Mavzu: Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish - iqtisodiy erkinlikni taminlash omili sifatida Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………..2-6
I bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji - iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili ………………………………………………………………..…..6
1.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim soxasi sifatida ………………………………………………………………………………..7-10
1.2. Milliy iqtisodiyot hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xos xususiyatlari.................................................................................................... 11-12
1.3. Mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi…………………………………………………………………13-16
II bob. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish ……………………………………………….………………16
2.1. Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy omillari…….…….……………….. 16-20
2.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muhiti…………………...20-26
2.3. Kichik va o`rta bizneslarni qo`llab- quvvatlash to`g`risida…………….27-29
Xulosa……………………………………………………………………….29-32
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………33-34
Kirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy sohada ijobiy natijalarga erishish ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi. Bu yo’nalishda 2011 yilda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik»ga bag`ishlangan dasturni qabul qilinishi sohani rivojlantirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. 5 Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar shakllanib, xususiy mulk va kichik biznesning o’rni va ahamiyati tobora mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining hissasiga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 53 foiz, ish bilan band bo’lganlarning 74 foiziga to`g`ri kelmoqda1 .
Kurs ishning dolzarbligi. Mamlakatimizni modernizastiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo’lgan mulkdorlar sinfini shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’rni kattadir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida hal qiluvchi tarmoqqa, ijtimoiy faol aholimizning katta qismini qamrab olgan sohaga aylandi. Hozirgi vaqtda ish bilan band aholimizning 74 foizidan ortig`i aynan shu sohada mehnat qilayotgani buning yaqqol tasdig`idir. Birgina 2011 yilda respublikamizda yaratilgan qariyb bir millionga yaqini ish o’rinlarini 64 foizi shu sohaga to`g`ri keladi. Kichik biznes sub`ektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni sotish hajmi 2011 yilda 600 milliard so’mni tashkil etgani, zarur xom ashyo resurslarini qo’shib hisoblaganda, bu ko’rsatkich 2 trillion 800 milliard so’mdan oshdi.Shuning uchun ham bu soha uchun yangi imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar yaratib berish va uning rivojini yangi bosqichga ko’tarish masalalariga katta ahamiyat berilmoqda”2 deb ta’kidlaganlar. Yana bir muhim yondashuv, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda birinchi navbatda zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, ichki va tashqi bozordagi o’zgarishlarga tez moslashadigan xususiy tadbirkorlik sohasini taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
_________________________
1Karimov I.A-–“2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi”. 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O`zbekistoningijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan O`zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzalari.
2I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutstiyaning 19 yilligiga bag`ishlangan “Bizning yo’limiz-demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va modernizastiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir” nomli ma’ruzalari. «Xalq so’zi» gazetasi, 2011 y. 8 dekabr.
Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag` talab etmaydigan xo’jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni to’ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Kichik biznes yangi ish o’rinlarini yaratishi bilan ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani soha izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd etish joiz. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq, amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga qaramasdan mintaqalarda bu sohada hali yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli kesim (tuman, tarmoq va tadbirkorlik shakillarda rivojlanish xususiyatlarida muvozanatsizlik holatlarini ko’rish mumkin. Respublikamizning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlashda mintaqalarning tabiiyiqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, ular asosida sanoatni oqilona joylashtirish va rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiyotimizning hududiy tarkibini takomillashtirish, foydalanilmayotgan resurslar va iqtisodiy imkoniyatlardan yuqori darajada foydalanish, shakllanib qolgan hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir”
_______________________
3I.A Karimov O`zbekiston XXI asr bo`s`ag`sida xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot islohotlari. Toshkent. Ozbekiston, 2000y.
O’zining boy tabiiy-iqtisodiy salohiyati bilan respublika iqtisodiyotida Buxoro viloyati alohida o’ringa ega. Buxoro viloyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi hududiy mahsulotning tarkibida sanoatning ulushi (19,5 %) nisbatan kichik bo’lib, mineral xom ashyo resurslari va mavjud talab bilan o’zaro muvofiqlashmagan. Ayniqsa sanoat korxonalarining joylashtirishda ma’lum tizimning yo’qligi sanoat bilan qishloq xo’jaligi, ijtimoiy soha, infratuzilma o’rtasida nomutanosibliklar mavjud va ularning kuchayishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, viloyat tumanlarida kichik sanoat korxonalarini joylashtirishda bir qator muammo va kamchiliklar mavjud bo’lib iqtisodiyotni barqaror va muvofiqlashgan holda rivojlanishiga to’siq bo’lmoqda. Yuqorida keltirilgan nomutanosiblik va muammolar viloyatimizni barqaror rivojlantirishda sanoatni ulushini oshirish, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarning undagi salmog`ini oshirish yo’li bilan rivojlantirish istiqbollarini ilmiy asoslashni zarurligini ko’rsatmoqda.
Kurs ishning maqsadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotni modernizastiya qilish sharoitida, xususan Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va oqilona joylashtirishni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishda kichik biznesning o’rniga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar va chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga iqtisodiy fanlarni o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash jihatlarini o’rganish. Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagilar bitiruv malakaviy ishining vazifalari etib belgilandi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslarini o’rganish;
mintaqa iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’rnini asoslash hamda o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mintaqaviy muammolarini bartaraf etishga asos bo’ladigan omillarni aniqlash;
bozor islohotlarini va iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida sanoat korxonalarini joylashtirishning o’ziga xos umumiy va mintaqaviy xususiyatlarini ilmiy asoslash;
viloyatda sanoat korxonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni chuqur tahlil qilish;
viloyatda sanoatni oqilona joylashtirishning asosiy yo’nalishlari va ko’rsatkichlarini ilmiy asoslash;
viloyatda sanoatni oqilona joylashtirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari bo’yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi predmeti–mintaqa sanoatni taraqqiy ettirishda kichik biznesning o’rni.
Kurs ishi ob`ekti bo`lib, mintaqa iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’rni. Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.
Kurs ishning birinchi bobida O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining xususiyatlariga bag`ishlangan bo’lib, unda iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili sifatidagi xususiyatlari, mamlakatimiz hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xosligi va mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi haqida ma’lumot berilgan. Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida esa, Buxoro viloyati sanoatini taraqqiy ettirishda kichik biznesning o’rniga bag`ishlangan bo’lib, unda Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari, viloyat tumanlarida kichik biznes rivojlanishining iqtisodiy tahlili va viloyatimiz sanoatini taraqqiy ettirishda kichik biznesning o’rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Uchinchi bobda iqtisodiy fanlarni o`qitishning o’ziga xos xususiyatlariga bag`ishlangan bo’lib, unda iqtisodiy fanlarni o`qitishda noan’aviy ta’lim metodlarning mohiyati va dars jarayonida ularni qo’llash xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.
I bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji - iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim soxasi sifatida
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qobiliyati asosiy iqtisodiy resurslardan biri hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkor – bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish borasida bilim va malakaga ega bo’lgan, foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ra oluvchi tashabbuskor shaxs. Tadbirkorlikning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonunida ta’riflanishicha, ”Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad(foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 4 . Tadbirkor faoliyati asosida bir qator shart va talablar mavjud bo’ladi. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u mustaqil qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi.
____________________________
4Ўзбекистон Республикасининг “Тадбиркорлик ва тадбиркорлар фаолиятининг кафолатлари тўғрисида”ги қонуни. . 1995-йил 21-декабр.
Uchinchidan, tadbirkor-tashkilotchi shaxs bo’lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To’rtinchidan, tadbirkor – tavakkat qilishdan qo’rqmaydigan insondir. U nafaqat o’z molmulki, vaqti, mehnati bilan, balki o’z sheriklari, hissadorlari qo’shgan mablag`lar bilan ham tavakkal qilishga boradi. Tadbirkorlik faoliyati to`g`risida yuqorida keltirilgan turli xil fikr va yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohadan qat’iy nazar, foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishida quyidagi bir qator qoidalarga rioya etilishi talab qilinadi:
tadbirkorning xo’jalik yuritish bo’yicha huquq va erkinliklarga ega bo’lishi shart;
tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, unig mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligi;
xo’jalik yuritish erkinligini ta’minlovchi qulay iqtisodiy muhit va ijtimoiy-siyosiy sharoitning mavjud bo’lishi;
mulkchilik va o’zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligi;
tadbirkorning maxsus bilimga, ma’lumot va malakaviy tayyorgarlikka ega bo’lishi. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari xilma-xil bo`lib, ular orasida o’zining xo’jalik yuritish ko’lamini cheklangani bilan ajralib turuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim o’rin tutadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati bu soha tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday vazifalarning turli-tumanligi esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining jahondagi barcha mamlakatlar uchun ham, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida bir mamlakat uchun ham qandaydir darajada ahamiyat kasb etishdan darak beradi.
Prezidentimiz bu borada Konstitustiyaning 18 yiligiga bag`ishlangan tantanli marosimdagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlagan edi: ”Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bilan o’rta sinfining shakllanishiga va unga tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz. Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam- ya’ni o’rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko’p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda”5 . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati, eng avvalo uning iste’mol bozoridagi muvozanatini ta’minlash vazifasini ta’kidlash lozim.Uzoq yillik sobiq rejali iqtisodiyot tajribasidan ma’lumki, o’ta darajada yiriklashgan ishlab chiqarish ehtiyojlari va talab tuzilishidagi o’zgarishlarga qiyin moslashuvchan, harakatchanlik borasida o’ta sust hisoblanadi. Bundan farqli o’laroq, kichik biznes va xususiy tadbirorlik iqtisodiyotning eng moslashuvchan, o’zgarib turuvchi talabga tez javob beruvchi sohasi hisoblanib, turli ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, iste’molchi uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatni yetkazib berish muammosini zudlik bilan hal etadi. Shu bilan birga, ular aholi ehtiyojlarini o’zgarishi natijasida mahsulot turlarini o’zgartirish va ishlab chiqarishga joriy etishni ishlab chiqarishga nisbatan kam xarajat qilgan holda amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ahamiyati, ayniqsa, ko’lami jihatidan katta bo’lmagan yangi bozorlarni o’zlashtirishda yaqqol namoyon bo’ladi. Mavsumiy, milliy,
____________________________
5Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lini izchil davom ettirish –taraqqiyotimizning muhim omilidir. Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 .yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi //“Xalq so`zi” gazetasi,2010 yil 8dekabr.
mahalliy ahamiyatga molik ba’zi mahsulot va xizmatlar talab hajmiga ko’ra yirik ishlab chiqarish uchun ko’p ham istiqbolli hisoblanmaydi. Biz kundalik turmushda kerak bo’ladigan uy-ro’zg`or buyumlaridan tortib ularning ta’siri va shu kabi maishiy xizmatlarni ko’rsatadigan korxonalarning rolini odatda to’la tasavvur eta olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlardan biri bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O’z navbatida mazkur vazifani ikkita asosiy yo’l orqali bajarish mumkin: yangi ish o’rinlarini barpo etish va vaqtincha bo’sh bo’lgan yoki ish bilan qisman band bo’lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo’shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi muvozanatni saqlashga katta hissa qo’shish mumkin. Ushbu jihatlarni Prezidentimiz “Ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishga buguni kunda eng dolzarb masalalardan biri bo’lmish, aholimizning, avvalambor, yoshlarni ish bilan ta’minlash va shu asosda ularning munosib daromad topishi, farovonlikning oshib borishiga erishishda ayni shu sohani tez va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biri ekanini hech unutmasligimiz darkor", deb ta’kidlab o’tganlar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo’nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida noto`g`ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to’planishi, kichik shahar va qishloq joylarida esa ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Bundan yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko’plab shahar va qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga qaramay, mavjud ortiqcha ish kuni uchun yangi ish joylarini tashkil etish muammolari hal etilmadi. Shunga ko’ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning asosiy yo’llardan biri-kichik korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisosolashgan kichik korxonalarni tashkil etishdir.
Milliy iqtisodiyot hududlarida kichik biznes sohasining o’ziga xos xususiyatlari
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi bu jarayondagi eng muhim ustuvor yo’nalishlardan biri-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinliklar berish bilan tavsiflanadi. Bu toifadagi sub’ektlarga mustaqillik berish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini yanada oshiradi, mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi muttasil orta borishiga zamin bo’ladi. Mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishning ma’nosi davlatning alohida hududlarning, birinchi navbatda ma’muriy-hududiy bo’linmalarning barqaror va majmuali ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasidagi harakatlari tushuniladi. Bunda “Mintaqa” tushunchasiga aniqlik kiritish kerak deb, hisoblaymiz. Mintaqa – avtonom respublika, viloyat, shahar, tuman, hudud bo’lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishi va tabiiyiqtisodiy shart-sharoitlari bo’yicha farqlanuvchi ma’lum bir qismi hisoblanadi . Bundan kelib chiqqan holda biz “Mintaqa” va “hudud” terminlaridan sinonimlar sifatida foydalandik. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki, mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda. Bunga asosan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida ahamiyati tobora oshib borayotgan kichik biznes sub’ektlari xo’jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik, tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib, mulkchilikning turli shakllari teng huquqlilik va sog`lom raqobat asosida rivojlanib borishiga asoslanadi. O’z mulkiga, etishtirgan mahsulotiga sohiblik hissiga, ixtiyoridagi mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni mustaqil tasarruf etishiga ko’ra, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to’la mos tushadi. Uning mamlakatda
bandlik muammosini hal etish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlari esa juda katta. Shularni inobatga olib, O’zbekistonda bu sohaning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Kichik tadbirkorlikning o’ziga xos quyidagi xususiyatlaridan kelib chiqilmoqda:
bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni qondira olishi;
dastlabki sarmoyasi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi;
tez orada yangi ishchi o’rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati;
tegishli vazifalarni amalga oshirishda biznes egasi (tadbirkor)ning bevosita ishtiroki. Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilindi; kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda; kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; tadbirkorlarni Davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan va xabardor qilish tartibi joriy etildi; birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslarni erkin sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi; mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini majburiy standartlashtirish va sertifikatlash jarayoni soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish va soddalashtirish choralari ko’rildi; statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi; ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kichik biznes korxonalari xususiy mulk asosida tashkil etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, kichik biznesni qo`llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning huquqlari va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisodiyotning bu tarmog`i tobora mustahkamlanib, uning respublikamiz iqtisodiyotidagi o’rni, ish bilan ta’minlash va mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog`i yildan-yilga oshib bormoqda. 2011 yil YaIMda kichik tadbirkorlikning hissasi 53,0 foizga yetdi. Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishdagi hissasi sanoatda 24,1 foizni, qishloq xo’jaligida 98,5 foizni, umumiy chakana tovar aylanmasida 51,5 foizni, aholiga pullik xizmatlar ko’rsatishda 50,5 foizni, avtomobil transporti yuk aylanmasida 41,3 foizni, yo’lovchi tashish hajmida 79,3 foizni tashkil etdi (2 -jadval).
Mintaqalarda kichik biznes sohasining davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, bu-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish asosida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini keskin oshirish, bandlik masalalarini hal qilish, aholi daromadlarini ko’paytirish hamda milliy farovonlikni ta’minlashdan iboratdir. Chunki, yirik ishlab chiqarish ob’ektlariga qaraganda kam sarmoya talab qiladigan hamda turli o’zgarishlarga moyil bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot turlarini yangilash, ishlab chiqarishni modernizastiyalash va shu bilan birga, bozor kon’yunkturasining beqaror hamda vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadigan iqtisodiy inqirozlari sharoitiga tez moslashuvchandir. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rag`batlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan biri hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlar natijasida boshlangan kichik biznes korxonalarini tashkil etish va uni rag`batlantirish jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyotimizda muhim ijobiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash deganda, bir tomondan, davlat tuzilmalari tomonidan kichik tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishni rag`batlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish tushunilsa, boshqa tomondan, unga moddiy va moliyaviy resurslar kiritish ko’zda tutiladi. Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash soliq solish, kreditlash, sug`urtalash va investistiyalashdagi imtiyozli tartiblar va xokazolar shaklida namoyon bo’lishi kerak. Bu holda, u boqimandalikni rag`batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar tomonidan doimiy holat yoki raqobatbardoshlik va rentabellikni oshirishning asosiy manbai sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat ko’magining asosiy tamoyili biznesni ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va bozor xo’jaligini barqaror yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish bo’lmog`i lozim. Davlat ko’magi tarmoqli xususiyatlar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, omillar yaratish sifatida namoyon bo’lishi kerak. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning eng muhim vazifalari kichik korxonalarga teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq korxonalar o’rtasidagi xo’jalik imkoniyatlari bo’yicha farqni imkon qadar kamaytirish. Ya’ni raqobatli bozor munosabatlarida teng huquqlilikni, faoliyat turini erkin tanlash va mustaqillik hamda ishbilarmonlikni namoyon etishning shakl va usullarini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda teng imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlarning huquqlari va javobgarligini, imkoniyatlari va tavakkalchiligini aniq belgilashdir. Bunda ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyosiy va boshqa qulay sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi xo’jalik yuritish tizimini yaratishning bozor mexanizmlariga asoslanib respublikaning joriy va istiqbolli rivojlanish bosqichlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish vositasi hamdir. Iqtisodiy islohotlarning haqiqiy maqsadi-iqtisodiy o’sishga erishish, aholining yuqori turmush darajasini ta’minlovchi samarali iqtisodiyotni yaratish, O’zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida real ishtirok etishini ta’minlashdir. Davlatning iqtisodiyotga, shu jumladan, kichik biznes taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatishi davlat tomonidan shu sohaga taalluqli qonunlar yaratilishi bilan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Tadbirkorlik to`g`risida»9 , «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish»10, «Korxonalar to`g`risida»11, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish»12 to`g`risidagi qonunlar shu yo’lda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasidir. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlantirishning zarur me’yoriy-qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularni samarali amalga oshirish mexanizmi shakllana boshladi va uni davlat tomonidan keng miqyosda qo`llab-quvvatlash tizimi vujudga keltirildi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining “Erkin tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi13 qonuni va respublika hukumati tomonidan boshqa ko’plab me’yoriy xujjatlari qabul qilinishi muhim
____________________________
9O`zbekiston Respublikasining “O`zbekistonda tadbirkorlik to`g`risida”gi Qonuni. 1991-yil 15-fevral
10 O`zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida”gi Qonuni. 1991yil.
11 O`zbekiston Respublikasining “Korxonalar to`g`risida”gi Qonuni”. 1991-yil.
12 O`zbekiston Respublikasining Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish to`g`risida”Qonuni.1995-yil 21-dekabr.
13 O`zbekiston Respublikasining Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish to`g`risida”Qonuni.1995-yil 21-dekabr
ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday chora-tadbirlar ijobiy natijalarini bera boshladi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarib, aholi turmush farovonligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, makroiqtisodiy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash choratadbirlari amalga oshirilishi natijasida oxirgi yillarda kichik tadbirkorlikning rivojlanishida ijobiy siljishlar ro’y berdi. Uning kelgusida ham jadal sur’atlar bilan rivojlanishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan bo’lib qoladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlamasdan barqaror iqtisodiy o’sish va ijtimoiy soha muammolarini hal etish mumkin emas. Hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning kichik biznesni qo`llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirib kelindi:
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo’lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi;
kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda;
kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor infratuzilmasiga asos solindi;
imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdantashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes rivojlanishini rag`batlantiradi;
huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun davlat tomonidan belgilanayotgan soliq imtiyozlari etarli darajadagi rag`batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2011 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 7 foizdan 6 foizga pasaytirildi va 2012 yilda 5 foizga tushirilishi rejalashtirilmoqda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.
II bob. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish
2.1. Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy omillari
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o’tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo’llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish, uni rag’batlantirishga bag’ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon bo’lmoqdaKichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta’minlamoqda. Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yichqo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan. Mamlakatimizni rivojlantirishni 2017-2021 yillarga mo'njallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes oldiga juda keng ko'lamli vazifalar qo'ydi. Ushbu vazifalarni samarali tarzda yechish uchun kichik biznes sub'ektlarini boshqarishda innovatsion faoliyatga katta ahamiyat qaratilgan. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ham innovatsion tadbirkorlik bo'lishi kerak. Innovasion faoliyat tadbirkorlik faoliyatining mohiyatini tashkil qilishi kerak. Sharafli nomga ega bo'lish uchun har qanday shaxs o'z ustida ishlashi, yangiliklarni qidirish, yaratishi, izlanishi lozim. Bozor iqtisodiyotidagi keskin raqobat kurashida engib chiqib, yashab qolaman degan tadbirkor innovatsion faol bo'lishi, innovatsion boshqaruvni amalga oshirishi kerak. Bu hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Innovatsiya –bu raqobat qonunidir, bozor iqtisodiyotining o'ziga hos hususiyati bo'lib, u-siz bozor tizimi hech qachon rivojlanmaydi. 1-rasm. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish omillari. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1.Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2.Imkoniyatlardan foydalanish
3.Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm). Kichik biznes sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi. Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab qiladi. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1. Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2. Imkoniyatlardan foydalanish
3. Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm). Kichik biznes sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi. Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birgalikda, katta xarajatlarni qilib, bozorga olib chiqilgan mahsulotni bozorda yaxshi qabul qilmasliklari mumkin. U etarli miqdorda sotilmasdan, qilingan xarajatlar qoplanmasligi mumkin. Mahsulotning biron-bir hususiyati etarli darajada hisobga olinmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun har qanday tadbirkor har qanday yangi ishni, innovatsiyani amalga oshirish uchun ko'p marta o'ylashi, hisob-kitoblarni amalga oshirishi lozim. Shu bilan birgalikda. tadbirkorni innovasion tavakkalchilikka etaklaydigan bir kuch bor. Bu bozordagi raqobat kuchidir. Bozorda mahsulot ishlab chiqaruvchilar ko'pligidan, ular o'rtasida kuchli raqobat kurashi mavjuddir. Har bir ishlab chiqaruvchi ko'proq mahsulot sotishga harakat qiladi. Kimda-kim harakatni susaytirsa, xotirjamlikka berilsa, raqobatda yutqazib qo'yishi mumkin. Bunday xavf har qanday tadbirkorga doimiy ravishda yo'ldosh bo'ladi. Shu sababli, tadbirkorni innovasion faoliyatga undovchi kuch bo'ladi. Ana shu narsa – innovasion rag'batdir. Kichik biznes sub'ektlarida innovasion loyiha ustida shug'ullanish uchun ma'lum imkoniyatlarga ham ega bo'lish talab qilinadi.Unda qandaydir o'ylab topilgan yangilik yoki ilmiy-texnikaviy faoliyat natijasi bo'lishi kerak.Tadbirkor qandaydir ilmiy muassasaga topshiriq berishi, ichki yoki tashqi bozordan tayyor lisenziya sotib olishi, patent tadqiqoti o'tkazishi mumkin.Muammo bo'lsa, olimlar va tadqiqotchilar bu muammo ustida ishlaydilar va echimini topishga harakat qiladilar. Shu sababli, tadbirkor o'z muammolarini ilmiy-tadqiqot muassasalariga etkazishi lozim. Bunday ishlarning hammasi tadbirkorda mablag'bo'lishini talab qiladi. Yaratilgan yangilikni joriy qilish uchun ham mablag'bo'lishi kerak. Yirik innovatsiyalarni amalga oshirish uchun kichik biznes sub'ektlarida mablag'etishmaydi. Shu sababli,kichik biznes sub'ektlario'zaro birlashishlari mumkin. Shu yo'l orqaligina bunday cheklashlarni engib o'tishi mumkin. Natijada yirik tadbirkorlik sub'ektlari tashkil topadi. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo’jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi.
1.Kichik biznes subyektlarining ro’yxatdan o’tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro’yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.
2.Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to’lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy to’lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3.Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro’yxatdan o’tgan kunidagi soliq va majburiy to’lovlar stavkasini qo’llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko’proq yer maydoniga ega bo’lgan kichik korxonalar yagona yer solig’i to’lashi belgilab qo’yildi.
4.Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo’yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag’larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo’yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ma’sul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O’zbekistonda kichik biznes subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo’jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektlari ma’muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.
6.Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi “yagona darcha” tamoyili ostida faoliyat ko’rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi subyektlar uchun o’zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko’mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma’lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar” tashkil etilgan.
7.Respublika bo’yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo’yicha o’quv kurslari, xususiylashtirilgan obyektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.
2.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muhiti
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, ya’ni unga muvofiq, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni ko‘zda tutuvchi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
6. Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;
xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg‘armalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo‘yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi PF-4774-sonli (O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli (O‘R QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
10. Xo‘jalik subyektlari o‘rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:
yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining mansabdor shaxslarining ma’muriy javobgarligini ikki barobarga oshirish;
________________________
Lex.uz
2.3. Kichik va o`rta bizneslarni qo`llab- quvvatlash to`g`risida
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish va davlat, xo‘jalik va jamoatchilik tuzilmalarining qulay tadbirkorlik muhiti yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi ma’qullansin (ilova qilinmoqda).
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni ta’minlasinlar, respublikada tadbirkorlik harakatini rivojlantirishni keng targ‘ib qilsinlar.
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;
qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish;
qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog‘liq ilm-fanni qo‘p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
xo‘jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to‘ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.
Xulosa O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora-tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz 87 iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarining oldini olish va qarshi kurashish, “2009–2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralari dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda o’z faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini yanada oshiradi. Shu jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd etish joiz. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiyiqtisodiy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq, amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga qaramasdan Mintaqalarda bu sohada hali echimini kutayotgan muammolar ham bor. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli kesim (tuman, tarmoq va tadbirkorlik shakli)larda rivojlanish tendenstiyalarini aks ettirish va tartibga solishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar majmuini ishlab chiqish, ularning ayrim hollardagi past darajadagi faoliyat samaradorligi, iqtisodiy rivojlanish strategiyalari nomukammalligi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ancha ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga qaramasdan, quyidagi muammolar ham:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potenstiali to’liq darajada ochilmagan va safarbar qilinmagan; uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi o’sib borayotgan talablarga javob bermaydi;
davlat nazorat organlarining korxonalar xo’jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi davom etmoqda;
xizmatlar ko’rsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib borayotgan talabiga muvofiq emas. Shuning uchun xizmat ko’rsatish va 88 servis sohasida yuqori raqobat muhitini shakllantirish, xizmatlarning yangi turlarini, ayniqsa qishloq joylarida, rivojlantirish;
viloyatning eksport salohiyatini oshirishda kichik biznes korxonalarining ulushini oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini xar tomonlama qo`llab-quvvatlash, ushbu asosda aholining ish bilan bandligi va farovonligini oshirish;
viloyatimiz tuman va shaharlaridagi sarmoyali tadbirkorlarni izlab topish, ularga mahalliy xom ashyo salohiyatidan foydalangan holda uni qayta ishlash uchun minitexnologiyalarni olib kelishga ko’maklashish;
-korxonalarda eskirgan asbob-uskunalarni yangisiga almashtirish va modernizastiya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tavakkalchiligi yuqori bo’lgan shartnomalarini sug`urtalashni keskin oshirish;
viloyatning investistion salohiyati va chet el investistiyasini kiritish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarni tayyorlab, chet el sarmoyadorlariga etkazish choralarini ko’rish, bunda elchixonalar salohiyatidan, Internet tizimidan, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish tizimini joriy qilish;
tadbirkorlar tomonidan tanlangan zamonaviy uskunalarni sotib olish uchun moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, jamg`arma, lizing, faktoring va kredit mexanizmlaridan foydalanib, moliyaviy muammolarni hal qilish. Viloyat iqtisodiyotini modernizastiyalash sharoitida, xususan sanoatni taraqqiy ettirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi asosida quyidagi ilmiy xulosalar olindi: Buxoro viloyatida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida bu soha sezilarli darajada taraqqiy etmoqda. Jumladan, bunga respublikamizda qabul qilingan alohida qonunlar tizimi, me’yoriy xujjatlar, ayniqsa, Davlat dasturi asosida yaratilgan xuquqiy- 89 meyoriy bazasi zamin bo’ldi. Shu sababli, viloyatda bu toifadagi sub’ektlar soni yildan-yilga o’sib bormoqda.
1. Oxirgi vaqtda Buxoro viloyatida kichik biznes korxonalarining eksportga jo’natgan mahsulotlari nisbatan kamayib ketgan.
2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish, ular faoliyatiga aralashuvni keskin cheklash, hisobot topshirishni soddalashtirish, soliq solish tartibiga bir qator o’zgartirishlar kiritilganligi, kichik biznes sub’ektlariga kreditlar ajratish, ularga mikroiqtisodiy muhit borasida keng qulayliklar yaratitib berilganligi viloyat tadbirkorlari uchun muhim voqea bo’lib, kichik biznes sub’ektlarining viloyat ichki hududiy mahsulotidagi ulushining oshishiga sabab bo’ldi.
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning kichik biznes va uni moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha o’rganish va samarali bo’lgan usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilish dolzarb masaladir. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish, buning natijasida, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi turmush darajasini ko’tarishga muhim zamin yaratadi.
4.Ilmiy kuzatishlarimiz ko’rsatishicha, bugungi kunda kichik biznes korxonalarini qo`llab-quvvatlashning bozor infratuzilmasi barpo etilgan. Infratuzilma muassasalarining maqsadi: axborot, maslahat, o`qitish, prognoz, tahlil, ilmiy-texnika, moliyaviy (kredit resurslari) xizmatlar bilan ta’minlash orkali kichik biznesni qo`llab-quvvatlash uchun ijobiy shart-sharoit yaratish va amalga oshirish tavsiya etiladi.
5.Viloyatda kichik biznesni qo`llab-quvvatlash infratuzilmasining turli shakllari va faoliyat ko’rsatish xizmatlari mavjud. Biroq bu iqtisodiy tizimning to’la bozor munosabatlariga o’tishida muhim omil bo’lib xizmat qiluvchi moliya kredit, birja va savdo vositachilik, tashqi iqtisodiy jabhalari yaxshi rivojlanmagan, chunki bu xizmatlar markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimida amal qilmas edi. 90 Hozirda esa kichik biznesga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni shakllantirib borishga katta e’tibor berilmoqda.
6. Mahsulot ishlab chiqarish xajmining kengayib borishi, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi munosabati bilan kichik biznes sub’ektlarining yangi texnika va texnologiyani tatbiq qilishga, auditorlik xizmati, loyiha ishlari, huquqiy xizmat ko’rsatish, marketing, transport xizmatlari, bozor kon’yunkturasini o’rganish xizmatlariga va boshqa infratuzilma xizmatlariga extiyoji ortib boradi. Shuningdek, infratuzilmaning xizmat ko’rsatish tarkibiy qismlari asosan yirik shaharlarda faoliyat ko’rsatadi. Kichik biznes faoliyatini yanada rivojlantirish uchun viloyat va tuman markazlarida ham axborot hisoblash xizmati va marketing markazlari tashkil etilishi lozim.
7. Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valyutaga sarf qilingan xarajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investistiyasi negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Respublikada mablag` bilan ta’minlashning noan’anaviy usullarini jalb etish, iqtisodiy yuksalishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 8. Infratuzilma kichik biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik biznes sub’ektlari ko’proq paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylarini yaratish va shu orkali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal etilishiga erishishni, aholining real pul daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari paydo bo’lishini, soliq tushumlarining ko’payishini, mahalliy byudjet daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda sog`lom raqobat muhitining yaratilishi hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning mustahkamligini ta’minlaydi.