiqh ilmining bir boʻlagi sifatida oʻrganilgan boʻlsa, uchinchi asrga kelib alohida soha boʻlib ajralib chiqqan va mustahkam asosga ega mustaqil ilm sifatida qaror topgan.Shuningdek aynan shu asrda sahobalar va tobeinlarning fatvolari­ni aralashtirmay, faqat Rasululloh (S.A.V.)ning hadislarini yigʻib, ularni rivoyat qilgan sahobalarning nomi ostida bir bobda jamlash boshlandi. Natijada, “musnad” deb nomlangan hadis kitoblar vujudga keldi. Bu borada birinchi boʻlib, Imom Ahmad ibn Hanbal (vaf. 241/855) “Musnad”ini, Abd ibn Humayd Keshiy (vaf. 249/863 y.) “Musnadi Abd” kitobini, Abu Dovud Tayolisiy (vaf. 304/917) “Musnad Tayolisiy” kitobini yozdi. Ibn Hanbalning “Musnad”i musnadlarning orasida eng mashhuri, eng kattasi va foydasi eng koʻpi hisoblanadi. Ammo musnadlarda sahih hadislar ham, sahih boʻlmaganlari ham bor edi [17:38,49].
Nihoyat III/IX asrda Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (vaf. 256/870) hadis jamlashda yangi bir yoʻnalishga asos soldi. U faqat sahih hadislarni qamrab olgan “Al-Jomeʼ as-Sahih” kitobini yozdi va unda hadislarni boblarga ajratib tartibga soldi. Keyin Imom Buxoriyning shogirdi Imom Muslim (vaf. 261/875) ham ustozining yoʻlidan borib, “Sahihi Muslim”ni yozadi va bu kitob “Sahihul Buxoriy”dan keyingi maqomni egallaydi.

Keyinchalik hadislarni fiqhiy boblar asosida yozish natijasida “sunan” uslubidagi kitoblar yaratildi. Ularda hadislar tahorat, namoz, roʻza mavzusiga ajratiladi. Bunga imom Abu Dovud va Termiziylarning “Sunan”i misol boʻla oladi. Shunday qilib, islom olamida sahih hadislardan iborat kitoblar yozish keng yoyildi. Ularning orasida imom Abu Dovud, Nasoiy, Termiziy va Ibn Mojalarning toʻplamlari katta shuhrat va eʼtibor topdi va oldingi ikki sahih bilan qoʻshilib, “Olti sahih toʻplam” majmuasini tashkil etdi.


Imom Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih” hadislar toʻplami hadis tadvinining birinchi davridan Imom Buxoriy davrigacha yozilgan Sunan kitoblari silsilasining bir davomchi halqasi hisoblanadi. Bu halqa oldingilarini toʻldirib kamoliga yetkazdi. Imom Buxoriy oʻzidan oldingi imomlarning tasnif etgan asarlaridan istifoda qildi, ularni tahlil qilib oʻrgandi.

Imom Dehlaviy Imom Buxoriydan oldingi muhaddislar tasnif etgan hadis toʻplamlari va tasnif yoʻnalishi borasida shunday deydi: “Muhaddislar hadis ilmida yozgan ilk asarlarni quyidagi toʻrt fan(yoʻnalish)ga ajratdi: Imom Molikning “Muvatto” va Sufyonning “Jomeʼ” asarlari kabi Sunna – fiqhiy asarlar. “Kitab Ibn Jurayj” kabi tafsir faniga oid asarlar. “Kitab Muhammad ibn Ishoq” kabi Siyrat faniga oid asarlar. “Kitab Ibn Muborak” kabi Zuhd va Riqoq faniga oid asarlar [9:25,11:78].

Imom Buxoriy bu toʻrt yoʻnalishni jamlab oldingi va oʻz zamonasining olimlari sahih deb hukm qilganini oʻz kitobiga jamlashni iroda qilgan. Shuningdek, unda marfuʼ, musnad va boshqa hadislarni jamlagan. Shuning uchun u hadislar toʻplami kitobini “Al-Jomeʼ as-sahih al-musnad” deb nomlagan.
II/VIII‑III/IX asrlarda sunna yoʻnalishida taʼlif va tasnif ishi oʻta darajada faollashib ketib, hatto oʻnlab, balki yuzlab Sunna kitoblari yozildi. Bu asarlarning koʻpligidan ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: Sunan asarlar, Musannafot asarlar, Jomeʼ asarlar, Musnad asarlar, Tafsir asarlar, Gʻazot va siyrat asarlar va maxsus boblarda keltirilgan alohida juzlar.

“Sunan” janridagi kitoblar: “Paygʻambar (S.A.V.)ning ibodatlarda tutgan yoʻllari” uslubiga koʻra tasnif etilgan hadis toʻplamlari. Bu uslubda yozilgan hadis toʻplamida hadislar fiqhiy tartibga koʻra boblarga ajratilib, maʼlum mazhab ahkomlarini dalillovchi hadislar ifoda etilgan. Bu uslubda tasnif etilgan hadis toʻplamlari “Jomeʼ” uslubida yozilganidan farq qilib unda aqida, odob-axloq, tarix, siyrat va shunga oʻxshash masalalarga oid hadislarni uchratmaysiz. Unda faqat fiqhiy masalaga oid va ahkom hadislar bilan chegaralangan. Quyida Imom Buxoriy asrigacha boʻlgan eng muhim va mashhur Sunanlar toʻgʻrisida maʼlumot keltiriladi:


Abul Valid Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj Rumiy (vaf. 768/151)ning Sunani. Bu haqda Muhammad ibn Jaʼfar Kattoniy (vaf. 1345) “Ar-Risala al-Mustatrafa” kitobida aytib oʻtgan [3:22,15:169].
Saʼid ibn Mansur (vaf. 227/842)ning “Sunan” hadislar toʻplami kitobi. Bu asar Shayx Habibur Rahmon Aʼzamiy tahqiqi bilan ikki jildda nashr qilingan, lekin toʻliq emas. Unda 2978 hadis boʻlib, ular Faroiz kitobi bilan boshlangan, soʻng nikoh va unga bogʻliq masalalar, taloq, jihod bilan davom etgan. Bu asar nashr qilingan [6:79,16:5].
Muhammad ibn Sabboh (vaf. 227/842)ning “Sunan” hadislar toʻplami kitobi. Bu haqda Kattoniy “Ar-Risala al-Mustatrafa” kitobida aytib oʻtgan [3:23,9:25].
Imom Dorimiy (vaf. 255/840)ning “Sunan” hadislar toʻplami kitobi. Bu kitobning isnodi oliy boʻlib, Uchlik (Sulosiyot) hadislari Buxoriynikidan koʻpligi aytilgan. U Buxoriyning shayxlaridan. Bu kitob ikki jildda nashr qilgan. Hofiz Aloiy u haqda shunday deydi: “Dorimiyning kitobi Ibn Mojaning Sunanining oʻrniga beshtaning oltinchisi boʻlishi lozim edi. Chunki unda mursal va mavquf hadislar mavjud boʻlsa-da, zaif roviylar kam va munkar shozz*[1] hadislar juda oz berilgan. Mana shu sababdan bu kitobdan ustundir” [8:100].Hofiz ibn Hajar aytadi: “Agar beshtaning ichiga kiritilganda ham Ibn Mojanikidan yaxshi edi. Chunki uning sunani unikidan koʻp tomonlama ustun” [3:24].

“Musannafot” va “Jomeʼ” janridagi kitoblar: Bular fiqhiy boblarga koʻra tartib berilgan kitoblar boʻlib, oʻziga Sunan va unga taalluqli hadislarni qamrab olgan. Ular juda koʻp boʻlib, ularning eng mashhur va muhimlari keltirib oʻtiladi: Hadis hofizlaridan biri Abu Aruba Muammar ibn Roshid Azdiy (vaf. 153/770)ning “Jomeʼ” hadislar toʻplami kitobi [15:190]. Bu asarning qoʻlyozma nusxasi Fayzullo va Anqara kutubxonasida saqlanadi. Uni Turkiyalik Olim Fuad Sezgin tahqiq qilib nashrga tayyorlagan.


Mujtahid imomlardan sanalgan Sufyon Savriy (vaf. 161/778)ning “Jomeʼ” hadislar toʻplami kitobi. Bu haqda Imom Buxoriy “Tarixul Kabir” asarida, Ibn Hajar Asqaloniy “Tahzibt tazhib” asarida zikr qilgan [6:111].
Hammod ibn Salma (vaf. 167/784)ning “Musannaf” hadislar toʻplami kitobi. Hadis hofizi Hammoddan Muslim va barcha sunan sohiblari hadis rivoyat qilgan.
Muhammad ibn Hasan Shayboniy (vaf. 189/805)ning qalamiga mansub “al-Osor” hadislar toʻplami kitobi. Bu kitob fiqhiy masalalar boʻyicha 628ta marfuʼ, mavquf va mursal hadislarni qamrab olgan. Ustoz Abul Vafo Afgʻoniy izohi bilan ikki jildda nashr qilgan. Hofiz ibn Hajar bu asar roviylarining tarjimasi haqida kichkinagina juz ajratgan va uni “Al-Iysor li maʼrifat ruvotil osor” deb nomlangan va bu asar ham nashr qilingan [1:14,32].
Vakiʼ ibn Jarroh (vaf. 197/813) “Musannaf” hadislar toʻplami kitobi. Imom va Hadis hofizlaridan Sufyon ibn Uyayna (vaf. 198/814)ning “Jomeʼ” hadislar toʻplami kitobi. Bu haqda Hofiz Abu Bakr Ahmad ibn Ali Xatib Bagʻdodiy va boshqalar oʻz asarlarida zikr qilgan [2:174].
Abdurazzoq ibn Hammom Sanʼoniy (vaf. 211/826)ning “Musannaf” hadislar toʻplami kitobi. Habiburrahmon Aʼzamiy tahqiqi bilan oʻn bir jildda chop etilgan. 21033ta asar (hadis)dan iborat bu kitob Salaf olimlarning asarlari va tobeinlarning fiqhini qamrab olgan manbalarning eng sarasi deb tan olinadi. “Fathul Boriy” va “Tagʻliqut taʼliq” asarida yozilishicha Imom Buxoriy bu asardan oʻzi keltirgan hadislarda koʻp istifoda qilgan
Yüklə 14,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin