Mavzu: O'zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja



Yüklə 69,5 Kb.
səhifə1/4
tarix17.02.2023
ölçüsü69,5 Kb.
#84747
  1   2   3   4
4 MAVZU


MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMINI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI
Reja:

  1. Jismoniy madaniyat tizimining g’oyaviy negizi, maqsadi va umumiy tamoyillari

  2. Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi.

Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy negizini insonni har tomonlama rivojlantirish, shaxsni uyg’un tarbiyalash, jamiyatni rivojlantirishga qodir faol insonlarni yetishtirishga xizmat qiluvchi milliy mafkura va ma'naviyat tashkil etadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma'rifatdir”. “Aql - zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”.
Xar bir mamlakat uzining jismoniy madaniyatining maksadi va vazifalari, vositalari, uslubiyotlari, printsiplari va boshkalarga tayangan tarbiya jarayonining anik bir tizimi asosida yulga kuyilsagina oldindan kuzlangan natijaga erishishi mukarrar.
Jismoniy madaniyat tizimi tushunchasiga Rossiya federatsiyasining marxum akademigi L.P.Matveev - “mavjud jamiyatda amalga oshirilayotgan jismoniy madaniyatning tashkillash, uyushtirish, uning vositalari, metodlari, tamoillarini shunday umumiyligi tushunilishi lozimki, bu mavjud jamiyat a’zosini ma’nan boy va jismonan har tomonlama garmonik rivojlantirishdek umumiy maqsad va vazifalarini hal qilish imkoniyatini o’zida mujassamlashtirsin” deb ta’rif beradi.
Vatanimizning mudofaasi masalasi jamiyatimizda yo’lga qo’yilgan jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayoniga qator talablar qo’yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bunday xususiyatlarga diyorimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarining rivojlanganligi darajasining ko’rsatkichi, jamiyatimiz a’zolarini mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorligi omili sifatida qaraladi va ular mamlakat jismoniy tarbiya tizimining maqsadi tarzida ifodalanadi.
Respublika fuqarolarining jismoniy va ma'naviy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasining uzviy birligini ta'minlash, jismoniy tarbiyani mehnat va Vatan mudofaasi manfaatlariga yo’naltirish bo’yicha olib borilmoqda.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya manfaatlari yuqoridagi ehtiyojlar bilan tugallanmaydi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya maqsadlarini aniqlashda ularni asosiy hal qiluvchi ehtiyojlar deb hisoblash zarur. Shu sababli jismoniy tarbiya turmushda, xususan, umumiy ta'lim maktablarida olib borish joriy etilgan hamda jismoniy tarbiya kishilarning sihat-salomatligi va mehnat qobiliyatini saqlash hamda mustahkamlash, ma'naviy birdamligi va irodasini chiniqtirish, bo’sh vaqtini sog’lom va ko’ngilli o’tkazishning vositasi deb ko’rsatilgan.
Mamlakat jismoniy madaniyat tizimining asosiy maqsadi Respublikamiz xalqlarini xuquqiy demokratik davlatning aktiv quruvchilari sifatida jamiyat a’zosini ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlash, sog’lom, uzoq umr ko’rish uchun lozim bo’lgan turmush tarzini yo’lga qo’yish uchun lozim bo’lgan nazariy bilimlar va amaliy malakalarni berishdan iborat. Qayd qilingan maqsad mamlakatimizda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimi maqsadining umumiyligi, jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Bashariyat tarixiga nazar tashlasak, xar bir millat, elat o’zining paxlavonlari, jismonan barkamol farzandlari bilan faxrlangan. Diyorimiz xalqlari esa o’z farzandlarini xalq og’zaki ijodi qaxramonlari Alpomish, Rustam, Go’r-o’gli, Barchinoy kabi jisman va ma’nan shakllangan bo’lishlarini orzu qilganlar va shu maqsadda elati, millati jismoniy tarbiya tizimi maqsadini shunga yo’naltirganlar.
Ko’rsatilgan maqsadni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sog’ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullanadigan kasbining jismoniy tayyorgarligi talablaridan kelib chiqib mamlakat jismoniy tarbiya tizimi jamiyat a’zolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda qator aniq vazifalarini hal qilishga to’g’ri kelmoqda.
Jismoniy madaniyat tizimining umumiy vazifalari:
a) odam organizmi funktsiyalarini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga yetkazish, sog’lig’ini mustahkamlash va jamiyat a’zosini uzoq umr ko’rishini ta’minlashga yo’naltirish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zaxirasini oshirish, kundalik turmushda zarur bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarini shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi va vazifalari mavjud jamiyat tarbiya jarayonining elementlari bilan lozim darajadagi muvofiqlikda uzviy bog’lansa va bu muvofiqlik ob’ektiv xarakterga ega bo’lsagina jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo’nalish beradi.
Mazmunida ma’naviy krdriyatlarimiz, jismoniy barkamollik saboqlari, tizimning xalqchilligi, uning ilmiyligi va boshqa qator xususiyatlarini mujassamlashtirish zaruriyatga aylanadi.

Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin