Mavzu; Konchilik tarixi Reja; I kirish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/4
tarix06.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#108845
  1   2   3   4
konchilik tarixi

Navoiy innovatsiyalar instituti Innovatsiyalar fakulteti Konchilik ishi yo’nalishi Konchilik ishi fanidan Mustaqil ishi


Guruh;
Topshirdi;
Qabul qildi;

Mavzu; Konchilik tarixi

Reja;

I Kirish

1. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tashkil topishi.

2. Janubiy kon boshqarmasi.

3. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng sanoatning o’rni.

II. Xulosa


Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) - "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958-yilda tashkil topgan. Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va toʻqimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqariladi. Qidiruv-razvedka ishlari, maʼdanni qazib olish va uni qayta ishlashdan boshlab to uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9) oltin olishgacha boʻlgan tugallangan jarayonni amalga oshiruvchi sanoat korxonasi hisoblanadi.
Konchilik tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod,Muruntov konidan oltin rudalari qazib olish.shaharlari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa sanoat, madaniy-maishiy obʼyektlar bor.
Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri) 1958-yilda barpo etilgan. Uchquduq koni negizida uran maʼdanini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; "Koʻkpatas" konining tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishini tashkil etadi; Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) — Muruntov noyob oltin konini oʻzlashtirish uchun 1964-yilda barpo etilgan

1967-yilning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshkarmasi (Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini oʻzlashtirish maqsadida 1964-yilning yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va polietilen quvurlarni va boshkalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod shahri) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971-yilning fevralida Bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida oʻzlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-yilda Navoiy NKMK tarkibiga uning tarkibiy boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954-yilda Chovli uran konini oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995-yildan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi — 1963-yilning oktabrda kombinat boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) — 1992-yilda Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi sifatida tashkil qilingan.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin