Mavzu: Husnihatga o’rgatish metodining shakilalnish tarixi
Reja
Husnixatning paydo bo’lishi haqida tushuncha
Husnixatning jamiyat tarixida tutgan o’rni
Qadimgi ilk Husnixat turlari.
Jamiyat,inson o'zining uzoq yillik tarixi davomida kitob (Husnixat)dan yaxshiroq do'st va mehribon uztozni uchratmadi. U insonga kamolot yo’lini ko'rsatdi va hamma vaqt og'irini yengil qilib keldi. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, agar Husnixat bo'lmaganida inson kitobday bebaho do'stga ega bo'1magan bo'lur edi.
Husnixat qachon paydo bo'lgan? U qanday davrlarni boshidan kechirib, hozirgi mavqega erishgan? Bu savollarga javob topish uchun insoniyat tarixiga nazar tashlash, uning aqliy yuksalish bosqichlarini birma-bir ko'zdan kechirmoq lozim.Inson avval gapirishni o'rgandi, so'ngra unga o'z tajribalarini kelgusi avlodlarga yetkazish istagi shakllandi va u qo'liga qalam (avval bu vazifani oddiy tosh bajargan) oldi.
Husnixat kishilarning o'zaro aloqa qilishida, fikr almashishida muhim vositadir. Husnixatning paydo bo'lishi, aloqaninq maxsus vositasi sifatida xizmat qilishi katta ahamlyatga ega bo'ldi. Husnixat tufayli kishilik tajribasi avloddan-avlodga yetkaziImoqda. Faqat Husnixat borligi uchungina biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o'rganib, uni hozirgi til bilan qiyoslaymiz. Husnixat miloddan oldingi I - ming yilliklarda paydo bo'lgan. Lekin shunga qaramay ba`zi tillarning Husnixati hozirgacha yo'q. Masalan, Amerika qit`asidagi mahalliy aholining ayrimlari o'z Husnixatiga ega emas.
Husnixatni o'rganishning boshlang'ich davrlarida xotirada saqlab qolish vositasi sifatida tabiat predmetlaridan foydalanilgan. Masalan, slavyan qabilalarida mehmonni non va tuz bilan kutib olish do'stlik va hurmat belgisi hisoblangan. Shunday holatni o'zimizning afsonalarimizda ham uchratish mumkin. Masalan, ba`zi afsonalarda asosiy qahramon yovuz kuchlar ta`qibiga uchrab qochadi va ulardan qutulish uchun turli xil predmetlardan foydalanadi. Masalan, qayroqtosh, oyna va taroq. Agar asar qahramoni orqasiga oynani tashlasa katta dengiz paydo bo'ladi, agar taroqni tashlasa kishi o'tmas o'rmon hosil bo'ladi, agar toshni tashlasa baland cho'qqili tog' paydo bo'ladi, yovuz kuchlar bu to'siqlardan o'tolmaydilar.
Neolit davriga kelib odamlar ba`zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga yetkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday Husnixat frazeografiya deb nom olgan. Frazeografiya degani - fraza gap, grafiya - yozaman, ya`ni gap yozaman ma`nosini bildiradi. Frazeografiya Husnixati ikki turga bo'linadi: a) aks (tasvir) Husnixati; b) qadimgi shartli alomatlar. Aks (tasvir) Husnixatini piktografiya (piktus - tasvir, grafiya - yozaman) deb ataganlar. Husnixatning bu turi (aks-tasvir) mukammal bo'lmadi, birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibini ko'rsata olmaydi va bu bir maktubni bir necha xil o'qishga, talqin qilishga olib keladi, ikkinchidan, bu Husnixatda mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo'q edi.
Qadimgi shartli alomatlar (mukammallashgan)sirasiga avlod va qabila nishonlari, avlod, qabila va shaxs mulki alomatlari (mas. tamg'a, dog'), ustalar muhri va boshqalar kiradi. Bu nishon va alomatlar uy hayvonlari, qurol-aslaha, sapoldan yasalgan idishlar va hatto asirlar (qullar) ga qo'yilardi. Bu qadimgi shartli belgi va alomatlarni hozir ham ba`zi bir taraqqiyotdan orqada qolgan xalqlar (mas: Amerika hindulari, Uzoq Shimol, Afrika, Avstraliya xalqlari) ishlatishadi. Taraqqiyot bilan baravar qadam tashlayotgan xalqlar ham bu belgi va alomatlarga murojaat qilishadi. Masalan, pogonlar, oliy maktab, gerb va bayroqdagi nishon xaritalardagi belgilar shunga kiradi.
Til va Husnixatning o’zaro munosabati.
Husnixat ijtimoiy talablar asosida jamiyatning muayyan taraqqiyoti davrida paydo bo'lgan va uning rivojlanishi bilan boq'liq ravishda mukammallasha borgan. Husnixat bilan til o'zaro uzviy aloqadordir. Shuning uchun ham til bilan Husnixat o'rtasida umumiy tomonlar mavjud. Husnixat ko'p hollarda tilning o'rnini bosadi. Ba`zi hollarda esa tilda bo'lmagan imkoniyatlar Husnixat orqali yuzaga chiqadi. Masalan, Husnixat tufayli kishilar uzoq masofadan turib bir-birlari bilan aloqa bog'lashlari mumkin. Biroq Husnixatning tilga nisbatan o'ziga xos kamchiliklari ham mavjud:
a) Tilning to'liq aksi emas, balki Husnixatdagi shartli va sun`iy aks beriladi;
b) Husnixatning xizmat doirasi chegaralangan;
d) Husnixat orqali ish ko'rilganda vaqtdan yutqaziladi;
g) Tegishli sharoit bo'lmaganda o'zining ahamiyatini yo'qotadi. Husnixat tilga nisbatan kam o'zgaradi, ikkinchi tomondan ijtimoiy-siyosiy, jamiyat talabiga muvofiq butunlay o'zgarishi ham mumkin.
Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning jamiyat bo'lishida asosiy rol o'ynagan. Tilsiz jamiyat bo'lishi mumkin emas, Husnixatsiz jamiyat mavjud bo'lgan.
Husnixatning asosiy xususiyatlari'dan biri uning grafik belgi bo'lib xizmat qila olishidir. Nutq ham Husnixat ham bir maqsadga xizmat qiladi, ya’ni odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda madaniy-adabiy tajribalarni keyingi avlodlarga yetkazishdir.
Nutq ham til va Husnixat kabi 2 xil ko'rinishga ega.
1. Og'zaki nutq
2. Yozma nutq.
Og'zaki nutq - tilning tabiiy ko'rinishidir.
Yozma nutq - tabiiy nutqning Husnixatdagi ifodasidir. Yozma nutqda kishilar o'z fikrlarini turli shartli belgilar tizimi vositasida ifodalaydi.
Qadimgi ilk Husnixat turlari.
Jamiyat taraqqiyotida frazeografiya Husnixati asta-sekin mukammallashib bordi va natijada logografiya Husnixati paydo bo'ldi. Ba`zi olimlar bu Husnixat turini ideogramma ham deyishadi, chunki bunday Husnixatdagi simvollar faqat bizni o'rab turgan muhitdagi narsa-predmetlarni aks ettirib qolmay, tildagi so'zlarni ham aks ettiradi.
Logografiya (logos -so'z, grafiya -yozaman) Husnixatdagi har bir alomat (logogrammalar) bir so'zni bildirar edi. Bu Husnixatda alomatlar iniqdori so'zlar miqdoriga, aniqrog'i mustaqil fe`l (xabar)ning semantik vohidlariga tengdir.
Logografik Husnixatning piktografik Husnixatdan afzalligi quyidagilardan iborat:
a) Logografik Husnixat xabar qilinishi lozim bo'igan mazmunni ancha mufassal aks ettira oladi.
b) Piktografik Husnixatda so'z tartibi va so'z shakllari noaniqroq, logografik Husnixatda esa aniq bo'ladi.
v) Piktografik Husnixat sub`yektivlikka, ixtiyoriylikka yo'l qo'yadi.
Logografik Husnixatning birinchi mukammallashqan shakli iyeroglifik Husnixatdir. "Iyeroglifik” so'zi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "muqaddas Husnixat" degan ma`noni anglatadi.
Bu Husnixatdan dastavval Arabistonda keng foydalanilgan. Keyinchalik Xitoy davlati ham shu Husnixatga o'tadi va bu Husnixatdan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
I - II asrlarda Stoy Shenm Xi iyerogliflarining katalogini tuzib, bunga 10,5 ming iyeroglifni kiritadi. Xitoy tilining to'liq lug'atlarida 40 ming iyerogliflar qayd qilingan.
Husnixatning ommaviylashuvi uchun uni, aibatta, osonlashtirish, soddalash va qulaylashtirish zarur edi. Masalan, "ko'z yoshi" so'zini yozib ko'rsatish uchun "ko'z" va "suv" ning kombinatsiyasi ko'rsatilgan. Lekin bunday soddalashtirish unumsiz edi.
Husnixat tarixining uchinchi bosqichiga orfemografiya Husnixatlari kiradi. Bora-bora logogrammalar so'z asosi (morfemalar) ni bildiradigan bo'ldi (mas: kelishik qo'shimchalari) va natijada morfemografiya Husnixatlari keng tarqaldi.
To'rtinchi tur Husnixatlar, bu sillabografiya (bo'g'in) Husnixatlaridir. Bunda har bir alomat bir bo’g'inni ifodalaydi. Bu Husnixat turi milodgacha bo'lgan 2-1 ming yilliklarda paydo bo'lgan. Bu Husnixatni uch guruhga bo'ladilar; birinchi guruhga - mayya, mexiy va koreya Husnixatlari kiradi. Bularda alomatlar har xil bo'g'inlar - alohida unlilar, undosh va unli ovozlarni ifodalaydi. Ikkinchi guruhga krit, kipr, xabash va yapon Husnixatlari mansubdir. Uchinchi guruhga hind xatlari kiradi.
4. Fonografik (ovoz-tovush)Husnixat.
Husnixat taraqqiyotining beshinchi bosqichiga ovoz-fonemani bildiruvchi Husnixatlar kiradi. Bularni umumlashtirib fonografiya (fonos-ovoz», grafiya- yozaman) deb nomladilar. Bu Husnixatlarning har bir alomati bir ovoz yoki fonemani bildiradi (finik, yunon, lotin, rus va arab Husnixatlari shular jumlasidandir).
Fonografiya Husnixatlarini ikki qismga bo'ladilar:
a) konsonant Husnixatlari;
b) vokal Husnixatlari.
Konsonant Husnixatlariga finik, ugarit, ibron, orom, arab va boshqa Husnixatlar mansub bo'lib, ularda har bir asosiy alomat (harf) faqat undosh ovozlarni ifodalaydi. Vokal Husnixatlarida har bir asosiy alomat (harf) unli va undosh ovozni bildiradi.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to'rtdan uch qismi harf-tovush Husnixatidan foydalanadi. Lotin Husnixati asosida aholining 30 %, slavyan-kirill Husnixatidan 10%, arab Husnixatidan 10%, hind Husnixatidan 20% aholi, foydalanadi.
Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar eng qadimdan boshlab o'z Husnixat madaniyatiga ega bo'lgan. Ular harf-tovush Husnixatining eng qadimgi shakllari bo'lmish so'g'd va xorazmiy Husnixatlaridan foydalanganlar. Bu Husnixatlar esa oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek harf - tovush (fonografik) Husnixati alfavitni vujudga keltirdi. Shundan kelib chiqib, tarixiy qabul qilingan tartibda berilgan harflar yig'indisiga alfavit deb nom berganlar.
Husnixat tarixiga nazar tashlasak ko'ramizki, alfavit yaratish uchun juda ko'p xalqlar ayniqsa, O'rta dengiz sharqi atrofida umrguzaronlik qilgan xalqlar ko’p izlanganlar. Shu soha tadqiqotchilarining ta`kidlashlaricha-harf-tovush Husnixatining kelib chiqishi Misr, Gretsiya va Finikiyaning uzoq o'tmishiga borib taqaladi. Hozircha harf-tovush Husnixatining kashfiyotchilari bizga ma'lum emas. Ammo ular mashhur fransuz olimi A.Meyening so'zi bilan aytganda "buyuk lingvistlar" bo'lganlar.
Alfavit.Alfavit aslida alifbo so’zidan ya`ni alif va bo (arab tilidagi) harflaridan olingan. Al’favit - biror tilning Husnixatga qabul qilingan va ma`lum an`anaviy tartib berilgan Husnixat belgilari majmui. Alfavit miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida qadimgi Ugarit va finikiy Husnixati tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr Husnixatlari sanoq tizimi mavjud bo'lgan deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy Husnixatlari bo'lgan.
Ammo, bu o'ziga xos turkiy Husnixatlar alfaviti haqida ma'lumot uchramaydi. Hozirgi harfiy va bo'g'in alfaviti finikiy, oromiy, yunon alfavitidan kelib chiqqan.
Husnixat ehtiyoj tufayli paydo bo‘ldi. Boshlanғich davrlarda xotirada saqlab qolish vositasi tabiat predmetlari bo‘lgan. Predmetlar simvolikasi shunday vazifani bajargan. Mas., qarama-qarshi qabila vakillarining navbatma-navbat trubka chekishi tinchlik simvoli bo‘lgan. Slovyan qabilalarida ilgari va hozir ham mehmonni non va tuz bilan kutib olish do‘stlik va hurmat belgisidir.
Husnixat jamiyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta rol’ o‘ynaydi. Husnixatning xabar etkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi - dunyoning turli nuqtasida paydo bo‘lgan yirik siyosiy, ilmiy, texnikaviy va adabiy voqealar barcha xalqlarning mulkiga aylandi.
Agar Husnixat bo‘lmaganida, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat namunalari bizgacha etib kelmagan bo‘lar edi. Xullas, harf Husnixati asosida paydo bo‘lgan ilmiy simvolika tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishda, fikrlash, o‘ylash va isbotlashning yanada yuqori darajaga ko‘tarilishida muhim rol’ o‘ynadi va o‘ynamoqda.
Tildagi uzoq yillar mobaynida yuz bergan fonetik, grammatik yaruslardagi o‘zgarishlardan faqat Husnixat tufayligina xabardormiz. Faqat Husnixatgini til evolyutsiyasi to‘ғrisidagi tasavvurimizni jonlantira olishi mumkin.
Agar Husnixat bo‘lmaganda, Mahmud Qoshғariy, YUsuf xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Lutfiy, Alisher Navoiy singari buyuk siymolarning donishmandona fikrlaridan bahramand bo‘la olmas edik.
Husnixatning yutuғi: tilda bo‘lmagan imkoniyatlar Husnixatda yuzaga chiqadi. Ammo u tilning to‘liq aksi emas, balki shartli va sun`iy aksidir.
Husnixat tilga nisbatan kam o‘zgarib, uning vazifasi ham bir muncha chegaralangandir. Jamiyatning kelgusi taraqqiyotida radio va televizion, internet aloqa vositalari kabi Husnixatdan ustunroq bo‘lgan yangi vositalar ham yuzaga kelishi mumkin.
Husnixat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay, balki ma`lum bir ehtiyoj va zarurat asosida fikrni uzoq masofaga etkazish yoki keyingi avlodlarga qoldirish talabi bilan yaratilgan. Uning o‘ziga xos xarakterli belgilari bor
1. Husnixat mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‘lolmaydi, yordamchi vosita hisoblanadi.
2. Nutqni uzoq masofaga etkazish va keyingi davrlarga qoldirish uchun xizmat qiladi. Grafik belgilar Husnixatning asosiy qurolidir.
Demak, Husnixat ko‘z bilan ko‘radigan va kishilar o‘rtasida o‘ziga xos aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi bo‘lib, uning jamiyatda o‘ziga xos katta o‘rni va xizmati bor, ya`ni Husnixat ma`lum bir masofa bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda, yozma adabiyotlarni va yozma adabiy tilni yuzaga keltirishda, ma`lum bir davrda yaratilgan madaniy- adabiy yodgorliklarni keyingi davrlarga etkazib berishda nihoyat darajada muhim rol’ o‘ynaydi.
Olimlar Husnixatning paydo bo‘lishi va ahamiyati to‘ғrisida maxsus asarlar yozishgan. Masalan, Abu Nasr Forobiy Aristotelning «Ritorika» asariga yozgan sharhida Husnixat tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini topgan. U tilshunoslikning mundarijasini olti bo‘limdan iborat deb belgilaydi va beshinchisi «Husnixat qonunlari va to‘ғri talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan» ekanligini ta`kidladi. Bundan tashqari olim «Kitob fi sanoat al-kitoba» («Husnixat san`ati haqida kitob»), nomli asar yozgan.
Abu Rayhon Beruniy tilshunoslikning ko‘p masalalari qatorida Husnixatning ahamiyati haqida ham atroflicha fikr yuritadi. U til va Husnixatning munosabati haqida shunday yozadi: «Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol kabi yoyiluvchi bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafaslar singari o‘tuvchi xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonning xabarini, ayniqsa, uzoq zamonlar o‘tganda hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar edi?» Beruniy ayrim mutaassib kishilar arab Husnixatini Alloh tomonidan yuborilgan, deb ilohiy tus berayotgan bir paytda, har qanday Husnixat kabi bu Husnixat ham insoniyatning kashfiyoti ekanligini e`tirof etadi. Lekin bu Husnixatda ancha noqisliklar bor ekanligi, shuning uchun ham grek, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni to‘ғri ifodalash qiyin, shu tufayli ko‘p nomlar ғaliz berilishini bayon qiladi. Olimning aytishicha, arab Husnixatida «katta baxtsizliklar» bor. Unli fonemalarning ifodalanmasligi, ko‘p harflarning bir-biriga o‘xshashligi va ularning ayrim nuqtalar orqaligina farqlanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi.
V. Gumbol’dt shundan keyingi davrlarda «Harf Husnixati va uning til qurilishi bilan aloqasi haqida»(1824) kabi asarlar yozgan.
Dostları ilə paylaş: |