Mavzu: Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularni tashkil etish,boshqarishning nazariy aspektlari
KIRISH.
I BOB. Loyihaviy faoliyat texnologiyasining pedagogikadagi o’rni .
1.1.Pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning afzalligi
1.2.Tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi kompetentligi
II BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlantirishning loyihalashtirish xususiyatlari .
2.1. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish
2.2. Pedagogik texnologiyalarning muhim xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish; maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishida quydagilarga muvofiq;maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi;bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi; bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart.Bugungi kunda yoshlarning qobiliyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlarini, o’ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish tendentsiyalari kuzatilmoqda. Yosh avlodning shaxs va sub’ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasini yuksaltirish maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi va boshqarilishi ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlash sharti bo’lib xizmat qiladi, chunki yosh va murg’ak qalblar bilan olib boriladigan pedagogik jarayon ularning kelajakda kim bo’lib yetishishlari, qanday fuqarolik pozitsiyani egallashlari bilan bog’liq holda qaraladi.O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi, zamonaviy o’quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish va shu asosda choratadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalari to’g’risida e’tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma’naviy jihatdan o’sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida insonparvarlik omilini ta’minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o’qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o’zining “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “O’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa – kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi”- degan fikrni e’tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati – tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo’lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e’tirof etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta’lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog’liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
Kurs ishining maqsadi;Bu dunyoga chaqaloq tug'ilganda, uning asab tizimi yetuk emas. U faqat bu dunyoda uni o'rab turgan hamma narsani o'zlashtirishga tayyor. Albatta, bola hayotining birinchi yillarida juda katta ma'lumot oqimini o'zlashtiradi, deb ta'kidlaydiganlar to'g'ri. Va erta rivojlanish usullari mualliflariga ko'ra, 3-5 yoshgacha siz juda ko'p so'z va ismlarni o'rgatishingiz mumkin. Zamonaviy dunyo o'qishni o'rgatishning ko'plab dastlabki usullarini keltirib chiqardi, chet tillari, do'konlar yozma so'zlar bilan ko'plab rasmlar bilan to'ldirilgan. Biroq, erta rivojlanish uchun asos axborotning o'zi emas.
Ushbu mavzuda bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib tadqiqotlar olib borilgan.
Maktabgcha talim tashkilotlarida ta`lim dasturlarining mazmuni va ularni amalga oshirishda variativligi har bir maktabgacha ta`lim tashkiloti,hatto har bir pedagog o`z ta`lim dasturlarini yaratishi va ularni amalga oshirishning turli usullaridan foydalanishi mumkinligini ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati kengroq yoritish .
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta`lim dasturlari va sohaga doir bo’lgan me’yoriyk- huquqiy hujjatlar.
Kurs ishining predmati:Maktabgacha ta`lim tashkilotida asosiy ta`lim faoliyatini tashkil etish doirasida maxsus dasturlar qo`llanilishi.
Kurs ishining vazifalari:Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning huqukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish. Maktaabgacha ta`lim mazmuni va metodlarining variativligi.
Kurs ishining nazariy asoslari: Maktaabgacha ta`lim mazmuni va metodlarining variativligi, shuningdek, har bir yosh guruhlari rivojlanishini hisobga olgan holda pedagoglar ( tarbiyachilar) tomonidan ishchi dasturlari tayyorlashni o`z ichiga oladi.ishchi dasturlarni tayyorlashni o`z ichiga oladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Maktabgacha ta`lim tashkilotida asosiy ta`lim faoliyatini tashkil etish doirasida maxsus dasturlar qo`llanilishi mumkin.Ta`lim jarayonini tashkil etishda asosiy o`rinni korreksion yo`nalishdagi dasturlar egallaydi.
Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishiga kirish, 2 bob har bir bob 4 rejadan iborat, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar iborat.
Dostları ilə paylaş: |