Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili Abdudslomov Abdulaziz reja



Yüklə 44,08 Kb.
səhifə1/9
tarix27.12.2023
ölçüsü44,08 Kb.
#199540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili-fayllar.org


Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili

Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Abdudslomov Abdulaziz


REJA:

1.Kirish.


2.Asosiy qism: I.Korxonaning to‘lov qobiliyati.
II.Korxonaning to‘lov qobiliyatini baholash.
III.To'lovga qodirlik ko'rsatkichlari va ulami.
hisoblash usullari.
3. Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar.







Kirish
Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining tijorat faoliyatlari davomida soliq organlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, mol etkazib beruvchilar, ishlab chiqarishga yaqindan yordam beruvchi infratuzilma subyeklari va boshqa shu kabi korxona va tashkilotlar bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Huddi shuningdek, mazkur xo‘jalik subyektlari ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikka kirishadi. Bunday iqtisodiy hamkorlik aloqalari tomonlardan to‘lovga layoqatli bo‘lishni, shartnomada keltirilgan etkazib berish shartlari va to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish talabini qo‘yadi. Aks holda, hamkorlikka ishonchsizlik aralashib iqtisodiy munosabatlarga putur etadi. SHu o‘rinda savol tug‘iladi. Tomonlar shartnoma tuzishdan avval nimalarga e’tibor qaratishlari zarur?
Darhaqiqat, shartnoma shartlari bajarilish sharoitida buzilmasligi va har ikkala tomonning ham o‘zaro aloqalariga putur etmasligi uchun tomon (hamkor)lar o‘zaro shartnomani bajarish qobiliyatilarini oldindan o‘rganib tahlil qilib chiqishlari zarur. Shartnoma shartlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi ishlab chiqarish sohasida inqiroz hatarini vujudga keltiruvchi asosiy omillardan biridir.

Har qanday hamkorlik ortida iqtisodiy manfaat va iqtisodiy qiziqishlar yotadi. Buni pul qiymatida ifodalaganda, shartnoma yoki sherikchilikning qiymatini ko‘rish mumkin. Mazkur qiymatni to‘lov majburiyati bir tomonga va uni qiymati darajasidagi xizmat ko‘rsatish va (yoki) mahsulot etkazib berish mas’uliyati ikkinchi tomonga tushadi. Bunday vaziyatda, aksariyat hollarda to‘lov majburiyatini o‘z bo‘yniga olgan tomonga mas’uliyat va talab ko‘proq bo‘ladi. Chunki, hamkorlik qilishni istagan har qanday yuridik shaxs avvalo bo‘lajak sherigini to‘lov qobiliyatini shuningdek, aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarni o‘rganishga intiladi. Sababi keyingi hamkorlikdagi aloqalarda sherikchilik bilan bog‘liq to‘lov munosabatlari yuzaga keladi. Bu sharoitda to‘lov xatari yuzaga kelmasligi va muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida ham hamkorning to‘lov qobiliyati tubdan o‘rganiladi.




Yüklə 44,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin