Mavzu: Inflatsiya va Inflatsiyaga qarshi siyosat. Bajardi: Abdullayev Ixtiyorjon Asatillayevich



Yüklə 177,9 Kb.
səhifə1/2
tarix18.09.2023
ölçüsü177,9 Kb.
#145138
  1   2
Abdullayev Ixtiyorjon Asatillayevich


makroiqtisodiyot fanidan


mustaqil ish

Mavzu:
Inflatsiya va Inflatsiyaga qarshi siyosat.

Bajardi:Abdullayev Ixtiyorjon Asatillayevich

Guruh: 3-kurs 15-guruh
Tekshirdi: Shaymanov J

navoiy 2023


Mavzu: Inflatsiya va Inflatsiyaga qarshi siyosat

Reja:
1.Infilatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari.
2. Infilatsiyaga qarshi siyosat.
3. Infilatsiya jarayonlari tahlili.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish:
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.


Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda.
Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda o’rtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, bo’rtish, ko’tarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo’jalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog’oz pullar miqdorining ko’payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan ta’minlanmagan pullarning paydo bo’lishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining ko’tarilishi ko’rinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning to’lov qobiliyatiga ega talab o’sishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko’payib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qo’shimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining ko’plab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning o’sishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, so’ngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga ko’ra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra ko’paytmasi bo’lib, bu tovar massasi (T)ga, ya’ni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra ko’paytmasiga teng bo’lishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil bo’ladi. Agar pul ko’payib ketsa M>T, ya’ni pulning bir qismi ortiqcha bo’ladi. Agar pul miqdori o’zgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa T

Global inflatsiya sur’ati



Oltin va kumush muomalada bo’lgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur bo’lganidan ortiq bo’lsa, ortiqcha pul xazina sifatida to’planadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar ko’payib pulga ehtiyoj bo’lganda ular jamg’armadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qog’oz pullar boylik vazifasini o’tay olmaydi va ularning ortiqchaligi I.ga sabab bo’ladi. Shu sababli pul jamg’armalarini ko’chmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yo’li bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. G’arb ilmiy manbalarida yillik I. sur’ati 10% gacha bo’lganda qisman (mo’tadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. sur’ati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
I.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis o’sishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yo’qotmaydi. Iqtisodiyot bozor o’zgarishlariga o’z aks ta’sirini ko’rsataveradi va turli bozorlar muvozanat yo’nalishiga o’zi moslashadi.
Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha bo’lib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi ma’muriy nazorat o’rngaadi. Yashirin I. bozorning o’z-o’zini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori bo’lgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yo’qqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa I.ning bu turlari bozorning o’zi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) o’zgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning o’sishi firmalarning foyda olib ishla-shini ta’minlaydi.
I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini ta’minlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qog’ozlar bozoriga tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Masalan, I. sur’atlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning o’sish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks O’zbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-yil) narxi o’zgarishlarini hisobga oladi.
Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’sirining statistik tahlili. 
Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz natijasida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma’nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. 
Inflyatsiya– bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o`sishidir3. 
Inflyatsiya– bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo`jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdordato`libketishi4. 
Inflyatsiya– bu iqtisodiy tizimda narx o`sishining barqaror tendentsiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa5. 

Ist'emol narxlari indeksi dinamikasi

Inflyatsiya– bu: 


muomalada mavjud bo`lgan naqd qog`oz pullar yoki naqd bo`lmagan pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko`payib ketishi; 
pullarning xarid qobiliyatining pasayishi; 
uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o`sishi6. 
Bu ta’riflardan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yo`l qo`yilib, uning mazmunini to`la va yyetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflyatsiyani to`g`ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir. 
Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog`oz pullargagina xos bo`lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi: 
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo`llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o`zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko`proq oltin pul kerak bo`ladi. Demak, buholatdatovarlarnarxioshib, oltinpulningqadrsizlanishiro`yberadi; 
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo`lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog`laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og`irligini o`zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o`z qadrini yo`qotishini keltirib chiqargan. 
Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo`lgan chog`da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro`y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo`lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko`payib, muomala vositasini bajarish uchun pul etishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg`arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o`zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi. 
Real qiymatga ega bo`lmagan qog`oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog`oz pullarni jamg`arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo`lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog`oz pullarning ko`payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o`sishini tezlashtiradi. 
Inflyatsiya bozor xo`jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug`diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o`zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog`liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o`sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum muddat o`tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yyerda qog`oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishi gap uning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o`zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pulmiqdori o`zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Manashu omillar yana bir-bor inflyatsiya – tovarlar narxining o`sishidir degan ta’rifning to`liq va yetarli emasligini ko`rsatadi. Qog`oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 
1) oltinganisbatan – bu oltinning qog`oz pullarda bozor narxining oshishida o`z ifodasini topadi; 
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o`z ifodasini topadi; 
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o`z ifodasini topadi. 
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o`tilgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin. 
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz. 
1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin.

Bu inflatsiya turi iqtisodiyotda iste’molchilarning inflatsiya kutilishlari yoki pul massasining ko’payishi natijasida talabning keskin oshib ketishi sababli paydo bo’ladi. Talabning oshishi AD egri chizig’ini AD0 dan AD1 o’nga suradi. Bu


esa ishlab chiqarish hajmini, narxlarni va ish bilan bandligini oshiradi. AD egri chizig’i yana ham o’nga surilganda iqtisodiyot to’la bandlikka erishadi va bunda harxlar darajasi oshsada, ishlab chiqarish hajmi o’zgarmaydi.

Xulosa:
Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir.




Yüklə 177,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin