Mavzu: Mol-mulk sug’urtasi. Reja: Fuqarolar mulkini sug’urtaviy ximoyalash asoslari. Xuquqiy shaxslar mulkini sug’urtalash



Yüklə 50 Kb.
səhifə1/4
tarix25.05.2022
ölçüsü50 Kb.
#59448
  1   2   3   4
11.-Mavzu


Mavzu: Mol-mulk sug’urtasi.
Reja:
1. Fuqarolar mulkini sug’urtaviy ximoyalash asoslari.
2. Xuquqiy shaxslar mulkini sug’urtalash.
3. Zararni va sug’urta qoplamasini aniqlash tartibi.
1. Fuqarolar mulkini sug’urtaviy ximoyalash asoslari. O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiq mulk davlat, xususiy va jamoat birlashmalari ixtiyorida bo’lishi mumkin. Fuqarolarning real daromadlari ortishi bilan fuqarolar mulkining tarkibi uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaxo predmetlar xisobiga ortib boradi. Bu bilan yangi sug’urta ob’ektlari paydo bo’ladi. Fuqarolar mulkining tarkibini o’zgarishi va miqdorining ko’payishi sug’urtaviy ximoyalash extiyojini shakllantiradi. Bu esa mazko’r mulklar sug’urtasini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Fuqarolarning barcha mulklari yig’indisini ularning oila extiyojlarini qondirishga nisbatan muximlik darajasi bo’yicha ikki toifaga bo’linadi. 1.Zaruriy mulk ya`ni birlamchi extiyoj uchun muxim bo’lgan xamda nobud bo’lishi shaxsiy manfaatlaridagina emas, balki jamiyat manfaatlari uchun xam taalluqli bo’lgan mulk: 2.Boshqa mulklar, kaysi nobud bo’lishi faqatgina shaxsiy manfaatlargagina tegishli. Birinchi toifa mulkining (uy-joylar, qishloq xo’jaligi xayvonlari, qaysiki ular oilaning xayot kechirish manbai bo’lsa) nobud bo’lishi mulk egasiga favqulotda zarar etkazishi mumkin, shu bilan birga u tashqi yordamsiz vaziyatdan chiqa olmasligi mumkin. Bu mulkning nobud bo’lishida davlat fuqarolarga moddiy yordam ko’rsatishga majbur bo’ladi. Bunday mulklarni sug’urtaviy ximoyalash maqsadida davlat birinchi toifaga tegishli mulklarni, ularning qiymatini ma`lum minimumi miqdorida majburiy sug’urtalashni tashqil etadi. Qiymatning qolgani ixtiyoriy sug’urtaga tegishli bo’ladi. Ikkinchi toifa mulklari (transport vositalari, ro’zgor buyumlari va xokazo) faqat ixtiyoriy sug’urtalanishi mumkin. Ixtiyoriy sug’urtaning amaldagi shartlari fuqarolar mulkining barcha guruxlarini qamrab olmaydi. Majburiy sug’urta bo’yicha fuqarolarning quyidagi qurilmalari sug’urta qilinadi: uy-joylar, garajlar, qo’rg’on devorlar, issiqxonalar, xo’jalik extiyojidagi qurilmalar, omborxonalar, xayvonlarga mo’ljallangan xonalar va boshqalar. Sug’urtalanuvchilar bo’lib qurilmalarning shaxsiy mulk sifatidagi egalari xisoblanadi. SHaxar joylarda fuqarolarga tegishli bo’lgan qurilmalar va ularning baxosi to’g’risidagi ma`lumotlar kommunal xo’jalik organlaridan olinadi. Qishloq joylarida esa qishloq fuqaro yiginlarining xo’jalik daftarlaridagi ma`lumotlar asosida xisobga olinadi. Majburiy sug’urtaga taalluqli bo’lgan qurilmalar ularning qiymatini 40 foizi miqdorida sug’urtalangan xisoblanishi kerak va bu ob`ektning sug’urta so’mmasi xisoblanib xamda undan kelib chiqib qurilma egasi sug’urta badallarini to’lashi lozim. Biroq xozirgi sharoitda narxlarning tez o’zgarib turganligi sababli fuqarolarga tegishli mulklar majburiy sug’urtasi bo’yicha so’mmalari va badallar miqdori O’zbekitson Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan belgilanmoqda.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin