Mavzu: Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni baholash Kimyoviy qurol



Yüklə 25,12 Kb.
səhifə1/4
tarix25.06.2022
ölçüsü25,12 Kb.
#62279
  1   2   3   4
hfx 8 kimyoviy qurol


Mavzu: Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni baholash
Kimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi.
Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi.[1]
Kimyoviy qurol turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi:

  • zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga taʼsiri;

  • taktik maqsadi;

  • taʼsir qilish tezligi;

  • zaharllovchi taʼsirning davomiyligi;

Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng:

  • halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi.

  • Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi.

  • Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi.

  • Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega.

Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.
Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kimyoviy qurollar nemis armiyasi tomonidan 1915-yyilda Ikri (Belgiya)dagi jangda qoʻllanilgan. Keyinchalik boshqa armiyalar ham qoʻllay boshladi. Kimyoviy qurollar Jeneva bayonnomasi (1925) bilan taqiqlangan. Biroq baʼzi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (masalan: AQSH Koreya va VyetnamdaIsroil Livanda Kimyoviy qurollarni qoʻllagan).
Qrim urushida (1854-yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qoʻlansa moddalar — odorantlardan foydalanishgan (sassiq qoʻzan effekti). Vyetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qoʻllagan. Bunda Vyetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni toʻkish maqsadi boʻlgan boʻlsa ehtimol.
I jahon urushida kimyoviy qurollar qoʻllash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali boʻlib chiqdi. Kimyoviy qurolning taʼsir samarasi koʻp jihatdan ob havoga — shamolmimg yoʻnalishi va kuchiga bogʻliq edi. Qoʻllovchi tarafning oʻzi ham oʻz kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar koʻrardi va anʼanaviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qoʻllanilmagan boʻlsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan.
Masalan:

  • 1920 −1926-yillardagi Rif urushida Ispaniya va Fransiya tomonidan;

  • 1935-1936-yillardagi ikkinchi Italiya-Efiopiya urushida italyanlar tomonidan;

  • 1937-1945-yillarda ikkinchi Yapon-Xitoy urushida Yaponiya;

  • 1938-yil, Xasan koʻlidagi SSSR va Yaponiya mojarosida Sobiq ittifoq tomonidan;

  • 1941-1945-yillar II jahon urushida fashistlar tomonidan (Adjimushkay tosh yomgʻiri);

  • Tonkin janjalida (Vyetnam urushi) 1957-1975, har ikkala taraf;

  • Yaman fuqarolar urushida, 1962-1970-yillar Misr armiyasi;

  • 1980-1988-yillardagi Eron — Iroq urushida har ikkala taraf;

  • 2003-yil Iroq urushida qoʻzgʻolonchilar tomomidan kilmyoviy qurollar qoʻllanilgan.

  • 2013-yil Suriyada avj olgan ichki qurolli mojaro sabab, hukumat kuchlari va qurollangan jangarilar ortasidagi harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.

  • Bundan tashqari 1995-yili Tokio metrosida „Aum Senrikyo“ terrorchi guruhi Zarin gazi bilan qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirgan. II jahon urushida, fashistlar, bosib olingan hudud aholisini va harbiy asirlarni konslagerlarda ommaviy qirgʻin qilish uchun Tsiklon-B nomli kimyoviy quroldan foydalanishgan.

Kimyoviy quroldan foydalanishni taʼqiqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib koʻrilgan.
Ulardan dastlabkisi 1889-yilgi Gaaga konvensiyasi boʻlib, uning 23 moddasida „Qoʻllanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni oʻldirish boʻlgan harbiy aslahalarni taʼqiqlash“ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda, 1925 yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993-yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va amalda qoʻllashni taʼqiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yoʻq qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi.
Parij konvensiyasi (1993)ga muvofiq, Kimyoviy qurollar zahiralari butunlay yoʻqotilishi lozim. Ular inson salomatligi va tabiat uchun oʻta xavfli boʻlganligidan ularning zahiralarini yoʻqotish ishlari maxsus obʼyektlarda amalga oshiriladi. 1993-yil maʼlumotlariga koʻra, Kimyoviy qurollar zahiralari Rossiya (sobiq Ittifoq) da 40 ming tonnani, AQSH da 29 ming tonani tashkil etgan. Ikkinchi jahon urushida nemislardan qolgan (trofey) Kimyoviy qurollar zahirasi (taxminan 300 ming tonna) dengizga choʻktirib yuborilgan.[2]
Kimyoviy qurollar bugungi kunda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirda jahon boʻyicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirgʻin qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan taʼqiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993-yildagi xalqaro kelishuvga koʻra qatʼiy toʻxtatilgan. Biroq, shunga qaramay, soʻnggi vaqtlarda taʼqiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qoʻllanilayotganligi haqidagi xabarlar gʼarb OAVlari boshchiligida, tobora koʻp tarqatilmoqda. Xususan, 2011-yilda boshlangan „Arab bahori“ inqilobiy toʻlqini taʼsirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat eʼtiborida boʻlib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.
1914-yil avgustida, Kayzer Germaniyasi tomonidan boshlangan I-jahon urushi, ma'lum vaqt o‘tgach, ittifoqchi davlatlar qo‘shinlari tomonidan Germaniyaning o‘zini mag‘lubiyatga uchratila boshlanishi bilan, mazkur mamlakat uchun tahdidli yo‘nalishga kirdi. Germaniyaning urush harakatlari borgan sari muvaffaqiyatsizliklarga uchray boshladi, armiya jiddiy talofotlar ko‘rdi. Mazkur vaziyatda, nemis harbiy qo‘mondonligi, Berlindagi Fizik Kimyo va Elektrokimyo Institutiga dushmanga ommaviy zarba bera oladigan kimyoviy qurol to‘g‘risida murojaat qildi. Mazkur institutning rahbari - Frints Gaber (1868 - 1934) shaxsan mazkur yo‘nalishda ish olib bordi va olmon armiyasiga dastlabki kimyoviy qurol - Xlorning maxsus gazini yetkazib berdi. Ta'kidlash joizki, bunday gazni Gaberdan ancha muddat avval, hamda, butunlay boshqa maqsadlarda bir guruh talabalar sintez qilib olishgan edi. Ular orasida taniqli olim Nikolay Zelinskiy (1861-1953) ham bo‘lib, keyinchalik bu olim, o‘zi ishtirok etgan kashfiyot, odam o‘ldirish uchun qo‘llanilayotganligini bilgach, undan himoyalovchi maxsus vositani o‘ylab topishni va ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yishni o‘z insoniy burchi deb bildi. Aynan Zelinskiy vijdon oldidagi burch yuzasidan, dastlabki gazdan himoya niqoblarini' (protivogaz) loyihaladi. Demak, Gaberga qaytsak, u tomonidan nemis armiyasiga yetkazib berilgan, zaharli gaz to‘ldirilgan kimyoviy zaryadlar bilan o‘t ochuvchi maxsus minomyot tarixda birinchi marotaba 1915 yilda Belgiyaning Flandriya o‘lkasidagi Ipr qishlog‘i yaqinidagi jangda qo‘llanildi. Shu tufayli mazkur kimyoviy qurol, «Iprit gazi» nomini oldi. Iprit havoga purkalgan vaqtda, ittifoqchi qo‘shinlarning ko‘p sonli askarlari zaharlanib jang qobiliyatini yo‘qotdilar. Asosan ko‘z shilliq pardasini kuchli o‘yuvchi xususiyati bilan mazkur qirg‘in quroli askarlarning nafas yo‘llariga ham bo‘g‘uvchi ta'sir ko‘rsatgan. Jang maydonidagi dahshatni yanada orttirib, katta miqdordagi askar yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan. Ipritdan himoyalovchi maxsus niqoblar frontga yetkazilgunga qadar, bu usulda nemis armiyasi bir necha janglarda ittifoqchi qo‘shinlarga zarba bera oldi. Protivogazlar ham o‘sha vaqtlarda mukammal emasdi va ko‘p sonli harakatdagi armiyaga yetarli miqdorda ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yilmagan edi...

Yüklə 25,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin