Mavzu: Inson organizmni zaharli moddalarni zaxarlanishini oldini olish



Yüklə 26,41 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü26,41 Kb.
#50187
  1   2

Mavzu: Inson organizmni zaharli moddalarni zaxarlanishini oldini olish.

Ko’pgina hollarda zaharli moddalar organizmga og`iz orqali tushadi. Ayrim yog`da eruvchi birikmalar (fenol, tsianidlar) og`iz bo’shlig`ining o’zidayoq qonga so’riladi. Oshqozon shirasining kislotaligi birga yaqin bo’lib, noionlashgan holdagi kislotalar oson so’riladi, noionlashgan asoslar , morfin, noksiron qondan oshqozonga tushadi va ionlashgan shaklda ichakka boradi. Oshqozondagi zaharli moddalar ovqat massalariga birikishi mumkin. Bu holda shilliq qavatlarning zaharlar bilan aloqasi qiyinlashadi. Bundan tashqari so’rilish tezligi shilliq qavatning qon aylanish tezligiga, oshqozon harakatiga va shira hosil qilishiga bog`liq. Zaharli moddalarning so’rilishi asosan ingichka ichakda boradi. Ayrim og`ir metallar ichak epiteliyasini zaharlaydi, shuning uchun ham so’rish jarayoni buziladi. Tabiiy birikmalarga yaqin bo’lgan kimyoviy birikmalar ingichka ichak shilliq qavatida pinotsitoz (aktiv transport) yo’li bilan so’riladi. Ayrim birikmalar, misol uchun gemoliyik zahar (uksus ejeisiyasi) oshqozon devorlari kapillyarlarida eritrotsitlarni parchalab. Mahalliy reaksiyalar, ya`ni trombogemorgagik sindromlar sababli bo’ladi. Og`iz orqali zaharlanishda oshqozon ichak yo’lida zaharli moddalarning ushlanib qolishi zaharli moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va oshqozonichakning funktsional holatiga bog`liq bo’lib, oshqozon-ichak yo’llarini yaxshilab yuvishni talab qiladi. 6 Zaharli moddalarning nafas olish tizimi orqali so’rilishi organizmga juda tezlik bilan boradi. Bu tezlik o’pka alveolalarining yuzasi juda kengligi tufayli (100-150m2 ) dir. Alveola membranasi juda yupqaligi, o’tkir kapillyarlarda qon oqimining tezligi va zaharlarning ushlab qolinishi sharoitining yo’qligi sabab bo’ladi. Uchuvchi birikmalarning so’rilishi yuqori nafas yo’llarida boshlanishida, o’pkada to’liq so’riladi. Ko’pchilik uchuvchi noelektrolitlar, uglevodlar, spirtlar,efirlar oddiy qonunga asosan gradient kontsentratsiya kamaygan yo’nalishda so’riladi. Zaharlarning organizmga tushish tezligi zaharning fizikkimyoviy xususiyatlariga bog`liq bo’lib, organizmning fiziologik holati kam ahamiyatga ega. Ayrim bug` va gazlar (vodorod xlorid, vodorod ftorid, oltingugurt gazlari, noorganik kislota gazlari) nafas olish yo’llarining o’zidayoq o’zgarishlarga uchraydi. Bundan tashqari ular alveolyar membranalarni shikastlashi tufayli transport vazifasini ishdan chiqaradi va zaharli o’pka shishishiga olib keladi. Ko’pchilik sanoat korxonalarida hosil bo’ladigan aerozollar (chang, tutun, tuman) zarrachalar yig`indisini hosil qiladi (ko’mir changi, silikat changi). Ular nafas yo’llarida tushib qoladi va tashqariga chiqariladi. Yuqori nafas yo’llarida 80-90% 10 mikrometrgacha bo’lgan chang zarrachalari ushlanib qolinadi, alveolalarga 1-2 mkm va undan yirik zarrachalarning 70-80% tushadi. O’pkaning o’z-o’zini zaharlardan tozalash jarayonida alveola makrafaglari va limfatik tizim katta rol o’ynaydi. Lekin metall aerozollari qon oqimiga yoki limfaga tezda so’rilishi oqibatida ular oqsillar bilan kompleks hosil qiladi va tana haroratini oshishi zaharlarning rezorbtiv ta`siri ekanligini ma`lum qiladi. Zaharli moddalarning teri orqali o’tish asosan sanoat sharoitida kuzatilib,epidermis orqali, soch follikulalari orqali va yog` bezlari chiqish yo’llari orqali bo’lishi. mumkin: Epidermisda turli yog`da eruvchi gaz va organik moddalarning ma`lum qismi ushlanib qolinadi. Ammo ikkinchi bosqichda bu birikmalar dermadan qonga o’tadi. Agar bu moddalar yuqori zaharli modda (aromatik nitratlangan va 7 xlorlangan uglevodlar, metallorganik moddalar) bo’lsa o’tkir teri orqali zaharlanishi alomatlari yuzaga chiqadi. Ko’pchilik metall tuzlari, asosan simob, talliy yog` kislotalari va teri yog`lari bilan birikib, ular epidermisning himoya qavatidan o’tadi. Terining mexanik jarohatlari (shilinishi, yaralar), termik va kimyoviy kuyishlar zaharli moddalarning organizmga tushishini tezlashtiradi. Zaharlovchi moddalar qo’llash usuliga, ularning fizik va kimyoviy zaharliologik xossalariga qarab ta`sir qiladi. Bu moddalarning ba`zilari nafas yo’llari orqali tushsa, ba`zilari boshqa yo’llar bilan organizmga tushadi. Zaharlovchi moddalar ko’pincha bug` va aerozol holida nafas yo’llariga tushadi. Havo yo’llariga tushgan zaharlovchi modda shilliq pardalarda to’xtab qolishi natijasida qisman o’pka alveolalari orqali qonga so’riladi. Agar o’pka alveolalari yoyib qo’yilsa, uning yuzasi taxminan 90—100 m2 yuzaga tarqaladi, shuning uchun u nafas orqali zararlanish klinikasida birinchi o’rinni egallaydi, ya`ni zararlanish klinikasi tezda rivojlanadi. Ba`zi bir zaharlovchi moddalar organizmga tushgach nafas yo’llari shilliq pardalariga va o’pka to’qimalaridagi intraretseptorlarga mahalliy ta`sir ko’rsatishi mumkin. Reflektor yo’l bilan ta`sir qilganda organizmga umumiy ta`sir qilishi kuzatiladi. SHuning uchun patologik reflekslar zaharlovchi moddalar ta`sirida o’pkada paydo bo’lishi mumkin. Zaharlovchi moddalar bilan nafas yo’llari orqali zararlanish ingalyatsion zararlanish deb ataladn. bu zararlanish juda ham havfli xisoblanadi. Nafas yo’llarini zaharlovchi moddalardan saqlash uchun himoyalovchi vositalardan — protivogazlardan foydalaniladi. Zaharlovchi moddalarning organizmga me`da-ichak yo’li orqali tushishi ham katta ahamiyatga ega. Nafas olinadigan havo bilan kirib. shilliq pardalarda ushlanib qolgan mayda zaharlovchi moddalar og`iz bo’shligiga tushganda so’lak bilan aralashadi va yutib yuboriladi. Me`da-ichak yo’li orqali zararlanish asosan bilmasdan zararlangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari iste`mol qilinganda yuzaga keladi. 8 Me`da-ichak yo’liga tushgan zaharlovchi moddalar asosan ichakda so’riladi. Lipidlarda yaxshi eriydigan zaharlovchi moddalar og`iz va me`da-shilliq pardasida ham yaxshi so’riladi. Ichak shilliq pardasidan qon tarkibiga lipidlarda yaxshi eriydigan va erimaydigan zaharlovchi moddalarning sust diffo’ziyalanishi yoki oddiy diffo’ziyalanish jarayoni tufayli so’rilishi kuzatiladi. Suvda yaxshi eriydigan zaharlovchi moddalar yo’g`on ichakda so’riladi. Me`da-ichak yo’lidan so’rilib o’tgan zaharlovchi moddalar qon va limfa tomirlariga tushadi va butun organizm va to’qimalarga tarqaladi. Zaharlovchi moddalar katta qon aylanish doirasiga tushishidan oldin jigarga keladi va bu erda ularning bir qismi jigarning mikrosomal fermentlari ta`sirida zararsizlantiriladi. Ichakdan qonga so’rilmagan zaharlovchi moddalar axlat bilan tashqariga chiqarib tashlanadi. Zaharlovchi moddalarning organizmga tushadigan yana bir eng muhim yo’li teri qavatidir. O’tishning uch yo’li ma`lum: epidermis orqali, jun follikulalari va yog` bezlarining chiqaruvchi yo’llari orqali. Lipidlarda yaxshi eriydigan zaharlovchi moddalar (fosfororganik zaharlovchi moddalar, iprit, lyuizit va boshqalar) teri orqali organizmga tezda so’rilish xususiyatiga ega. Odamning terisi qizarib, ancha terlab turgan holda zaharlovchi moddalarning so’rilishi ancha osonlashadi. Bundan tashqari, teri qavati orqali organizmga tushgan zaharlovchi moddalarning zaharli ta`sir ko’rsatishi uchun: zaharlovchi moddalarning qanchalik tez so’riluvchanligi, suvda eruvchanligi ham muhim o’rin tutadi. Teri orqali o’tgan zaharlovchi moddalar jigarga tushmasdan, katta qon aylanish doirasiga tushishi mumkin. Teri qavatlarini zaharlovchi moddalardan himoyalash uchun maxsus himoya vositalari qo’llaniladi.


Yüklə 26,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin