Mavzu: Investitsion baholash usullari



Yüklə 25,88 Kb.
tarix11.02.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#83875
2 5420204742791932503

Mavzu:Investitsion baholash usullari.


Reja

  • O’z o’zini qoplash davri (muddat).

  • Daromadning sof joriy qiymati.

  • Loyihalar daromadligining foiz stavkalari.

Baxolash amaliyotida investitsion loyihalar samaradorliini ko’rsatkichini qollashning hisob-kitob tartibi va o’ziga xosligining mohiyati shundaki, uni tinimsiz o’rganib turish kerak.Bu,tarifdan,investitsion loyiha sifatida yoki baholanayotgan mustaqil obyekt yoki xarajatga oid yondashuv bilan ajratilgan xuxusiylik elementlaridan bir sifatida mashina va asbob uskunalar intelektual mulk va boshqalarga asoslanadi. Investitsiya loyihalari xarajatlarini baholashning umumiy holati. Asosiy kapitalga investitsiya xarajatlari va sof aylanma kapital. Ishlab chiqarish va marketing xarajatlari tahlili. Investitsiya loyihalarini baholashning tarkibiy qismi sifatida xarajatlarni mukammal va ishonchli baholash. Xarajatlarni baholashga tayyorlash va uning bosqichlari. Loyihaning kelgusi hayotiyligini aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining bashoratlash. Marketing yoki muomala xarajatlar hamda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, ularing nisbatlari va muttanosibligi. Xarajat turlarining foyda mifqdorigi ta’sirini aniqlash. Inflyatsiya jarayonlarining investitsiya loyihalarini baholashga ta’siri. Inflyatsiyaning mohiyati va uning investitsiya loyihasiga ta’siri. Pul oqimlarini baholashda inflyatsiyani hisoblash.Uz kapitali samaradorligiga inflyatsiya ta’sirini hisoblash. Diskont stavkasini inflyatsiya ta’siri ostida o’zgarishi.
Har qanday investor yoki xo’alik yurituvchi subyektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko’paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.

  • Har qanday investor yoki xo’alik yurituvchi subyektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko’paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.

  • Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YuNIDO tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to’ldirib turadi.

Investitsion loyihalarni baholashda asosan to’rtta asosiy usuldan foydalaniladi:

  • Sof joriy qiymatni aniqlash metodi (Net Present Value, NPV;

  • Ichki daromadlilik normasini hisoblash metodi (Internal Rate of Return, IRR);

  • Investitsiyaning rentabelligini hisoblash metodi (Profitability Index, PI);

  • Qoplanish davrini hisoblash metodi (Payback Period, PP);

Sof joriy qiymat (Net Present Value, NPV)

  • Ushbu usul pul oqimlarini diskontlash tamoyiliga asoslanadi va prognoz davri uchun olingan dastlabki xarajatlar va naqd pul tushumlarini taqqoslash asosida investitsiya loyihalarini baholashga imkon beradi. Pul tushumlarining ma’lum davr mobaynida taqsimlanganligi sababli ular diskontlash koeffitsienti yordamida diskontlanadi.

  • Uni hisoblash formulasi quyidagicha:

  • Bu yerda, NPV – sof joriy qiymat, r – diskontlash stavkasi, I0 – boshlang’ich investitsiya, CF1, CF2, CFt – davr bo’yicha kelib tushgan pul oqimi.

Ichki daromadlilik normasini hisoblash metodi (Internal Rate of Return, IRR)

  • Bu pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont stavkasiga teng bo’lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo’lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo’gandagi diskont me’yoridir. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki daromadlilik normasi usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki normasi, qoplash yoki samaradorlik koeffitsienti, kapital qo’yilmalarning chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi.

  • Uni hisoblash formulasini quyidagi tenglamada ifodalash mumkin:

Investitsiyaning rentabelligini hisoblash metodi (Profitability Index, PI)

  • Diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:

  • Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so’m hisobida qanday hollarda o’sishini aniqlash imkonini beradi. Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko’rsatkichlari taqqoslama baholash shuni ko’rsatadiki, sof joriy qiymati o’sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o’sadi va aksincha. Agar rentabellik ko’rsatkichi “1”ga teng yoki undan kichik bo’lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo’shimcha foyda keltirmaydi. NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1 ga teng bo’ladi

Qoplanish davrini hisoblash metodi (Payback Period, PP)

  • investitsion qo’yilmalarni to’liq qoplanish muddatini anglatadi. Ushbu metod asosida investitsiyalarni baholash investorning asosiy maqsadiga investitsion loyihaning daromadliligi emas, balki boshqa sabablar (ijtimoiy, ekologik va boshqa), shuningdek loyihaning likvidliligi asosiy qiziqish uyg’otganda qo’llash o’rinlidir. Chunki ushbu metodda pul oqimlarining davriy qiymati hisobga olinmaydi. Ushbu metodda pul oqimlarining qaysi davrgacha boshlang’ich investitsiyani qoplashi asosiy kasb etadi. Misol uchun ma’lum X-loyihaga 100 mln. so’m investitsiya qilindi. Pul oqimlari 1-yilda 15 mln. so’m, 2-yilda 22 mln. so’m, 3-yilda 33 mln.so’m, 4-yilda 41 mln.so’m, 5-yilda 50 mln.so’mni tashkil qildi. Umumiy pul oqimlari 161 mln. so’mni tashkil etadi. Demak, loyiha 4-yil ichida o’zini to’liq qoplaydi. Yanada aniqroq hisoblaydigan bo’lsak:

Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini an’anaviy (oddiy) baholash usullarida ko’rib o’tdik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi.

  • Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini an’anaviy (oddiy) baholash usullarida ko’rib o’tdik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi.

  • Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni diskontlangan qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini diskontlashtirilgan investitsiyalarga bo’lish orqali amalga oshiriladi:

  • Bu yerda: I – boshlang’ich investitsiya, DCF – Diskontlangan yillik pul oqimlari summasi

Investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli (rentabellik darajasini aniqlash usuli – ARR yoki ROI)

  • bu ko’rsatkich buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi, soliq to’lagandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir, chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi.

  • U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Shuningdek, investitsion loyihalarni baholashda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati (Weighted average cost of capital – WACC) ham qo’llanilib, ushbu ko’rsatkich kompaniyaning moliyalashtirish manbalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasini anglatadi. Hisoblashda har bir moliyalashtirish manbasining umumiy qiymatdagi solishtirma og’irligini hisobga oladi. Ko'rsatkich har bir moliyalashitirish manbasining umumiy xarajatlar summasi bilan qoplanishi nisbiy darajasini xarakterlaydi va kapitalning o’rtacha og’irlik qiymatini anglatadi.
Shuningdek, investitsion loyihalarni baholashda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati (Weighted average cost of capital – WACC) ham qo’llanilib, ushbu ko’rsatkich kompaniyaning moliyalashtirish manbalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasini anglatadi. Hisoblashda har bir moliyalashtirish manbasining umumiy qiymatdagi solishtirma og’irligini hisobga oladi. Ko'rsatkich har bir moliyalashitirish manbasining umumiy xarajatlar summasi bilan qoplanishi nisbiy darajasini xarakterlaydi va kapitalning o’rtacha og’irlik qiymatini anglatadi.

  • Kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati quyidagi formula asosida hisoblanadi:

  • Bu yerda: C – WACC (% da), E – xusisiy kapital summasi, TC – umumiy kapital, c1 – xususiy kapital qiymati, D – qarz kapitali summasi, c2 – qarz kapitali qiymati, t – foyda solig’i stavkasi.

  • Loyihalarning jalb etuvchanligini baholash usullarining tavsifi. Investitsiya samaradorligini diskontlashning sof joriy qiymat usuli asosida baholash (NPV). Investitsiya samaradorligini diskontlashning foydaning ichki me’yori usuli asosida baholash (IRR). Investitsiya samaradorligini diskontlashning investitsiyalar rentabelligi usuli asosida baholash (RI). Investitsiya samaradorligini diskontlashning qoplash muddati usuli asosida baholash (DPP). Investitsiya loyihalarini baholashda guruhlar tahlili. Investitsiya loyihalari bo’yicha daromadlarni (tushumlarni) yillar bo’yicha bashorat qilish yo’llari. Investitsiyalar loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilishda muqobil loyihalarning samaradorligi taxlili. vazifalari va asosiy yo’nalishlari. Investitsiya qarorlarini qabul qilishning asosiy mezonlari. Loyihaning muddati va rejalashtirish gorizonti. Loyihada kompleks tahlilni o’tkazish bosqichlari. Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bo’lganda, loyihani tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq o’tkazilishi. Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan kelgusida investitsiyalarning umumiy boshlang’ich qiymatini oshiruvchi sof foydani hosil qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzoq muddatga qo’yilishi sifatida anikdanishi. Investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish uchun o’rganilayotgan ma’lumotlar majmuasi. Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli omillarni baholash. Investitsion qarorlar qabul qilishda investitsiya loyihalarini baholash, taxdil qilish, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan uslubiyotidan foydalanish. Loyiha ekspertizasida uni tadbiq etilishining asoslari. Loyihada kompleks taxdilni o’tkazish bosqichlari.

Testlar
1- Moliya moxiyat va uning funksiyalar nechta turga boʻlinadi?
A -2ta. B-3ta. C-4ta. D-5ta
2-Takror ishlab chiqarish Nechta turga boʻlinadi?
A-1ta. B-2ta. C-3ta. D- 4ta
3-Quyidagilardan qaysi biri moliya funkisyalariga kiradi
A-Taqsimlash. B-Istemol. C-Almashuv. D- Ishlab chiqarish
4- Moliya soʻzi arabchadan olganda qanday manoni anglatadi?
A-Pul mablagʻlari. B-Boylik. C-Mulk. D-Toʻgʻri javob yoʻq
5-Takror ishlab chiqarish turlariga qaysilar kiradi
A-ishlab chiqarish almashuv. B- Nazorat. C-Pul mablagʻlari D-Toʻgʻri javob yoʻq
Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin