Mavzu: Hujjatlarni tahrir qilish I. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad – takrorlashga doir topshiriqlar berish. b) Tarbiyaviy maqsad – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash v) Rivojlantiruvchi maqsad – Kompyuter savodxonligini o’stirish II. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, kalkulyator III. Darsning usuli: Noan’anaviy IV. Darsning borishi: 1) Tashkiliy qism a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash v) Darsga tayyorgarlikni aniqlash 2) Asosiy qism : Qo'lda yoki yozuv mashinkasida yozilgan matnga tuzatish kiritish mushkul. Aksariyat hollarda tuzatish kiritilgan matn qaytadan oqqa ko'chiriladi. Matn muharrirlari va matn protsessorlari esa matnlarga ixtiyoriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Matnli hujjatga tuzatishlar kiritish hujjatni tahrir qilish deyiladi. Masalan, hujjatni tahrir qilish jarayonida biror belgi o'chiriladi, almashtiriladi yoki joylashtiriladi, matnni таЛит qismi o'chiriladi, nusxasi ko'chiriladi yoki joyi almashtiriladi.
MATNGA YANGI BELGI QO'SHISH Matn yozilganda xatoliklarga yo'l qo'yilgan bo'lishi mumkin. Yozish jarayonida tez-tez fikr o'zgarib turishi mumkin. Bu holda umuman bexato yozilgan matnga ham qo'shimchalar va tuzatishlar kiritiladi.
Matnni tahrir qilishda eng ko'p bajariladigan ishlardan bin bu ortiqcha belgini o'chirish yoki tushib qolgan belgini oraga joylashtirishdir.
Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi:
Yurgich matnning kerakli belgilar kiritilishi lozim bo'lgan joyiga o'rnatiladi.
Kerakli belgilar klaviaturada teriladi.
MATN QISMINI BELGILASH Matnda belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda, blok qora fonda oq belgi ko'rinishida (masalan, ) tasvirlanadi. Blok ustida turli amallar
(o'chirish, nusxalash, ko'chirib o'tkazish, formatlash va boshqalar)ni bajarish mumkin.
Matnda blok ajratish klaviatura yoki sichqoncha yordamida amalga oshi-rilishi mumkin. Klaviatura yordamida blok ajratish uchun yurgich kerakli qismning (belgi, so'z, satr yoki abzas, sahifa) birinchi belgisi oldiga joylashtiriladi. So'ng Shiftklavishini bosib turgan holda \^\ yoki _l_ yo'nalish klavishi kerakli matn qismi belgilanguncha bosib turiladi. Hujjatni to'liq ajratish uchun | Ctrl [ klavishini bosib turgan holda [A] lotin harfi ham bosiladi.
Sichqoncha yordamida blok ajratish ko'p usulda amalga oshiriladi. Masalan:
yurgichni belgilanishi kerak bo'lgan qism oldiga joylashtirib sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirish;
so'zni belgilash uchun yurgichni so'z ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish;