Mavzu: Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar Reja



Yüklə 8,78 Mb.
tarix01.12.2023
ölçüsü8,78 Mb.
#170705
soha iqtisodiyoti

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “SERVIS” fakulteti PT(TVM)- 551-21-guruh talabasi
Hasanov Behzodning Soha iqtisodiyot va menejmenti fanidan
MUSTAQIL ISH Bajardi: 551-21-guruh talabasi Hasanov Behzod Qabul qildi: Jabbarov. D.B.

Mavzu: Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar

Reja:

1.Korxona tuzilmasi haqida umumiy malumot.

2.Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasi shakllari.

3. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi samaradorligini oshirish yo’llari.


Korxona faoliyatining yakuniy natijasini belgilovchi muhim omillardan biri uning ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimining samarali tashkil etilishidagina xo‘jalik tizimi o‘zida ishlab chiqarish vositalari va ishchilarni birlashtirgan yagona harakatlantiruvchi mexanizmga aylanadi.
Har bir korxona turli sex, uchastka va xo‘jaliklardan, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi. Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari shuningdek boshqaruv va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar soni umumiy strukturani tashkil etadi.
Umumiy strukturadan farqli ravishda ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o‘lchamlaridan, sexlar soni, tarkibi, salmog‘i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlarining tarkibida o‘z aksini topadi
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:
  • texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
  • ishlab chiqarish hajmi;
  • ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;
  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;
  • mulk shakli;
  • raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.

Yüklə 8,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin