Mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Reja: Kirish



Yüklə 30,07 Kb.
səhifə1/10
tarix22.12.2023
ölçüsü30,07 Kb.
#190142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. R-fayllar.org


Mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Reja: Kirish

Mavzu: Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari.
Reja:


Kirish


1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
3. Yalpi milliy mahsulot (YaIM)ni hisoblash usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (qarang Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir (qarang Davlat kapitalizmi).
Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda (qarang Davlat sotsializmi).
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy tizimlar birikmasidan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni vujudga keltirdi.


Yüklə 30,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin