Mavzu: isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi



Yüklə 50,84 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü50,84 Kb.
#207361
Mavzu isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi-fayllar.org


Mavzu: isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi


TOSHKENT MOLIYA INSTITTI


MAXAMATOV MUXRIDDIN CHORSHANBA O‘G’LI
MAVZU:ISBOTLASH VA RAD ETISHNING UMUMIY TAVSIFI
TOSHKENT-2023



REJA
1.Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, turlari.


2. Argumentlash nazariyasining asosiy tushunchalari.
3.Dalillarni baholash.
KIRISH
Isbot — mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini aniqlash (asoslash).
I.ning obyektiv metod orqali manti-qiy ishonchga olib boradigan turi va
inson his-tuygʻulari, mayllariga asoslanib ruhiy ishonchga olib keladigan
turi mavjud. Birinchi turi 2 xil usul: a) bevosita hayotdan olingan faktlar
orqali; b) toʻgʻriligi aniqlangan fik-rlar orqali amalga oshadi. Biror
fikrning chinligi (haqiqatligi)ni toʻgʻriligi aniqlangan boshqa fikrlar orqali
asoslab berish mantiqiy I., fak-tlarga asoslangan I. esa real I. deb
yuritiladi. Mantiqiy I. tuzilish jihatdan tezis (isbotlanishi kerak boʻlgan
fikr), asos (tezisni isboti uchun keltirilgan dalillar), I.dan iborat. I. va
uning qoidalarini birinchi boʻlib Aristotel ishlab chiqqan. Forobiy I.ning
ayrim usullarini koʻrsatib bergan va I.ni mantiq ilmining asosi deb
aytgan. I. fan va amaliyetda doim qoʻllanadigan fikrlash usulidir.
Zamonaviy mat. va mantiq ilmida aksimatik, chizikli, chiziqsiz, bevosita
va bilvosita analogiya asosidagi I., ekzistensial, muloxdza I.i kabi usul va
turlari mavjud.
Ilmiy bilish va kundalik faoliyatda argumentatsiya va
tanqid, isbot va raddiya kabi bilishning mantiqiy usullari keng
qo’llaniladi. Talabalarga argumentatsiya va tanqid usullarini egallash,
isbotlangan argumentatsiyani, isbotlanmagan argumentatsiyadan
farqlash, rad etilmaydigan tanqiddan rad etilgan tanqidni,
argumentatsiya va tanqiddagi xatoliklarni aniqlashni egallash tavsiya
etiladi. Argumentatsiya va tanqid nazariyasining mantiqiy va
metodologik asoslarini egallash, pedagogik ilmiy va boshqa faoliyatni
samarali olib borish imkoniyatini beradi.
Argumentatsiya – hukm,
gipoteza, kontseptsiyani asoslash usullaridan biridir. Tasdiqlash



voqelikga bevosita murojat qilish (kuzatish, tajriba va boshqalari) orqali


yoki bilvosita ma'lum bir mantiqiy usullar bilan amalga oshirilishi
mumkin. Mantiqiy usullarda ham asoslash voqelikka murojaat qilish
orqali ham amalga oshirilishi mumkin, lekin bunda murajaat bevosita
emas, bilvosita amalga oshiriladi. Argumentatsiya – bu biror-bir tasdiqni
boshqa tasdiq bilan to’liq yoki qisman asoslashdir. Argumentatsiyaning
vazifasi biron-bir fikrni chinligiga ishonch hosil qilishdir. Ayniqsa bu
siyosiy argumentatsiyaga ta'luqli. Ishonch to’liq yoki to’liqsiz bo’lishi
mumkin. So’nggi holatdagi ishonch shaxsiy fikr deb ataladi. Shaxsiy
fikrning ma'lum bir jihatlariga ishonchsizlik natijasidagi to’liqsiz
e'tiqoddir. E'tiqod va shaxsiy fikr faqat argumentatsiya asosida emas
balki kuzatish va amaliy faoliyatda ham hosil qilinadi.
Isbot qilish — jinoyat-protsessual huquqda jinoyat ishi boʻyicha
haqiqatni bilish jarayoni boʻlib, u ishni qonuniy, asoslangan shu bilan bir
qatorda adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar
toʻgʻrisidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash hamda
tekshirish va baholashdan iborat [1]. Taʼkidlash lozimki isbot qilishning
umumiy shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual
kodeksining 9-bobida belgilangan [2]. Isbot qilishni surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sud amalga oshiradi. Isbot qilishda gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi,
jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar,
fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishtirok etish huquqiga ega
hisoblanadilar. Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar,
mutaxassislar, tarjimonlar, holislar, shu jumladan boshqa fuqarolar va
mansabdor shaxslarning ham jalb etilishi mumkin. Ular qonunda
belgilangan tartibda dalillarni toʻplash, tekshirish hamda baholash bilan
bogʻliq huquqlarni amalga oshiradilar va shu bilan birgalikda
majburiyatlarni bajaradilar (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat
protsessual kodeksining 86-moddasi). Dalillarni toʻplash, tekshirish
hamda baholash jarayonida fuqarolarning, shu jumladan korxonalar,
muassasalar shuningdek tashkilotlarning huquqlari yoki qonuniy



manfaatlarini qoʻriqlashni taʼminlanishi shart boʻladi. Isbot qilish


jarayoni maʼlum bir muddatlar bilan cheklanganligini aytib oʻtish lozim.
Jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv oʻn sutkadan oshmagan muddatda,
dastlabki tergov esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch oydan
oshmagan muddatda tamomlanishi ham muhim. Isbot qilishda
quyidagilar taqiqlanadi : 1) shaxslarning hayoti va sogʻligi uchun xavfli
boʻlgan yoki ularning shaʼni yoki qadr-qimmatini kamsituvchi xati-
harakatlarni sodir etish; 2) zoʻrlik, poʻpisa qilish, aldash va qonunga xilof
boshqa yoʻllar bilan koʻrsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga,
eksperimental harakatlarni bajarishga erishish; 3) tungi vaqtda, yaʼni
kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib
borish shular jumlasidandir. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan
jinoyatning oldini olish hamda jinoyat izi yoʻqolishiga yoki gumon
qilinuvchining qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, eksperiment jarayonida
tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati boʻlgan
hollar bundan mustasno boʻladi. Tergov yoki sud harakatlari bilan
bogʻliq ishlarni bajarayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror,
sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan
shifokorlardan boshqa shaxslarning oʻzga jinsdagi shaxsni yalangʻoch
qilib yechintirish chogʻida hozir boʻlishlari qonunan taqiqlanadi. Davlat
sirlari boʻlgan hujjatlar yoki narsalarni koʻzdan kechirish shuningdek olib
qoʻyish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki
tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan yohud sud
ajrimiga koʻra amalga oshirilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi
Jinoyat protsessual kodeksining 89-moddasi).
Isbotlash bir hukmning
chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida
asoslashdan iborat
bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan:
tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli
– demonstrastiya.



Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy


figurasi hisoblanadi; butun diqqat-
e‘tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning
o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki
teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki
hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi
mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan
hukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd
qiluvchi hukmlar, ta‘riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda
boshqa empirik va nazariy umumlashmalar
xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro
bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador
bo‘lishi lozim.
Ta‘riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish
mumkin. Masalan, «Harakat – bu
har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta‘rif chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab
qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida
ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech
ikkilanmasdan argument qilib olish
mumkin.
Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi
mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa



chiqarish shaklida bo‘ladi, ya‘ni tezis argumentlardan xulosa sifatida


mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash.
Bevosita isbotlashda tezisning chinligi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid
bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p
hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma‘lum bir umumiy
bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida
foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston –
mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning
chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi, uning
xalqaro miqyosda e‘tirof etilishi» kabi asoslar
yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan
hukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish
orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab
apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash
farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (
a
) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan,
«Materiya harakatsiz mavjud emas», degan hukmning chinligini
asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya
harakatsiz mavjud», degan hukm olinadi.



Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin


deb qabul qilinadi va undan ma‘lum bir
natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning
xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak,
tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz
mavjud», degan hukm chin bo‘lsa, «Moddiy
predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan
natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma‘lumki,
moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va
ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak,
«Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa
«Materiya harakatsiz mavjud emas», degan fikrning
chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli
diz‘yunkstiyaning) bir a‘zosi bo‘lib, uning
chinligi boshqa a‘zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali
asoslanadi. Masalan, ―Jinoyatni yo A, yo V,
yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V
shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan‖ligi
aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan», degan
hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda
ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat‘iy sillogizmning inkor etib,
tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan.Ayiruvchi
isbotlashda barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin
bo‘ladi,ya‘ni tezis isbotlanadi.



Raddiya. Rad etish usullari.


Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan
fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat
bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb
hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi
tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad
qiluvchi hukmlar) va demonstrastiya (rad etish
usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani
muhokama qilish, ya‘ni bahs, munozara jarayonida
uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma‘lum bir tezisni ilgari surib, uni
himoya qilsa (proponent), boshqasi unga
qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar
bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika
hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki
tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I) Tezisni rad etish;
II)
Argumentlarni rad etish;
III)
Demonstrastiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:



1.Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir.


Bunda bo‘lib o‘tgan voqealarga, statistik
ma‘lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida
O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika
bo‘lgan», degan tezisni rad etish, ya‘ni uning noto‘g‘ri ekanligini
isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz.
O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani
Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar
keltirib, tezisni rad etamiz.
2.Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli
ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish.
Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab
beriladi. Bu usul «bema‘nilikka olib kelish»,
deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi,
undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu
natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan
xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu
bema‘nilik bo‘ladi. «Bema‘nilikka olib kelish» usulining formulasi
quyidagicha(a→b)→((a→b)→a)
3.Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan
tezisga zid bo‘lgan Yangi tezis (antitezis)
olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq,
antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib
chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz
kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir Temur



buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar qilgan», degan tezisni


shunday rad etadi: «Inson bir paytning o‘zida ham
bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu
masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu
fuzalolarning boshini silagan, Qur‘oni karimni yod bilgan inson
yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam «Kuch –
adolotda», deyishi mumkinmi?»
II.Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar
tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki
tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi,
bunda tezis chin bo‘lishi ham mumkin:
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab
beriladi.
III.Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar
aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning
chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib
chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida
yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash
talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-
birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi.
Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan
mantiqiy xatolar



Tezisga aloqador qoidalar:


1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa,
isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq
predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda
ish hisoblanadi.
2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha
o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni
almashtirish» degan xato kelib chiqadi.
Argumentlarga nisbatan qoidalar:
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo‘lishi
va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim.
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar
bo‘lishi lozim.
Isbotlash usulining qoidasi:
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi
lozim. Buning uchun isbotlash yoki
rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur.
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib
keladi. Bu xatoliklar uch turga bo‘linadi:
I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:
1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida
o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi
tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan
boshqa tezis bilan almashtiriladi va bunda



Yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining toraytirilishi


yoki kengaytirilishi ham bahs jarayonida
tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti
uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning
ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman
jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan
masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni
kengayib ketadi va tezis almashinadi.
2.Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs
jarayonida mavzudan chetga chiqib,
opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki
kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni
isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta‘kidlash tezisning almashinishiga
sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l
qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta‘sir qilish orqali
isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga
urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi.
3.Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning
almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan
tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi.
Agar A hodisadan V kelib chiqsa, lekin V
hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis V
hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi.
Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» degan tezis (V)
o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan



yerda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi.


Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A
shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.
II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
1.Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato
argumentlarga chin deb asoslanish
natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Masalan, Qadimgi grek faylasufi Fales o‘z
ta‘limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib
yaratgan.
2.Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis
isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday
argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi
taxminlanadi, xolos.
3.«Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi
argumentlar orqali, argumentlarning
chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Masalan, «So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi»,
degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», deb isbotlasak,
yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi.
III. Isbotlash usuli (demonstrastiya) bilan bog‘liq xatolar.
1.«YOlg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun
keltirilgan argumentlardan bevosita kelib
chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador
bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan,



«A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina


ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda
yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta)
isbotlangan bo‘ladi.
2.Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt,
munosabat doirasida chin bo‘lgan
(shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish
natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. 3.Xulosa chiqarish
qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar: a) deduktiv xulosa
chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bu haqda
deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma‘lumot berilgan; b)
induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar.
Bular «shoshib umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning
uchun», deb ataluvchi xatoliklardir. Masalan, bir-ikki talabaning
darsga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishini umumlashtirib,
«hamma talabalar mas‘uliyatsiz», deb ta‘kidlash xatodir;
v) analogiyada uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular
«yolg‘on analogiya» bilan bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgining
zaruriy deb olinishi, faqat birgina o‘xshash belgiga asoslanishi yoki
mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan hodisalarning o‘zaro taqqoslanishi
natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi. Mantiqiy xatolar tafakkur
qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik
natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab
(qasddan) xatoga yo‘l qo‘yuvchilar – sofistlar deb, ularning ta‘limoti
esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi. Fikr yuritish jarayonida
bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, paralogizm deyiladi. CHinligini
ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa
paradoks deb ataladi. Bahs yuritish san‘ati (eristika) o‘ziga xos qonun-
qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:



– zaruriyatsiz bahslashmaslik;


– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga
chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik;
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar
bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish;
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va
muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara
olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri
bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e‘tirof
qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga
ko‘tarish imkonini beradi. Muammoni qo‘yish va hal etish Muammoli
vaziyatni tahlil qilish Yangi muammoni qo‘yishga olib keladi. Muammo –
javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va yechish usuli noma‘lum
bo‘lgan savoldir. SHuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal
qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba‘zi hollarda esa, hatto, ular
doirasidan chetga chiqishni, Yangicha yechish usuli, metodlarini
qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni
muhokama qilishning xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz
ehtiyojlari belgilab beradi. Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning
zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan
iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek,
muammoni yechishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur
qilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning
turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish kerak.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va
talanti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.SHuning uchun ham, odatda,
ko‘p hollarda Yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu



sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli


olimlari tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba‘zan uzoq yillar
davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy g‘oya va milliy
mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi
misolida ko‘rish mumkin. Jahon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning
mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab
chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin»
104
. Uni shakllantirish uchun kuchli iste‘dod va «yorqin tafakkur»ga
ega bo‘lgan Konfustiy, Maxatma Gandi, Forobiy, Bahouddin
Naqshband kabi buyuk zotlar zahmat chekkanlar
105. Hozirgi paytda esa Prezidentimiz I.A. Karimov ta‘kidlaganidek,
«Milliy g‘oya, milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish
uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, kerak bo‘lsa,
mutafakkirlari, ziyolilari mehnat qilishi lozim»106. Muammoli vaziyatni
tahlil qilishga turli xil munosabatda yondashish mumkin bo‘lganligi
uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar
tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba‘zi muammolar asosiy vazifani
ifoda qilsa, ba‘zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va
shuning uchun ham juz‘iy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-
biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juz‘iy muammolar hal
qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va
yechish imkoniyati vujudga keladi. ahamiyatga ega emas. Muammoni
to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va
ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metodlarini topish
zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar
ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni
tanlash ma‘lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishini va
xususiyatlarini belgilab beradi. Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish
amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. CHunki faqat amaliy
faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal



qilish vositalari o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy


izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda bilish oldiga konkret
vazifalar qo‘yiladi. Ilmiy muammo, odatda, ma‘lum bir nazariya
doirasida vujudga keladi (Nazariya haqida bobning oxirida kengroq
ma‘lumot beriladi). Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin
bo‘lgan muammoni umumiy holda belgilashga va uni to‘g‘ri
tanlashga yordam beradi. SHuningdek, har bir muammo ma‘lum bir
nazariya yordamida hal qilinadi. Ba‘zi hollarda esa muammo mavjud
nazariyani modifikastiya qilishni, muammoni yechishga moslashtirishni
talab qiladi. Muammoni yechish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari
qilinadi. Ular quyidagilardan iborat: a) mavjud nazariyalar doirasida
tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash; b) muammoni
hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish; v)
muammoni hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish
yo‘llarini belgilash; g) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari
surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini ko‘rsatish. Bu
dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni yechishga
bevosita kirishiladi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki,
muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha aytganda,
muammoning mutlaq to‘la yechimini topish qiyin. Chunki
o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi.
SHuning uchun ham ilmiy izlanish davomida Yangi muammolavujudga
kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin
qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I. Nyuton tomonidan
jismlarning o‘zaro tortishishi muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish
mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf qilib, u faqat tortishuvchi
jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan
edi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi
muammosini boshqacha talqin qiladi va bu muammo haqidagi
tasavvurlarimizni ma‘lum bir darajada kengaytiradi. Jismlarning o‘zaro
tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to‘la
ochib berilmagan. Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal



bo‘lmagan. Ba‘zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha


topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq
muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan. Bu, albatta, ayrim
muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi,
balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida yechib
bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa yechishning Yangi
vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal
qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
Analogiya (grek. – moslik,
o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. deduktiv xulosa
chiqarishda fikr umumiylikdan juz‘iylikka qarab, indukstiyada
juz‘iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz‘iy
holatdan boshqa juz‘iy holatga qarab harakatlanadi. Analogiyada
predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat
va jamiyatda ob‘ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob‘ektiv
o‘xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi.
Ob‘ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi
jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va
hodisalar ham ma‘lum ma‘noda o‘xshash bo‘ladi. Analogiya bo‘yicha
xulosa chiqarish ob‘ektiv reallikning cheksiz ko‘rinishlari hamda unda
mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari,
tarkiblaridagi o‘xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar,
davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim
va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosidaanalogiya bo‘yicha xulosa
chiqariladi. Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa
predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga,
xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, qadimgi greklarning
«Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod
bo‘lish uchun o‘zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda
xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Qush tirik mavjudot, uning
qanoti bor, u uchadi. Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u
uchmaydi. Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol, uchadi. Analogiya
bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan,



xulosadan va asoslar hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan


iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni
talab qiladi. Aniq asoslardan ba‘zan aniq, ba‘zan ehtimoliy xulosa
chiqadi. Analogiya o‘zining ob‘ektiv asosiga ega. Bular predmetlar,
ularning xossalari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlardir.
Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi Modeldan prototipga
o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi
farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki
predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi.
O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining
boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
Masalan, Yer va Quyosh qator muhim xossalariga ko‘ra o‘xshashdir,
ya‘ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham
harakatda, kimyoviy tarkibi ham o‘xshash. Ana shu o‘xshashliklarga
asoslanib olimlar Quyoshda topilgan Yangi element – geliy Yerda
ham bo‘lsa kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo‘li bilan
chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko‘p o‘tmay tasdiqlandi – Yerda ham
geliy elementi topildi. Bu misolda ikki predmetning o‘xshashligiga
asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham borligi
haqida xulosa chiqarildi. O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari
bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar
analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: A predmet a, v,
s, d belgilarga ega. V predmet a, v, s belgilarga ega. Ehtimol, V predmet
d belgiga egadir. Bu analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning keng
tarqalgan shaklidir. Unda bir predmet haqidagi bilim shunga
o‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib
chiqariladi. Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir
turdagi ikki predmetlar sinfi o‘rtasidagi munosabatlarning
o‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m R1 n)
munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga o‘xshash emas, lekin ular
o‘rtasidagi R-R1 munosabatlarning o‘xshashligi bizga xulosa chiqarish



imkonini beradi. Masalan, I. Kepler planetalar harakatining qonunini


ochganda, samoviy jismlarning o‘zaro tortishish kuchini insonlar
o‘rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga
tortishish kuchi tushunchasini kiritadi. Munosabatlar analogiyasida ikki
predmetlar o‘xshashligi haqida emas, ikki predmet o‘rtasidagi
munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi
munosabat haqida xulosa chiqariladi. Analogiyani turlarga ajratganda
xulosaning aniqlik darajasiga ham e‘tibor beriladi. SHu jihatdan
analogiyani qat‘iy (aniq), qat‘iy bo‘lmagan, noaniq va xato analogiyaga
ajratamiz. Qat‘iy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
ko‘chirilayotgan va o‘xshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy
bo‘ladi. Aniq fanlarda, modellashtirishda fikr qat‘iy analogiya shaklida
yuritiladi. Qat‘iy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va
ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega
bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda va aniq, tabiiy
fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qat‘iy
bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Masalan, nemis olimi
SHpenglerning ta‘kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to‘rtta
rivojlanish bosqichini bosib o‘tadi. Bular: paydo bo‘lish, rivojlanish,
yetuklik davri va yemirilish davri. Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin
hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R (a) bilan belgilasak,
qat‘iy analogiyada R (a)=1; qat‘iy bo‘lmagan analogiyada 1>R (a)>0
bo‘ladi. Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini
oshirish uchun, ya‘ni xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun
ma‘lum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: 1.
Taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko‘proq o‘xshash
belgilari aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin
xulosa chiqarish imkoni ortadi. 2. Taqqoslanayotgan predmetlarning
o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim belgilar bo‘lishi kerak.
SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi. 3. Taqqoslanayotgan
predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari zaruriy
aloqada bo‘lishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish



shartlari bajarilgan bo‘ladi. 4. Taqqoslanayotgan predmetlarning


ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari bir turda bo‘lishi kerak.
5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilarining miqdori
kam bo‘lishi va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart. Agar
predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa,
analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi. YUqoridagi qoidalarning buzilishi
yolg‘on analogiyaga, ya‘ni xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Analogiya modellashtirish metodining mantiqiy asosini tashkil etadi.
Modellashtirishda (konkret yoki abstrakt) ob‘ektlar modellarda, ya‘ni
shartli obrazlar, shakllar, ob‘ektning kichraytirilgan nusxalarida tadqiq
etiladi. Ma‘lum sabablarga ko‘ra tekshirilayotgan ob‘ektni tabiiy
sharoitlarda o‘rganish qiyin bo‘lganda yoki mumkin bo‘lmaganda
modellashtirishdan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bilish jarayonini
yengillashtiradi. Modellarni uch turga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy
modellar – o‘rganilayotgan ob‘ekt bilan bir turda bo‘ladi va undan faqat
o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba‘zi hollarda yasalgan materiali
bilan farq qiladi. 2. Matematik modellar – prototip (asl nusxa)dan
jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik
tasvirga ega bo‘ladi. 3. Mantiqiy matematik modellar – belgilardan
iborat bo‘lib, abstrakt model hisoblanadi va tafakkur jarayonini
o‘rganishda qo‘llaniladi. Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va
birgalikda foydalaniladi. So‘nggi vaqtlarda modellashtirish ko‘pincha
kompyuter vositasida amalga oshirilmoqda. Masalan, Yangi
avtomobilning modeli kompyuterda yasalib, uning o‘lchamlari, turli
afzalliklari matematik modellashtirish vositasida aniqlanadi.










































http://fayllar.org
Yüklə 50,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin