Mavzu: Menejment fanining umumfalsafiy usullari Reja: Menejment tushunchasi



Yüklə 19,76 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü19,76 Kb.
#165098
  1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish Menejment


Mavzu:Menejment fanining umumfalsafiy usullari
Reja:
1.Menejment tushunchasi
2.Menejmentni san’at turi deb e’tirof etish uchun asos bo’luvchi g’oyalar
3. Tashkiliy va iqtisodiy samaradorlik
4. Ijtimoiy samaradorligining ko’rsatkichlari va turlari

Menejment tushunchasiga ta’rif berishda bugungi kungacha bir necha iqtisodchi olimlar turlicha yondashganlar, jumladan:
Menejment – bu insonning nima qilishni xohlashini bilish va bajarilgan ishni eng maqbul, kam chiqim usulda ekanligini ko’ra olish san’atidir. F.Teylor (1856–1915).
Menejment bu ishni, ishchilarni, menejerlarni va biznesni boshqaradigan ko’p maqsadli organdir. P.Drukker (1909-2005).
Menejment rasmiy tashkil etilgan kishilar guruhi orqali maqsadga erishish san’atidir. G.Kuntz (1908‑1984).
Menejment kishilar orqali muammolarni hal qilish san’atidir. M.Folet ( 1868 -1933).
Menejment – bu o’zgalar faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdir. A.Fayol (1841-1925).
Menejment – bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. M.Sharifxodjaev (1932-2008).
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment ‑ bu tashkiliy maqsadlarga moddiy va nomoddiy resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali samarali yo’l bilan erishish san’atidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish.
Yuqorida berilgan ta’riflarni tahlil qilgan holda menejmentning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

1. Menejment – bu uzluksiz jarayondir. Boshqaruv jarayoni korxonalarni muvafaqqiyatga erishishida zarur bo’lgan resurslarni ta’minlash uchun resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalaridan iborat. Yagona funksiyaning o’zi qo’yilgan maqsadga erishishda etarli bo’lmaydi. Shuning uchun menejment yuqoridagi funksiyalarni uzluksizligidan iborat bo’ladi.

Yüklə 19,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin