Mavzu: Iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning mdh mamlakatlar tajribasi va ulardan O’zbekistonda foydalanish yo’llari. Reja: kirish



Yüklə 143,59 Kb.
səhifə1/6
tarix16.09.2023
ölçüsü143,59 Kb.
#144246
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan ta


Mavzu: Iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning MDH mamlakatlar tajribasi va ulardan O’zbekistonda foydalanish yo’llari.


REJA:
KIRISH……………………………………………….


  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari.




  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.



  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash choralari.



  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usul va vositalari.



XULOSA…………………………………………………

FOYFALANILGAN ADABIYOTLAR…………………

KIRISH
Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishi, iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi, iqtisodiyotni tartibga solishi nuqtai nazaridan asosiy majburiyat va vazifalari, iqtsodiyot sohasidagi siyosatining mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlari toʼgʼrisidagi masalalar iqtisodiy fanlar diqqat markazida turadigan muhim yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish boʼyicha siyosatiga taalluqli boʼlgan koʼplab savollarga javob qidiris1h bilan turli ilmiy maktablar va yoʼnalishlar iqtisodchilarining aksariyati band. Iqtisodchilarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosati boʼyicha ishlab chiqqan ilmiy-nazariy kontseptsiyalari, nazariyalari hamda ularga asoslangan iqtisodiy siyosatning turli modellarining amaliyotda qoʼllanishi tajribalarining umumlashtirilishi negizida ―Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari‖ fani shakllanib, koʼplab mamlakatlarning, shu jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining oliy oʼquv yurtlarida iqtisodiyot taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv kurslari sifatida boʼlgʼusi iqtisodchilarga oʼqitilmoqda.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullarining nazariy asoslarini iqtisodiyot nazariyasi fani yaratadi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda amal qiluvchi obʼektiv iqtisodiy qonunlarni ochib beradi hamda xoʼjalik yuritishning printsiplarini va mexanizmini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining maqsadlarini, sohalari va vosita hamda usullarini, yaʼni davlatning iqtisodiy siyosatini ilmiy jihatdan asoslaydi. Shundan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati –davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsir etish maqsadida bozor iqtisodiyotining amal qilishi uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlari yigʼindisidir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullarining tadqiqot obʼekti boʼlib iqtisodiy subʼektlarning oʼzaro hamkorlikda samarali va barqaror faoliyat yuritishlari. shuningdek, iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi omillarni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish uchun qulay huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart-sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayonlari hisoblanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari oʼquv kursining predmetini davlatning jamiyat manfaatlarini koʼzlab, iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi jarayonlari va bunda davlat bilan iqtisodiyot subʼektlari oʼrtasida yuzaga keladigansiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yigʼindisi tashkil etadi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan siyosatini hukumatning iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash borasidagi qarorlari va hatti-xarakatlarida namoyon boʼladi. Demak, davlatning iqtisodiy siyosati davlatning iqtisodiyotga aralashishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usul, vositalari, dastaklarini oʼz ichiga oladi. Davlat mavjud boʼlgan barcha tarixiy davrlarda iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan siyosat davr talablariga mos ravishda maʼlum miqyoslarda, shakl va uslublarda amalga oshirilib kelingan. Lekin krizisgacha boʼlgan davrlarda davlatning iqtisodiyotga aralashishi nomuayyan, va cheklangan boʼlib, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tor doira va miqyoslarda,koʼlamlarda vaziyat taqozasiga koʼra epizodik koʼrinishda kam sonli vosita va usullar yordamida amalga oshirilib kelingan.




  1. Yüklə 143,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin