MAVZU: Massivlarni saralash Ishni maqsadi: Massivlarni saralash usullarini o’rganish Masalani berilishi:А)Tanlash usulida saralash В)Almashtirish usulida saralash
Saralash– bu massiv elementlarini tartiblash ( o’sish, kamayish, oxirgi raqami, bo’luvchilari bo’yicha, …).
Masala. Massiv elementlarini o’sish tartibida saralansin.
a)Tanlash usuli. Ushbu usul bilan saralashda ma’lumotlarning tartibga solingan ketma-ketligi xotiraning dastlabki ketma-ketlik joylashgan uchastkasining o’zida tashkil etiladi. Birinchi o’tish davomida eng kichik element izlanadi. Bu element topilganidan so’ng uni dastlabki ketma-ketlikdagi birinchi element bilan joyi almashtiriladi, natijada eng kichik element tuzilayotgan tartibga solingan ketma-ketlikda birinchi holatni egallaydi. So’ngra qolgan elementlar ichidan keyingi eng kichik element izlanadi. Topilgan bu element ham dastlabki ketma-ketlikning ikkinchi elementi bilan joyi almashtiriladi. Ikkinchi o’tishdan so’ng ikki elementdan iborat bo’lgan ketma-ketlik tuzilgan bo’ladi, ulardan birinchisi ikkinchisidan kichik bo’ladi. Kalitining qiymati eng kichik bo’lgan keyingi elementni izlash va uni dastlabki ketma-ketlikning tegishli pozisiyalariga joylashtirish barcha elementlar oshib boruvchi tartibda saralanib bo’lingunga qadar davom etadi.