Mavzu: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar



Yüklə 304,27 Kb.
səhifə1/4
tarix22.10.2022
ölçüsü304,27 Kb.
#65904
  1   2   3   4
1440388792 61427

Mavzu: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar

  • Milliy va umuminsoniy qadriyatlar
  • Reja:

    1. Ma’naviyat haqida tushuncha.

    2. Qadriyatlar to’g’risida.

    3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.

Inson yaralibdiki, u yoki bu darajada ma'naviy qiyofaga ega bo'lgan. Yovvoyilik davrida ham ba'zi insonlar insofli, o'ljani boshqalar bilan baham ko'radigan, ba'zilari esa faqat o'zini o'ylaydigan, xudbin ekanligini kinofilmlarda ham ko'ramiz. Demak, ma'naviyat tarixan konkret (aniq) xususiyatlarga ega ekan. U qadim zamonlardan to hozirgi kungacha dunyoning barcha xalqlari tomonidan yaratilgandir. Shu sababli har bir xalq va millatning o'ziga yarasha, o'ziga mos, o'ziga xos bo'lgan ma'naviyati bor. Ma'naviyat har bir xalqning ijtimoiy muhitiga bog'liq.

  • Ma'naviyat - kishilarning egallagan bilimlari, qadriyatlari, madaniyati, olgan bilimlarini hayotda qo'llay bilish kabi holatlar bilan belgilansa, ma'naviy va madaniy meros «tarixiy boylik singari» ajdodlar tomonidan avlodlarga qoldirilgan ma'naviy meros ichidan millatning shu kundagi hayotiga asqotib turgan qismidir. Ota-bobolarimizning boy ma'naviy va madaniy xazinasidan bizga faqat bir qismigina yetib kelgan. Ular ma'naviy yoki madaniy yodgorlik sifatida qadrlanadi.

Moddiy va ma'naviy madaniyatlar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Ularning har ikkalasi ham madaniyat ekanligini unutmaslik kerak. Negaki inson faoliyatining mahsuli bo'lgan ko'pgina narsalar ham aqliy, ham ma'naviy, ham jismoniy mehnatning natijasi sifatida pay do bo'ladi. Shunday ekan, madaniyat taraqqiyoti o'zidan oldingi avlodlar yaratgan qadriyatlarni o'zlashtirishdan boshlanadi. U yangi qadriyatlarni yaratish yo'lida tayanch vazifani o'taydi.

Shu bilan birga, har bir jamiyat o'tmish madaniy merosini qanday bo'lsa, shundayligicha, ko'r-ko'rona qabul qilib olmaydi.

“Qadriyat” tushunchasi madaniyatshunoslikning asosiy tushunchalaridan biridir. Ayrim tadqiqotchilar uni davrning ehtiyojini belgilaydi, ya’ni tarixiy xususiyat kasb etadi deb hisoblasa , boshqa bir tadqiqotchi Rikert, aksincha, qadriyat doimiy, universal xususiyatga ega deb hisoblaydi. T. Parsonsning fikricha , qadr me’yoriy andozadir. Mazkur turli xil. Hatto qarama-qarshi fikrlardan qadriyatning ma’nosi ko’p qirrali ekanligi anglanadi.


Yüklə 304,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin