Mavzu. Kompyuterning arxitekturasi haqida asosiy tushunchalar



Yüklə 267,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü267,16 Kb.
#122203
  1   2   3   4   5
1-MA`RUZA



1 – MAVZU. KOMPYUTERNING ARXITEKTURASI HAQIDA 
ASOSIY TUSHUNCHALAR 
 
Reja: 
 
1.1. 
Komp’yuterning yuzaga kelishi
 
1.2. 
Komp’yuterning rivojlanish bosqichlari
 
1.3. 
Komp’yuter xonasiga bo’lgan sanitariya va gigienik talablar
 
1.4. 
Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni to’g’ri tashkil etish
 
 
Tayanch iboralar: universal, analogli, integral sxemalar, yarim utkazgichli, 
optoelektronli, perfokarta, tezkor xotira, display,
mantiqiy element. 
 
1.1. KOMP’YUTERNING YUZAGA KELISHI 
 
Komp’yuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u 
hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa 
ma`lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski 
nomi – komp’yuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma`lumotlarni qayta 
ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida 
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy komp’yuter bor xolos. Bunga 
albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy komp’yuterlar ilgari 
universal deb hisoblangan komp’yuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha 
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni echish uchun bu 
komp’yuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda komp’yuter 
termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM 
(hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz 
soddalik uchun faqat komp’yuter terminidan foydalanamiz. Komp’yuterlarning 
amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli komp’yuterlar foydalanilishi, bajaradigan 
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari 
yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan 
mamlakatlarda komp’yuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.

Yüklə 267,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin