Mavzu: O’zbekiston Respublikasining madhiyasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/42
tarix25.03.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#54169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Musiqa


Sana: 8.09.2016

Fan: Musiqa

Mavzu: O’zbekiston Respublikasining madhiyasi

Maqsad: Ta`limiy: o’quvchilar Davlat madhiyasini mukammal bilishlariga erishish.

Tarbiyaviy: Ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: Bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: suhbat, kuylash.

Darsning jihozi: O’zbekiston Respublikasining madhiyasi yozilgan disk, madhiya matni yozilgan ko’rgazma.

Darsning borishi:

  1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’zbekiston Respublikasining madhiyasi yuzasidan suhbat.

O’zbekiston Respublikasining madhiyasi davlat ramzlaridan biri bo’lib, unga hurmat bilan munosabatda bo’lishimiz lozim. Madhiya kuylanganda tik turgan holda, qo’llarni ko’ksimizga qo’yib tinglash kerak. O’zbekiston Respublikasining madhiyasining so’zi Xalq qahramoni Abdulla Oripovga, kuyi Mutal Burxonovga tegishli. Unda yurtimizning go’zal tabiati, mehribon xalqi juda chiroyli madh etilgan. Madhiyani yod bilish har bir fuqaroning burchidir.

  1. Yangi mavzu bayoni:

O’zbekiston Respublikasining madhiyasi

1. Madhiyaning she`ri bilan ishlash.

O’quvchilarni davlatimiz madhiyasining matnini qanchalik bilishlarini so’rab aniqlanadi. Kamchiliklar to’ldirilib, she`rni mukammal yod olishlariga erishiladi.

2. Madhiyaning kuyi bilan ishlash.

Maxsus asboblar yordamida diskda yozilgan O’zbekiston Respublikasining madhiyasi qo’yib eshittiriladi. O’quvchilarga madhiyaning ohanglarini e`tibor bilan tinglash topshiriladi.

3. Madhiyani kuylash.

O’zlashtirilgan malakalar asosida O’zbekiston Respublikasining madhiyasini kuyga solib kuylanadi. Dastlab o’quvchilar bir nechtadan qilib guruhlarga bo’linib madhiyani kuylaydilar, so’ng sinfdagi barcha o’quvchilar birgalikda madhiyani kuylaydilar.


  1. Darsni yakunlash: Mavzuni mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.

  2. Uyga vazifa: Madhiyani yod olish, kuylash.

O` T I B D O`_______________________





Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin