Mavzu: O’zbekiston Respublikasida Yaim ning ishlab chiqarish tarkibi tahlili



Yüklə 36,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.12.2023
ölçüsü36,86 Kb.
#195198
növüReferat
Zafaraliyev.Sardorbek



REFERAT
’’MIKROIQTISODIYOT’’ FANIDAN
MAVZU: O’zbekiston Respublikasida YaIM ning ishlab chiqarish tarkibi tahlili.
REJA:
YaIM ishlab chiqarish tarkibi.
YaIM ishlab chiqarish tahlili.
Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, 2019 yilning yanvar – iyunida O`zbekiston Respublikasi
YaIM hajmi joriy narxlarda 222 022,0 mlrd. so`mni tashkil etdi va 2018 yilning yanvar –
iyuni bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o`sdi. YaIM deflyatori indeksi 2018 yilning yanvar –
iyunidagi narxlarga nisbatan 119,6 % ni tashkil etdi.
Y aIM- iqtisodiy rezident-birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy
natijasini ifodalovchi va ushbu birliklar tomonidan yakuniy foydalanish
uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymati orqali o’lchanadigan Milliy hisoblar
tizimining asosiy ko’rsatkichlaridir. 2018 – 2020 yillar uchun yanvar – iyun holatiga YaIM
fizik hajmi va deflyatori indeksi dinamikasi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (o’tgan
yilning mos davriga nisbatan % da).
Fizik hajm indeksi Deflyator indeksiAholi jon boshiga hisoblangan YaIM 6 649 ming
so`mni tashkil etdi va o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 % ga o’sdi.
Yanvar - iyun holatiga aholi jon boshiga YaIM hajmi (joriy narxlarda, ming so`m)
Yanvar-iyun holatiga aholi jon boshiga YaIM o’sish sur’atlari
(o’tgan yilning mos davriga nisbatan% da)
Yanvar – iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha YaIMni ishlab chiqarish quyidagi
ma`lumotlar bilan ifodalanadi:


Mlrd. so`m Fizik hajm indeksi, % YaIM
o`sishidag
i
hissasi, %
2018yil
2019 yil
YaIM – jami
175 367,5 222 022,0 105,8 5,8
shu jumladan:
Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati (YaQQ)
153 273,9 199 857,5 105,8 5,1
qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi
41 767,0
48 552,4
102,1 0,5
sanoat
41 548,5
60 601,6
106,9 1,6
qurilish
11 226,7
15 215,9
120,0 1,3
savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar 12 178,2
14 360,7
104,1 0,3
tashish va saqlash, axborot va aloqa
14 170,4
16 401,6
105,1 0,4
boshqa xizmat tarmoqlari
32 383,1
44 725,3
105,4 1,0
Mahsulotlarga sof soliqlar 22 093,6 22 164,5 105,9 0,7 O`tgan yilning mos davri bilan
taqqoslaganda YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligining
ulushi 27,3 % dan 24,3 % ga kamaydi, sanoatning ulushi 27,1 % dan 30,3 % ga, qurilishning
ulushi 7,3 % dan
7,6 % ga o’sdi.
Xizmatlar sohasining YaIM (YaQQ) tarkibidagi ulushi 37,8 % ni tashkil etdi va o’tgan
yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,5 f.p. ga kamaydi.
Yanvar – iyun oylarida YaIMning tarmoqlar bo`yicha tarkibi (jamiga nisbatan % da) 2018
yil
2019 yil
Iqtisodiy o`sish sur`ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika
bilan bog`liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo`shilgan qiymat
hajmi YaIM umumiy hajmining 90,0 % ini tashkil etdi va 5,8 % ga o`sdi (YaIM mutloq
o`sishiga ta`siri 5,1 f.p.) ni tashkil etdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi
ulushi 10,0 % ni tashkil etdi va 5,9 % darajasida o`sish qayd etildi (YaIM mutloq o`sishiga
ta`siri 0,7 f.p.).
2019 yil yanvar – iyun oylarida
YaIM ning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`sish sur`atlari (2018 yilning yanvar – iyuniga
nisbatan % da)
xoʻjaligi boʻyicha va aloqa xizmatlar 2019 yilning yanvar – iyuni yakunlariga ko`ra, qishloq,
o`rmon va baliq xo`jaligida 2,1 % darajasida ijobiy o`sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning
YaIM mutloq o`sish sur`atiga ta`siri 0,5 f.p. ni tashkil etdi. Qishloq, o`rmon va baliq
xo`jaligida ijobiy o’sish dehqonchilikda 3,2 % ga va chorvachilikda 1,7 % ga o`sish
hisobiga ta’minlandi.


Sanoat tarmog`ining qo`shilgan qiymatida 6,9 % ga o`sish qayd etildi. Sanoat ishlab
chiqarishining YaIM mutloq o`sish sur`atiga ijobiy ta`siri 1,6 f.p. darajasida baholandi.
Sanoat tarmog`idagi ijobiy dinamika tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog`i
qo`shilgan qiymatining 4,7 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog`i
qo`shilgan qiymatining 7,8 % ga va boshqa sanoat tarmoqlarining 4,0 % ga o`sishi
hisobiga ta`minlandi.
Yanvar – iyun oylarida sanoat tarmog`ining yalpi qo`shilgan qiymati tarkibi
Mlrd. so`m Fizik hajm indeksi, %
2018 yil
2019 yil
Sanoat
41 548,5
60 601,6
106,9
shu jumladan:
tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash
9 090,9
13 435,1
104,7
ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat 29 593,1
42 286,0
107,8
sanoatning boshqa tarmoqlari
2 864,5
4 880,5
104,0
Yanvar – iyun oylarida
sanoat tarmog`ining yalpi qo`shilgan qiymati tarkibi
(jamiga nisbatan % da)
yil 2019 yil
71,2 21,9 69,8
T og`kon sanoati va ochiq konlarni ishlash
Ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati
Sanoatning boshqa tarmoqlari
yilning yanvar – iyuni yakunlari bo’yicha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati
qo’shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash
sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to’g’ri keldi va 34,6 % ni tashkil etdi. Oziq-
ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 14,5
%, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish –
14,4 %, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab
chiqarish – 10,0 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 8,0 %, avtotransport vositalari,
treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 5,9 %,
elektr uskunalar ishlab chiqarish – 2,6 %, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab
chiqarish – 2,5 % va Ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining boshqa
mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,5 % ni tashkil qildi.


Yanvar – iyun oylarida ishlab chiqaradigan
(qayta ishlash) sanoat yalpi qo`shilgan qiymatining tarkibi (jamiga nisbatan % da)
2018
yil
2019
yil
Ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat - jami
100,0
100,0
Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab
chiqarish
15,6
14,5
To’qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar
ishlab chiqarish
15,9
14,4
Yog'och va qog'oz mahsulotlarini ishlab chiqarish; yozilgan
materiallarni nashr qilish va aks ettirish
2,4
2,0
Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish
1,8
2,5
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish
9,3
8,0
Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish
1,2
1,2
2018
yil
2019
yil
Rezina va plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral
mahsulotlar ishlab chiqarish
11,9
10,0
Metallurgiya va metalni qayta ishlash sanoati (mashina va
uskunalardan tashqari)
28,6
34,6
Kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish
0,5
0,5
Elektr uskunalar ishlab chiqarish
2,4
2,6
Boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish
2,1
1,2
Avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa transport
uskunalarini ishlab chiqarish
5,4
5,9
Boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish; 2,9 2,6
mashina va uskunalarni ta’mirlash hamda o’rnatish
Ko`p kvartirali turar joy binolarini qurish, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va kapital
rekonstruksiya qilish, shuningdek, sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va
modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib
borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos
davriga nisbatan 20,0 foizga o’sdi. Qurilish tarmog’ining YaIM o'sishidagi ijobiy hissasi 1,3
f.p. darajasida baholanmoqda.
2019 yil yanvar-iyun oylarida xizmat ko'rsatish sohasining yalpi qo'shilgan qiymati hajmi
75 487,6 mlrd. so'mni tashkil etdi va o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 % ga o'sdi
(YaIM o'sishidagi hissasi 1,7 f.p. ni tashkil etdi). Shundan, savdo xizmatlari (avtotransport
vositalarini ta’mirlashni qo’shgan holda) 3,8 % ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha
xizmatlar 6,4% ga, tashish va saqlash 4,3 % ga, axborot va aloqa xizmatlari 7,7 % ga va
xizmatlar sohasining boshqa tarmoqlari 5,4 % ga o'sdi.
Savdo (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo’shgan holda) tarmog’ining yalpi
qo'shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari
savdosidan tashqari) ga to'g'ri keldi va 67,6 % ni tashkil etdi. Ulgurji savdo (avtotransport
vositalari savdosidan tashqari) ning ulushi 26,3 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji
va chakana savdosi hamda ularni ta'mirlash 6,1 % ni tashkil etgan.
Yanvar-iyun holatiga savdo tarmog`ining (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo’shgan
holda) qo`shilgan qiymati tarkibi (jamiga nisbatan % da)


2017 yil 2018 yil 2019 yil
Avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi va ularni ta'mirlash
Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)
Chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) Tashish va saqlash
tarmog`ining qo`shilgan qiymati tarkibida eng ko’p ulush avtomobil transportiga to’g’ri
keldi va 52,7 % ni tashkil etdi. Sohaning umumiy qo'shilgan qiymatida quvur
transportining ulushi 18,9 %, temir yo’l transportining ulushi 12,2 %, yordamchi transport
faoliyatining ulushi 9,8 % va havo transportining ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.
Yanvar-iyun holatiga tashish va saqlash tarmog`ining qo`shilgan qiymati tarkibi
(jamiga nisbatan % da)
2019 yilning yanvar – iyun oylarida
YaIM o`sishida tarmoqlarning hissasi (jamiga nisbata
2019 yilning yanvar – iyunida YaIM deflyatori indeksi 2018 yilning mos davridagi
narxlarga nisbatan 119,6 % ni tashkil etdi. YaIM deflyatori indeksining eng yuqori
ko`rsatkichlari sanoat tarmog`ida (136,5 %) va boshqa xizmat tarmoqlarida (131,0 %)
qayd etildi.
Respublikaning o`rtacha darajasidan past bo`lgan deflyator indekslari qishloq, o`rmon va
baliq xo`jaligida (113,8 %), savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda (113,3 %),
qurilishda (113,0 %), tashish va saqlash, axborot va aloqada (110,1 %) va mahsulotlarga
sof soliqlarda (94,7 %) qayd etildi.
2019 yilning yanvar – iyun oylarida
YaIM ning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha deflyator indeksi (2018 yilning yanvar –
iyuniga nisbatan % da)


xoʻjaligi boʻyicha va aloqa xizmatlar
http://hozir.org

Yüklə 36,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin