Mavzu: muhit omillarining inson organizmiga ta’siri. Reja: ekologik omillar muhit omillarining inson organizmiga ta’siri



Yüklə 66,38 Kb.
səhifə1/8
tarix13.10.2022
ölçüsü66,38 Kb.
#65055
  1   2   3   4   5   6   7   8
MUHIT OMILLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI


MAVZU:MUHIT OMILLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI.
Reja:
1.EKOLOGIK OMILLAR.
2. MUHIT OMILLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI.
3..ORGANIZMLARNI EKOLOGIK KLASSIFIKASTIYA QILISH PRINTSIPLARI.
Atrof muhitning inson organizmiga salbiy ta’siri va keltirib chiqaradigan kasalliklari haqida tushuncha berishi.
Biz muhit deganda organizmlarni o’rab turgan barcha omillar yig’indisini tushunamiz. Muhit ko’pincha elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularning ayrimlari organizm uchun zarur, ayrimlari befarq, uchinchi birlari esa zararli ta’sir ko’rsatadilar.
Yashash muhiti deb tabiatning bir-biriga o’zaro ta’sir qiluvchi tirik mavjudodlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. Organizmlar murakkab va o’zgaruvchan dunyoda yashab, ular o’z hayotini asta-sekin shunga moslashtirib boradi. Tirik organizmlar to’rtda asosiy yashash muhitini o’zlashtirgan bo’ladi: 1. Havo muhiti, 2. Suv muhiti,3.Yer muhiti va oxirgi muhit tirik organizmlarning o’zlari hisoblanadi.
Insonning hayotiga xavf tug’diruvchi atrof-muhitidagi jiddiy xolat ekologik tanglik deb ataladi. U asosan tabiatdan ongsizlarcha foydalanish uni jadal ifloslash va shuningdek qoloq texnologik natijasida shakilanadi.Atrof-muhit bulg’anishini tirik organizmga ta’sirini buyuk olim Abu –Ali ibn Sino bundan 1000 yildan ko’proq vaqt oldin, ham, “Chang va tutun bo’lmasa, inson ming yil umr ko’rar edi,” deb yozib qoldirgan.
Shaharlar va sanoat rayonlarida kishilar o‘rtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklarining ko‘payishi ko’zatiladi. Ko‘z kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. SHahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kansyerogen moddalar bo‘lib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali ta’siri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Avtotransportning chiqindi gazlaridagi qo‘rg‘oshin birikmalari ham inson sog‘lig‘i uchun ayniqsa havfli hisoblanadi. Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqbatlarga olib keladi. Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o‘cimlik va hayvonlarning nobud bo‘lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi

Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o‘pka raki va boshqa og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar


(benz(a)piren, qo‘rg‘oshin va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg‘i sifatini
yaxshilash, dizel va siqilgan gazdan foydalanish va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Yüklə 66,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin