Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni



Yüklə 32,17 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü32,17 Kb.
#132787
Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni


Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni
Reja

  1. CHO‘ZISH VA QO‘SHISH JARAYONLARI

  2. CHO‘ZISH JARAYONINING MAQSAD VA MOHIYATI

Cho‘zish jarayonida mahsulot bir yoki bir necha juftli cho‘zish asbobidan o‘tib ingichkalashadi, ya’ni mahsulot uzunlashadi va ko‘ndalang kesimi kichiklashadi. Boshqacha aytganda, tolalarning bir-biriga nisbatan siljishi natijasida mahsulot uzaysa, tolalar soni o‘zgarishi-kamayishi natijasida mahsulotning ko‘ndalang kesimi kichiklashadi. Cho‘zish natijasida tolalar bir-biriga nisbatan sirpanib harakatlanib, old va orqa uchlari to‘g‘rilanadi va parallellashadi. Yuqori darajada to‘g‘rilangan va tekislangan tolalar bir tekis, ravon va pishiq ip tayyorlash kafolatini ta’minlaydi. Cho‘zish jarayonining maqsadi tolali mahsulotni ingichkalashtirish va uni tashkil etuvchi tolalarni to‘g‘rilash hamda parallellashtirish. Cho‘zish jarayonining mohiyati cho‘zilayotgan mahsulot tolalarini bir-biriga nisbatan siljitib, ularni kattaroq uzunlikda taqsimlash. Cho‘zish jarayonini amalga oshirish uchun ikki va undan ortiq juftlikdan iborat cho‘zish asboblari ishlatiladi Mahsulotni qabul qiluvchi juftlik orqa cho‘zish juftligi, mahsulotni chiqaruvchi juftlik esa oldingi cho‘zish juftligi deb ataladi. Cho‘zish sodir bo‘lishi uchun ϑ2 >ϑ1 sharti bajarilishi kerak. Cho‘zish miqdorini aniqlash. Mahsulotning uzunligi cho‘zishdan keyin cho‘zish miqdori E ga teng marotaba uzunlashadi, ya’ni: l l E 2 1  Agar cho‘zish uchun sarflangan t vaqt davomida o‘tayotgan mahsulot uzunligi birinchi juftlikda l 1 = ϑ1 ·t va ikkinchi juftlikda l 2 = ϑ2 ·t ekanligini inobatga olsak, yuqoridagi tenglamadan: l l t t E 2 1 2 1 2 1 = = = ⋅ ⋅ ϑ ϑ ϑ ϑ tenglamasi hosil bo‘ladi. Demak, oldingi silindrning chiziqiy tezligi orqa silindrnikidan cho‘zish miqdoriga teng marotaba katta bo‘ladi. Agar cho‘zish uchun sarflangan t vaqt davomida cho‘zish juftliklaridan o‘tayotgan mahsulot massasi q o‘zgarmasligini hisobga olsak, yuqoridagi tenglamadan: Cho‘zish asbobidagi ishchi organlar (silindrlarda, valiklarda, tasmalarda, taroqlarda) tolalarga harakatni ishqalanish orqali beradi. Bu paytda qisman sirpanish yuz berishi aniq, chunki tolalarning tezligi cho‘zish asbobining ishchi organlari tezligiga teng emas. Undan tashqari, tolalarning to‘g‘rilanishi ularning cho‘zish asbobidan o‘tish holati tola harakatiga ta’sir qilishi natijasida yuz beradi. Ayniqsa, tolalarning harakatida notekislik va tebranish tolalar bir cho‘zish juftligidan ikkinchi cho‘zish juftligiga o‘tishi paytida sodir bo‘ladi. Lekin bu holat barcha tolalar uchun ham sabab bo‘la olmaydi. Bu hodisalar cho‘zish jarayonining qiyinlashishiga olib keladi. Bu notekislik va tebranish cho‘zish jarayonining notekisligiga va cho‘zish asbobidan chiqayotgan mahsulot notekisligining oshishiga ham olib keladi. Chigallik va notekislik ko‘rsatkichlari cho‘zish jarayonini analiz qilishda va o‘rganishda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Mahsulotni cho‘zib ingichkalashtirish uchun unga ma’lum bir kuch bilan ta’sir etish kerak, bu kuch tolalar o‘rtasidagi ishqalanish va ilashish kuchlarini yengishi va bir-biriga nisbatan siljitishi lozim. Agar cho‘zish darajasi juda kichik bo‘lsa, tolalar bir-biriga nisbatan siljimaydi, ammo mahsulot bir oz uzayadi, lekin bu uzayish tolalarning to‘g‘rilanishi hisobiga yuz beradi. Birinchi tur cho‘zish deb, tolalarning to‘g‘rilanishi va qisman deformatsiyalanishi natijasida mahsulotning uzayishiga aytiladi. Ikkinchi tur cho‘zish deb, tolalarning bir-biriga nisbatan siljishi natijasida mahsulotning uzayishiga aytiladi. Cho‘zish usullari. Mahsulotni cho‘zishda mexanik va aerodinamik usullar ishlatiladi. Mexanik usul – cho‘zish asboblarida, aerodinamik usul esa konfuzorlarda, ya’ni tola harakati yo‘nalishida ko‘ndalang kesimi kamayib boruvchi trubkalarda amalga oshiriladi. Cho‘zish maydonida tolalar harakatining nazorati.Tolali mahsulot cho‘zish asbobidan o‘tayotganda tolalar avval orqa juft tezligida harakatlanadi, so‘ngra old juft tezligiga o‘tadi. Tolalarning bir tezlikdan ikkinchisiga o‘tishi bir onda yuz beradi. ikkinchisiga o‘tishi mahsulotning ravonligiga ta’sir etadi. Mahsulot E marta cho‘zilsa, ko‘ndalang kesimidagi tolalar soni ham E marta kamayadi. Tolalar o‘rtasidagi siljish E marta ortadi Cho‘zish maydonida tolalar nazoratda va nazoratsiz (suzuvchi) harakatda bo‘lib, ikki guruhga ajratiladi. Agar tolaning uzunligi ta’minlovchi va cho‘zuvchi juftliklar orasidagi masofaga teng va undan katta bo‘lsa, bunday tolalar nazoratdagi tolalar deb ataladi. Agar tolaning uzunligi ta’minlovchi va cho‘zuvchi juftliklar orasidagi masofadan kichik bo‘lsa, bunday tolalarga nazoratsiz harakatdagi (suzuvchi) tolalar deb ataladi, chunki ular orqa juftlik ta’siridan chiqgach, oldingi juftlik ta’siriga yetguncha ma’lum bir vaqt o‘tib, bu vaqtda suzib harakatlanadi. Ular boshqa tolalarga ilashishi hisobiga orqa yoki oldingi juftlik tezligi bilan harakatlanadi. Bunday harakat o‘zgaruvchan bo‘lib mahsulotning notekis bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun harakati nazoratda bo‘lmagan tolalar miqdorini kamaytirishga katta e’tibor beriladi. Cho‘zishdagi tolalar harakatini o‘rganish usullari. Cho‘zish maydonida tolalarning nazoratdagi va nazoratsiz harakatining aniq chegarasi mavjud emas, cho‘zuvchi juftliklar hosil qilgan ishqalanish kuchining ta’sir etish yuzasi cho‘zish maydonida suzib yuruvchi tolalar miqdorining kamayishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, turli elementlar yordamida ishqalanish kuchining ta’sir etish yuzasini ta’minlash juftligidan cho‘zuvchi juftlik tomon kamayadigan qilib hosil qilinishi kalta tolalar harakatining nazoratga kelishiga xizmat qiladi. Bulardan tashqari, turli tolalar turlicha to‘g‘rilanishga ega. Yaxshi to‘g‘rilanmagan tolalarning ilashuvchanligi kam bo‘lganligi sababli ular nazoratsiz tolalar guruhiga o‘tishi tajribalarda aniqlangan. Cho‘zish miqdori qancha katta bo‘lsa, tolalarning uchlari shuncha yaxshi to‘g‘rilanadi. Agar tarash piltasidagi tolalarning to‘g‘rilanishi 55% bo‘lsa, birinchi o‘tim piltalashda bu raqam 71%, ikkinchi o‘timdan so‘ng 75%, piltalashdan keyin 78–80% va nihoyat, yigirishda olingan ip 82–85%ni tashkil etdi. Harakati nazoratda bo‘lmagan tolalar miqdoriga mahsulotning tozaligi ham ta’sir etadi. Agar tolalar yaxshi tozalanmagan bo‘lsa, qo‘shimcha qarshilik hosil bo‘lib, nazoratsiz tolalar miqdori ko‘payadi. Cho‘zish asbobida tolalarning harakatlanishini aniqlashning quyidagi tajriba usullari mavjud: 1) tolalarga belgi qo‘yish; 2) M.N. Slotinsev usuli; 3) kinosyomka usuli; 4) tolalarning radioaktiv xossalaridan foydalanish. M.N. Slotinsev usuli ko‘proq ishlatiladi hamda nazorat qilinadigan va qilinmaydigan tolalarning harakati shu tajribalarga asoslanib aniqlangan. Mahsulot yo‘g‘onligining ikki cho‘zuvchi juftlik oralig‘ida o‘zgarish chizig‘iga cho‘zilishdagi egrilik deb ataladi. Va u mahsulotning birin-ketin ingichkalashuvini anglatadi. Cho‘zilishdagi ingichkalanish egriligining tahlili tolalarning cho‘zish asbobida harakat qonuniyati mavjudligini bildiradi. Ingichkalanish egrilik chizig‘ini ikki usulda: – grafik; – grafoanalitik usulda qurish mumkin. Cho‘zishdagi egrilik chizig‘iga (shakliga) quyidagilar ta’sir etadi: 1) mahsulotning tarkibi va notekisligi; 2) mahsulot uzunligi bo‘yicha tolalarning taqsimlanishi; 3) tolalarning cho‘zilishdan oldingi tekislanganligi; 4) nazoratda bo‘lgan va bo‘lmagan tolalar harakatining ko‘rinishi; 5) cho‘zilish miqdori; 6) silindrlar oralig‘idagi tirqish (razvodka). Ingichkalashish egriligini tuzish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak: 1. Tolaning chiziqliy zichligi. 2. Cho‘ziluvchi va cho‘zilgan mahsulotning chiziqiy zichligi. 3. Cho‘zilish miqdori. 4. Silindrlar orasidagi tirqish. 5. Uzunlik bo‘yicha tolalarning foizlardagi taqsimoti.
Yüklə 32,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin