Mavzu: kimyoviy reaksiyalar va kimyoviy bog’lanish turlari



Yüklə 183 Kb.
səhifə1/4
tarix12.05.2022
ölçüsü183 Kb.
#57701
  1   2   3   4
KIMYOVIY REAKSIYALAR VA KIMYOVIY BOG’LANISH TURLARI


MAVZU: KIMYOVIY REAKSIYALAR VA KIMYOVIY BOG’LANISH TURLARI

Reja:


  1. Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari.

  2. Kimyoviy reaksiya turlari.

  3. Kimyoviy bog’lanish turlari.


Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari.

Oddiy sham ochiq havoda turganda hech qanday hodisa yuz bermaydi, agar u gugurt alangasi yordamida qizdirilsa, kimyoviy reaksiya boshlanadi. Tabiiy gaz va tabiiy gaz va hovo yopiq honada o’zaro ta’sirlashmaydi, lekin elektr yoritgich ulagichidan chiqqan kichik uchqun yoki cho’g’lanib turgan sigareta xonada kuchli portlashga sabab bo’ladi. temir bo’lagi havo kislorodi bilan sekin-asta tasirlashadi (zanglaydi), oq fosfor bo’lagi esa havoda darhol yonib ketadi Kimyoviy o’zgarishlar – kimyoviy reaksiyalarda bir xil moddalardan boshqalari hosil bo’lishi va bunda moddalarning belgilari yo’qolib, yangi moddlarning o’ziga xos yangi belgilari xosil bo’lishi, issiqalik yutilishi yoki chiqishi kimyoviy reaksiya sodir bo’lganligiga asos ekanligini bilib olgnamiz. Kimyoviy reaksiyalar borishi uchun ma’lum shartlar bajaruilishi kerak:



  1. Ba’zi kimyoviy reaksiyalarning sodir bo’lishi uchun issiqlik berilishi kerak. Yuqorida aytilgan hodisalarni tahlil qilamiz: Sham havoda o’zgarishsiz turadi, lekin yonib turgan cho’p uning piligiga tekkizilsa, sham suyuqlanadi(fizik o’zgarish) va pilik orqali shimilib yona boshlaydi( kimyoviy hosdisa) va o’chirib qo’yilmaguncha yonish davom etadi. Bu holda issiqlik berish reaksiyasining boshlanishi uchun, keyin reaksiya jarayonida issiqlik chiqib, reaskiya o’zicha davom etadi. Yog’och va qog’oz, boshqa yonuvchi moddalar yonganda ham shunday hodisa ro’y beradi. Lekin, ba’zi reaksiyalar uchun issiqlik to’ztovsiz berilishi kerak, agar qizdirish to’ztatilsa, reaksiya ham to’xtaydi: shakarning parchalanishi shunday reaksiyaga misol bo’ladi.

  2. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molekulalari to’qnashishi kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning bir –biriga tegib turishi va ularning ta’sirlashish sathi katta bo’lishi uchun maydalaniladi, kukun holiga keltiriladi yoki eruvchanlik hususiyati yuqori bo’lsa eritib ham juda mayda zarraga aylantiriladi. Bunday holda kimyoviy reaksiya o’tkazish juda oson bo’ladi.

Yuqoridagi kabi, temitga nam havo kislorodi, oq fosforga havo tegishi bilan sodir bo’ladigan reaskiya uchun moddlarning bir- biriga tegib turishining o’zi kifoya qiladi. Lekin ko’pincha moddalar bu kabi bir – biriga tegib turishining o’zi kifoya qilmaydi.

Masalan, mis xona xaroratida havo kislorodi bilan ta’sirlashmaydi (buning uchun bir necha yillar vaqt kerak bo’ladi), bu reaksiyani tezda amalga oshirish uchun misni qizdirish kerak bo’ladi. Demak kimyoviy reaksiyalar sodir bo’lishi o’z – o’zidan amalga oshmas ekan. Buning uchun yuqori ko’rilgani kabi bir qator shartlar bajarilishi kerak bo’ladi.



Yüklə 183 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin