Mavzu: O‘gzaki muloqot va uning xususiyatlari . Muloqotning turlari. Verbal muloqot. Noverbal muloqot. Noverbal muloqot so‘zlarga tayanmaydigan harakat va jestlardan iborat bo‘lgan barcha shakllarni o‘zida mujassam etgan til sifatida. Reja 1.Muloqot haqida tushuncha. 2. O‘gzaki muloqot va uning xususiyatlari 3. Muloqot turlari 4. Verbal muloqot 5. Noverbal muloqot
Muloqotikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi.
Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir