Mavzu: O’zbekiston respublikasining kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati Reja



Yüklə 130,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü130,14 Kb.
#37391
mustaqil ish psixologiya



 

 

Mavzu: O’zbekiston respublikasining kadrlar tayyorlash milliy 



modeli va uning mohiyati  

 

Reja: 

1. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 

2. Davlat va jamiyat.  

3. Kadrlar tayyorlash tizimida fan. 

4. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish.  

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlari  quyidagilardan 

iboratdir:  shaxs  -  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti,  ta’lim 

soxasidagi  xizmatlarning  iste’molchisi  va  ularni  amalga  oshiruvchi;  davlat  va 

jamiyat  -  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining  faoliyatini  tartibga  solish  va 

nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi  kadrlar  tayyorlash  va  ularni  qabul  qilib 

olishning  kafillari;  uzluksiz  ta’lim  -  malakali  raqobatbardosh  kadrlar 

tayyorlashning asosi bo`lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, 

kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muxitini o`z ichiga 

oladi;  fan  -  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi va ulardan  foydalanuvchi, 

ilg`or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab  chiquvchi;  ishlab  chiqarish  - 

kadrlarga  bo`lgan  extiyojni,  shuningdek  ularning  tayyorgarlik  sifati  va  saviyasiga 

nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash 

tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.  

2)  Davlat  va  jamiyat  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimi  barcha  uchun 

ochiq bo`lishini va hayot o’zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi.  

Ta’lim  xizmatlarining  iste’molchisi  sifatida  shaxsga  davlat  ta’lim  olish  va  kasb-

hunar  tayyorgarligi  ko`rish  kafolatlanadi.  Ta’lim  olish  jarayonida  shaxs  davlat 

ta’lim  standartlarida  ifoda  etilgan  talablarni  bajarishi  shart.  Shaxs  ta’lim 

xizmatlarining  yaratuvchisi  sifatida  tegishli  malaka  darajasini  olgach,  ta’lim, 



moddiy  ishlab  chiqarish,  fan,  madaniyat  va  xizmat  ko`rsatish  sohasida  faoliyat 

ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.  

3)  Davlat  va  jamiyat  kadrlar  tayyorlash  tizimi  amal  qilishi  va  rivojlanishining 

kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim 

muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.  

Davlat  va  jamiyat  quyidagilarga,  chunonchi:  fuqarolarning  bilim  olish,  kasb 

tanlash  va  o`z  malakasini  oshirish  hquqlari  ro`yobga  chiqarilishiga;  majburiy  va 

o’rta  ta’lim  hamda  akademik  lisey  yoki  kasb-hunar  kollejida  ta’lim  olish 

yo`nalishini  tanlash  huquqi  asosida  majburiy  o`rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

olishga; davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o`quv 

yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag`bilan 

ta’minlashga;  ta’lim  oluvchilarning  o`qishi,  turmushi  va  dam  olishi  uchun  shart-

sharoitlar  yaratish  borasidagi  vazifalar  hal  etilishida  jamoatchilik  boshqaruvini 

rivojlantirishga;  ta’lim  jarayoni  qatnashchilarini  ijtimoiy  jihatdan  qo`llab-

quvvatlashga;  sog`liq  va  rivojlanishda  nuqsoni  bo`lgan  shaxslar  ta’lim  olishiga 

kafolat beradilar. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  salmoqli  element  sifatida  fanni o`z  ichiga  oladi, 

bu  sohada:  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlari  to`g`risidagi  yangi 

fundamental  va  amaliy  bilimlar  shakllanadi,  kadrlar  tayyorlash  tizimida 

ommalashtirish, o`rganish  va  foydalanish  uchun  kerakli  ilmiy  natijalar  jamlanadi; 

oliy  malakali  ilmiy  va  pedagog  kadrlar  tayyorlash  amalga  oshiriladi;  kadrlar 

tayyorlash  jarayoini  ilmiy-tadkikot  jihatidan  taominlash  infrastrukturasi  vujudga 

keltiriladi,  ta’limning  soxalari  bo`yicha  axborot  bazasi  shakllantiriladi; 

mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo`ladi, zamonaviy 

ilm-fan  va  texnologiyalarning  eng  muxim  muammolarini  hal  etish  uchun  ilmiy 

yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.  

4)  Ishlab  chiqarishning  talab-extiyojlari  kadrlar  tayyorlash  tizimining  yo`nalishi, 

darajasi  va  miqyoslarini  shakllantiradi,  kasb  tayyorgarligining  maqsadi,  vazifalari 




va  mazmunini  belgilaydi,  malaka  talablarini  ilgari  so`radi,  ta’limning  muvoziy 

texnologiyalari  va  shakllarini  tanlashni  taqozo  etadi.  Ishlab  chiqarish  pirovard 

natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.  

 

 



Ishlab  chiqarishning  kadrlar  tayyorlash  tizimidagi  vazifalari  quyidagilar  bilan 

belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo`lgan talab 

extiyojni  shakllantiriladi;  o`z  ixtiyoridagi  moddiy-texnika,  moliya,  kadr  resurslari 

hamda  kadrlarni  o`qitish,  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  uchun  zarur 

boshqa  resurslarni  berish  bilan  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  ko`maklashadi;  muassis, 

vasiy,  donor,  homiy  tariqasida  ayrim  mutaxassislarni  va  guruhlarni  maqsadli 

tayyorlashni,  shuningdek  turli  tip  va  darajadagi  o`quv  yurtlarini  moliyalashda 

qatnashadi:  ta’lim  va  ilm-fanning  turli  shakllardagi  integrasiyasini  (muvaqqat 

ijodiy jamoalar, o`quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, 

texnopolislar) rivojlantiradi.  



 

Yüklə 130,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin