Mexanika (grekcha: μηχανική — „qurol“, „inshoot“) — tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Moddiy nuqta mexanikasi, moddiy nuqtalar tizimi mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi va tutash muhit mexanikasi kabi boʻlimlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika boʻlimlariga boʻlinadi. Mexanikaning mexanika qonunlarini amaliy masalalar — mashinalar, mexanizmlar va boshqa inshootlar yasashga tatbiq qilish bilan shugʻullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy) mexanika deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi qurilish mexanikasi deyiladi. Mexanika bilimlari qadimdan mavjud. Neolit va jez davrida gʻildirak maʼlum edi, bir oz keyin esa richag, polispast va boshqa qoʻllanilgan. Qadimgi (miloddan avvalgi 3-asr) Misr ehrom (piramida)lari, Bobil, Xitoy, Xorazm, So'gʻdiyona va Eronda saqlanib qolgan suv inshootlari ularni qurishda richag, pona, qiya tekisliklardan foydalanilganligini koʻrsatadi. Oʻrta Osiyoda qadimdan charxpalak va chigʻirdan foydalanilgan.