Mavzu:O’rta Osiyoda Kartografiya fanining rivojlanishi.
Reja:
1. Kartografiya to’g’risida tushuncha.
2. O’rta Osiyoda ilk kartografiya.
3. O’rta asrlarda O’rta Osiyoda kartografiya faning rivojlanishi.
O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan avvalgi V asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda uchraydi. Lekin bu ma’lumotlar juda kam va ba’zilari noto’g‘ri hamdir. O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 330-327 yillarda makedoniyalik Iskandar (Zulqarnayn) ning sharqqa qilgan harbiy yurishlari vaqtida to‘plangan.
Ptolomey atlasidagi 22- kartada O‘rta Osiyo 810-1470 sharqiy uzoqlik va 360-630 shimoliy kengliklar orasida tasvirlangan, bo’lib unda respublikamiz hududi ham aks ettirilgan.
O’rta Osiyolik quydagi olim va geograf sayyohlar georafiya va kartografiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shganlar. Al Xorazmiy
Beruniy
Muhammad Qoshg’ariy
Bobur
Jayxoniy
Al Farg’oniy
Balxiy
Hafizu Abru
Haydar Mirzo
850-934 yillarda yashab o‘tgan o‘rta osiyolik mashhur olim Abu Zayd Balxiy bevosita geografiya va kartografiya masalalari bilan shug‘ullanib, dunyo kartasini yaratgan.
Balxiy tuzgan dunyo kartasining o‘zbekcha tarjimasi.
O‘zbekiston geografiyasiga va kartografiyasiga tegishli juda muhim asar «Hudud al-olam» (Olamning chegaralari) X asrda (983 yilda) yaratilib, muallifi noma’lum. Unda o‘sha davrga tegishli juda ko‘p geografik ma’lumotlar berilgan bo’lib, shu ma’lumotlarni prof. H.Hasanov hozirgi zamon karta asosiga tushirib, o‘sha davrda yozilgan bu asarni juda mukammalliligini isbotlab berdilar.
Hindiston
Angilya
Germaniya
Italiya
AQSH
Pokiston
Misr
Eron
O‘rta Osiyo va Xurosondagi ilm va fanni XI-XII asrlarda Abu Rayhon Beruniy asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, u Turkiston va Xurosonnigina emas, balki jahonning eng ulug‘ olimlaridan biri hisoblanadi. Bu allomaning asarlari sobiq Ittifoqdagina emas, balki butun jaxonda e’zozlanadi. Masalan:
Beruniy globusi.
Mahmud Qoshg‘ariy tuzgan dunyo kartasi.
Muhammad Qoshg‘ariy o‘zidan bir oz vaqt oldin o‘tgan ulug‘ olim Beruniy asarlaridan foydalangan holda ma’lumotlar qo‘shib, dunyo kartasini tuzgan va O‘rta Osiyo geografiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.
Abu Rayhon Beruniyning «At-tafhim» kitobidagi «Dunyo kartasi».
Beruniy globusi. Abu Rayhon Beruniy yerning sharsimonligiga juda qat’iy ishongan va o‘z asarlarida bir necha bor bu haqida yozib qoldirgan. Globusning diametri nihoyatda katta, taxminan 5 metrga to‘g‘ri kelgan. 995 yilda yasalgan bu globus Xorazmda shaharlar orasidagi masofalarni aniqroq o‘lchash va shu bilan birga joylarning kenglik va uzoqliklarini belgilash uchun mo‘ljallangan.
Xofizu Abru tuzgan
dunyo kartasi.
Xofizu Abru kartasida graduslar to‘rlari doiraning ichidan ham, chekkasidan ham, har 50 dan meridian va parallellar o‘tkazilgan. Kartada yer shari yetti iqlimga bo‘linib, ularning chegaralari kengliklar bilan 00 dan 700 gacha ko‘rsatilgan, shimolroq hududlar esa har 7-80 orasida tasvirlangan. Bu suratlar ichida eng muhimi «Dunyo kartasidir».
XVI asrda O‘rta Osiyo geografiyasi va kartografiyasiga ma’lum darajada hissa qo‘shgan olim va sayyohlardan
Zahiriddin Muhammad Bobur
Muhammad Mirzo
Muhammad G’ijduvoniy
Sulton Balxiy
O’tamish hoji
Bosh meridianlarning joylashish sxemasi.
Yangi davr kartografiyasi XVIII asr boshlarida kartografiyada yangi davr boshlandi desak bo‘ladi. Chunki kartografik ishlar ilmiy yo‘nalishlar asosida olib borila boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Fanlar akademiyalarini tashkil qilinishi bu sohaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, Parij akademiyasi (1666), Berlin akademiyasi (1700), Peterburg akademiyasi 1724) tashkil qilingan edi. Bu vaqtga kelib karta tabiiy resurslarni o‘rganishda hamda ulardan foydalanishda va harbiy ishlarda foydalaniladigan bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Asomov M., Mirzaliyev T. Topografiya asoslari va kartografiya. Toshkent: «O‘qituvchi», 1988.
Asomov M., Mirzaliyev T. Topografiya asoslari va kartografiyadan labaratoriya mashg‘ulotlari. Toshkent: «O‘qituvchi», 1990.
Berlyant A.M. Obzor prostranstva: karta informatsiya. M.: «Mыsl», 1986.
Berlyant A.M. Kartograficheskiy metod issledovaniya. M.: 1978.
Gedыmin A.V., G.YU.Gryunberg i dr. Kartografiya s osnovami topografii. M.: «Prosveщenie», 1988.