Mavzu: Kompyuterning raqamli-mantiqiy sathi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH FANIDAN
1-MUSTAQIL ISHI
Fan o‘qituvchisi: Qurbonov.A
Talaba: Allamurodov.F
Mavzu: Kompyuterning raqamli-mantiqiy sathi
Kompyuter sathlari: Ko’pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. Kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko’rinishda ifodalangan holda o`rganamiz.
0- Raqamli-mantiqiy sathi;
1- Mikroarxitektura sathi;
2- Buyruqlar to`plami arxitektura sathi;
3- Operatsion tizim sathi;
4- Assembler sathi;
5- Amaliy dasturlash tillari sathi;
Kompyuterning raqamli-mantiqiy sathini tashkil etish.
Nolinchi sath - bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya'ni nolinchi sath ob'ektlari ventillar, ya'ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi.
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registrlardan foydalaniladi.
Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1.Nolinchi avlod mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) -Paskal (1642 yil), Leybnits (1672 yil) va Bebbidjlar (1722 yil) tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlar.
2.Birinchi avlod elektron lampalar asosida qurilgan kompyuterlar (1945-1955 yillar) Fon Neyman tamoili asosida qurilgan kompyuterlar.
3.Ikkinchi avlod tranzistorlar asosida qurilgan kompyuterlar (1955-1965 yillar).
4.Uchinchi avlod integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1965-1980 yillar).
5.Tortinchi avlod katta integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1980 yillardan boshlab) Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32) va Pentium protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar.
6.Beshinchi avlod ko’rinmas kompyuterlar.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |