Mavzu: Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarini davolashda parhezning ahamiyati



Yüklə 37,3 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü37,3 Kb.
#96082
Mavzu. 3docx


Mavzu: Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarini davolashda parhezning ahamiyati.
Gastroduodenal yara kasalliklarida dietoterapiya. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi rivojlanishiga havf omillari qatoriga nasliy moyillik, noratsional ovqatlanish, haddan ziyod issiq, yoki sovuq, shuningdek achchiq taomlami iste’mol qilish, tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, surunkali stresslar, o’tkir ruhiy travmalar, kimyoviy va zaharli moddalaming ta’siri, allergik va yuqumli kasalliklar, etiologik muxitni yomonlashishi va boshqalar kiradi.
Bugungi kunda yara kasalligiga olib keluvchi asosiy etiologic omil aniqlandi - bu helikobakter pilori bakteriyasidir, u bilan surunkali zararlanish natijasida 70% hollarda me’daning yara kasalligi, 92% hollarda o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi rivojlanadi. Mazkur bakteriyalar ko’plab miqdorda agressiv fermentlar (ureaza, proteaza, fosfolipaza) va sitokininlami ishlab chiqaradilar. Bu moddalar me’da shilliq qavatining himoya bar’eriga salbiy ta’sir ko’rsatadi va immun yalliglanush yuzaga keladi.
Ushbu kasallikni retsidivli kechish xarakteriidir, ya’ni u mavsumiy qo‘zg‘alishlar bilan namoyon bo’ladi va meda, o’nikki barmoq ichakda chandiq xosil q ilib hazm jarayonini buzadi.
Yara kasalligi bilan kasallanishning asosiy sababi agressiv omillar - me’dada xlorid kislota va pepsin, ichakda o‘t nisbatining o’zgarishidandir. Agressiv omillarga dori preparatlari ham kiradi: aspirin, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, glyukokortikoidlar. Bunda parallel ravishda shilliq qavat butunligini ta’minlanuvchi himoya xususiyatlari pasayadi. Me’da yoki ichak yarasi - bu shilliq qavatning kamchiligidir, u yuzaki eroziyadan farqli ravishda shilliq osti qavatgacha etib boradi.
Yaraning o'lchami, shakli, chuqurligi turlicha bo'lishi mumkin, lekin uning o‘lchami kamdan-kam hollarda 1 smdan ortiq bo‘ladi. Yaraning atrofidagi me’da yoki ichakning shilliq qavati odatda yallig‘anib shishadi va qon tomirlari kengayadi. Yaraning tubida fibrin - yallig‘lanishda paydo bo'ladigan oqsil to'planadi. Qon tomirdan qon ketishi, ba’zan esa me’da devorining yorilishi, ya’ni yarani chuqurlashish holati va yomon yara hosil bo'lishi mumkin,
Me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi paydo bo'lganda bemor me’da sohasidagi og'riqlarga shikoyat qiladi. Bu og'riqlar farqli xususiyatlarga ega bo'lib, ular asosida dastlabki tashxisni qo'yish mumkin. Og'riqlar odatda epigastral sohada paydo bo'lib, ular chap kurakka yoki ko'krak qafasining chap tomoniga, to'sh orqasiga, umurtqa pog'onasining ko'krak va bel bo'limlariga tarqalishi mumkin. Agar, yara me’daning kardial va subkardial qismida joylashsa, og'riqlar bevosita ovqat qabul qilish vaqtida paydo bo'ladi, agar, yara me’daning tanasida joylashsa, og'riqlar ovqat iste’mol qilingandan 30-60 daqiqa o'tgach paydo bo'ladi. Og'riqlaming kech va ochlikda paydo bo'lishi pilorik kanal va o'n ikki barmoq ichak piyozchasining yara kasalliklari uchun xosdir, shuningdek och qoringa og'riqlar paydo bo'lib, ovqat iste’mol qilingach kamayishi va tungi og'riqlar ham xosdir.
Gastroduodenal yara kasalligi uchun jigildon qaynashi va kislotali me’da saqlamasini qayt qilish xarakterli hisoblanadi. Qusuq massalarida ko'p miqdorda shilliq va hazm bo'lmagan ovqat qoldiqlari bo'ladi. Odatda og'riqlar eng avj olgan vaqtda bemor qayt qiladi, shundan so'ng ahvoli engillashadi. Kofe quyqasi ko'rinishida qayt qilish me’dada qon ketayotganidan dalolat beradi.
Gastroduodenal yara kasalligining qo'zg'alishi odatda bahor-kuz davriga to'g'ri keladi va og'riqlar stress, o'tkir ruhiy travmalar, qiyin hazm bo'ladigan, achchiq taomlar, ovqat tartibinining buzilishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilish natijasida paydo bo'ladi.
Kasallik o'tkirlashganda bemor og'riqning kuchayishidan qo'rqib kam miqdorda ovqat iste’mol qilishi natijasida ozib ketadi. Shuningdek, bemoming ta’sirchan bo'lib qolishi, ko'p terlashi ham e’tibomi tortadi.
Ba’zida me’da va o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi belgilarsiz kechishi mumkin. Bunday holat ancha ko'p (30 % hollarda) uchraydi.
Yara kasalligi uzoq vaqt davom etishi natijasida turli asoratlar rivojlanishi mumkin, jumladan me’da yoki ichakdan qon ketishi, yorilishi, sfinkteming stenozi, yaraning chuqurlashishi va yomonlashishi.
Yaraning chuqurlashishi mavsumiy qo‘zg‘alish davrida, asosan erkaklarda kuzatiladi. Bunda epigastral sohada to‘satdan yuqori jadal og‘riq paydo bo'ladi. Bemorlar bunday og‘riqni xanjar zarbasiga qiyoslashadi, so'ng mushak himoyasi belgisi paydo bo‘ladi - qorin ichkariga tortilib, qattiqlashib qoladi. Keyin esa peritonit belgilari paydo bo'ladi va kuchayib borib bemoming ahvoli keskin yomonlashadi, oqarib ketadi, tili quriydi, karash paydo bo‘ladi, puls ipsimon bo‘lib qoladi. Qorinning turli sohalarida kuchli og‘riqlar, meteorizm vujudga keladi va bu holatda shoshilinch shifoxonaga yotishi va operatsiya o'tkazilishi zarur.
Stenoz me’daning pilorik qismida joylashgan yaraning chandiqqa aylanishi natijasida paydo bo'ladi. Stenoz rivojlanganda ovqatning me’dadan o‘n ikki barmoqli ichakka o'tkazilishi qiyinlashadi va kasallik ikkita bosqichda kechadi, dastlab, kompensatsiya bosqichida me’da mushaklari gipertrofiyaga uchrab, kuchli qisqarish oqimni ta’minlaydi va bu holat qisqa muddatga ovqatning to'g'ri evakuatsiyasini ta’minlaydi. Dekompensasiya bosqichida esa kuchli qisqarish ham ovqatning stenoz tufayli toraygan teshikdan o'tishini ta’minlay olmaydi. Bemorda chirigan hidli kekirish, iste’mol qilingan ovqatni qayt qilish kuzatiladi. Palpatsiya qilinganda qorin shishgan bo'lib, “shildirash shovqtni” aniqlanadi va epigastral sohada kuchli qisqarish kuzatiladi.
Tashxis tekshirishlar ya’ni bemoming umumiy ko'rigi, qorin sohasining palpatsiya va perkussiyasi, laborator-instrumental tahlillar asosida qo'yiladi.
Fizik ko'rikda asosiy e ’tibor qorin sohasiga qaratiladi. Palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya kabi tekshiruvlar og'riqlaming abdominal soxada aniq joylashuvini aniqlashga, ichaklar va jigar vazifasi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Tashxis chora-tadbirlar majmuasiga qonning umumiy va biokimyoviy tahlili, qon zardobidagi fermentlar miqdori tahlili, me’da shirasi tahlili, rentgenologik, endoskopik, ultratovushli tekshiruvlar kabi laborator-instrumental tahlillar ham kiradi.
O'tkir gastritlar va ularda parhez davo. Me’da-ichak traktining eng keng tarqalgan kasalligi gastrit hisoblanadi. Gastritlar klinik kechishi bo‘yicha o ‘tkir va surunkali bo‘ladi.
O‘tkir gastrit - motor va ajratish vazifasining buzilishi bilan kechuvchi me’da shilliq qavatining, ba’zida chuqurroqda joylashgan to'qimalarning ham o‘tkiryallig‘lanishi.
O‘tkir gastritning sabablari turli tabiatga ega bo'lishi mumkin: kimyoviy, mexanik, termik va bakterial. 0 ‘tkir gastritning rivojlanishiga mikroorganizmlar (stafilokokk, klebsialla, iersiniya va boshqalar) bilan zararlangan, juda issiq, dag‘al, qiyin hazm bo'luvchi taomlarning iste’mol qilinishi ham sabab bo'lishi mumkin. Kasallik ko‘p hollarda alkogol, qo'ziqorinlar, ovqat mahsulotlari zaharlari, dorilami (aspirin, kortizon, tsitostatiklar kabi) qabul qilinganda, o'tkir ziravorlardan (gorchitsa, qalampir, sirka) haddan ziyod ko‘p foydalanish natijasida, shuningdek, o'tkir psixik travma holatlarida paydo bo'ladi. Me’da ma’lum ovqat mahsulotlariga (shokolad, tuxum, krablar, qulupnay va h.k.) va dori preparatlariga nisbatan allergik reaktsiya paydo bo'ladigan holda bo'lishi ham mumkin. Ba’zida minimal miqdordagi dori yoki ovqat mahsuloti ham allergik gastritni chaqirishi mumkin.
O'tkir gastritning dastlabki bosqichida me’da sekretsiyasi ortadi, lekin so'ng u asta-sekin kamayadi. Me’da shilliq qavatining endoskopik tekshiruvida shilliq qavatning qizarganligi, qon tomirlar kengayishi aniqlanadi, ba’zan eroziyalar va mayda qon quyilishlari kuzatiladi. Shilliq qavatning to'la tiklanishi kasallik boshlangandan 12-15 kun o'tib amalga oshadi. Ko'pchilik hollarda kasallik to'liq sog'ayish bilan yakunlanadi, lekin ba’zida o'tkir gastrit surunkali gastritga aylanadi.
O'tkir gastrit rivojlanganda bemomi kesuvchi xarakterdagi og'riqlar, epigastral sohadagi og'riqlar va qaynash hissi kabi simptomlar bezovta qiladi. Parhezga rioya qilishdagi kamchilikdan tahminan 4-12 soat o'tib, o'tkir dispeptik o'zgarishlar ko'ngil aynishi, qayt qilish vujudga keladi. Odatda qayt qilish kuchli bo'lib, qusuq massalarida dastlab hazm bo'lmagan ovqat burdalari, so'ng esa o't va shilliq ko’rinadi, shuningdek, qorin dam bo’lishi, yomon hidli ich ketishi, meteorizm kabi ichak vazifasidagi buzilishlari ham kuzatiladi. Tildagi oq-kumush rang karash, kuchli so’lak ajralishi yoki aksincha, og‘izning qurib qolishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi kabi belgilar yuzaga chiqadi. Qorinni palpatsiya qilganda epigastral sohada kuchsiz tarqoq og’riqlar aniqlanadi, diareya ham qo‘shilsa, og’riqlar yo’g’on ichakda ham bo’ladi.
0 ‘tkir gastritning davolanishi kasallikni chaqirgan moddalaming bartaraf qilinishidan boshlanishi kerak, chunki, ulaming me’da shilliq qavatiga ta’siri nafaqat me’da-ichak trakti vazifasining, balki organizmning boshqa muhim vazifalarining ham buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, kechiktirib bo’lmas chora-tadbirlardan eng asosiysi me’dani yuvishdir. Me’dani natriy xloridining izotonik eritmasi, natriy gidrokarbonatning 0,5 %li eritmasi (1 litr suvda 1 choy qoshiq ichimlik sodasi eritiladi), mineral yoki oddiy iliq suv bilan yuvish tavsiya qilinadi. Me’da-ichak traktini zararlovchi omillardan to’liq halos qilish uchun tozalovchi klizma qilinadi yoki surgi dori beriladi.
Dori preparatlaridan adsorbsiyalovchi vositalar, antibakterial preparatlar, spazmolitiklar qo’llaniladi va zaharlanish bartaraf etuvchilar qo’llaniladi.
Kasallikni samarali davolash va o’tkir gastritning surunkali shakliga o'tishining oldini olish uchun, parhezga qat’iy rioya qilish kerak. Dastlabki 1-2 kun mobaynida umuman ovqat iste’mol qilmagan ma’qul, bu vaqtda ichimliklardan oz miqdorda achchiq choy, iliq ishqoriy mineral suv, quruq mevalardan tayyorlangan shakarsiz kompot ruxsat etiladi. Ichimliklar iliq bo’lib, kunda 1-1,5 litmi tashkil qilishi kerak. 2-3 kundan so‘ng parhez № la (“Yara kasalligi bobiga qarang”) belgilanadi. Bu vaqtda bemorga kuniga 6 mahal, kichik miqdorda yog’siz bulyon, sho’rva, manka va guruchli bo’tqa, kisel, qaymoq va sut beriladi. 4 kundan so’ng parhez № lb belgilanadi, sanab o’tilgan taomlarga qaynatilgan tovuq go’shti, bug’da tayyorlangan kotlet, kartoshka pyuresi, quritilgan oq non qo’shiladi. So’ng parhez № 1 belgilanadi. 6-8 kun o’tgach bemor odatiy ovqatlanishga o’tkaziladi.
Me’daning surunkali yallig’lanish kasalliklarida dietoterapiya.
Surunkali gastrit - me’da shilliq qavatining, ayrim hollarda - chuqurroqdagi qavatlaming ham surunkali yallig‘lanish kasalligi bo'lib, bunda bezli epiteliyning gistologik qayta qurilishi amalga oshadi va me’da atrofiyasi, sekretor va motor vazifalarining buzilishi ro‘y beradi. Ba’zan yallig'lanish o‘n ikki barmoq ichakning ham shilliq qavatiga o’tib, gastroduodenit rivojlanadi.
Statistika bo’yicha, 50 yoshdan oshganlarning yarmidan ortig'i gastrit va gastroduodenit bilan og’riydi. Bu me’da-ichak traktining eng ko‘p uchrovchi kasalliklaridir hazm qilish a ’zolari strukturasida 35 % ni, me’da va o‘n ikki barmoq ichak kasalliklari orasida 80 - 85 % ni tashkil qiladi,
Zamonaviy gastroenterologiyada surunkali gastrit, ayniqsa uning atrofik-giperplastik shakli o’smadan oldingi kasalliklar qatoriga kiritiladi.
Surunkali gastritning bir qancha tasniflari mavjud. Etiologiyasiga ko‘ra ushbu kasallik uch turga bo’linadi: autoimmun gastrit В 12 yetishmasligi anemiyasida, xelikobakter mikroblari bilan bog'liq bo'lgan surunkali gastrit va aralash shakli.
Kislota ishlab chiqarish vazifasining buzilishiga ko‘ra surunkali gastrit va gastroduodenit uchta asosiy guruhga bo‘linadi: pasaygan, meyoriy va kislotalik oshgan shakllari. Ko'pchilik hollarda dastlab surunkali gastrit turlicha sekretor fon bilan kechib, so'ng me’da shirasi sekretsiyasi va kislotalilik pasayishiga moyillik mavjud.
Joylashuviga ko’ra gastritlar tarqoq, antral va chegaralangan bo'ladi.
Shuningdek, o’ziga xos nomlanuvchi alohida shakllari ham mavjud, jumladan gemmoragik, rigid, gigant gipertrofik, polipoz va eroziv gastritlar.
Yüklə 37,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin